Murabbiy va murabbiy yordamchisining stol atrofidagi
hakamlar bilan muloqoti
Murabbiy yoki murabbiy yordamchisi o‘yin paytida stol atrofida o‘tirgan hakamlar bilan muloqot qila oladigan jamoaning yagona vakili bo‘lib hisoblanadi. U istagan paytida, masalan, hisob, vaqt tabloga yoki follar soniga tegishli bo‘lgan ma’lumotni olmoqchi bo‘lganida hamda bir daqiqali tanaffus olish uchun murojaat qilganida bu ishni qilishi mumkin. Uning hakamlar stoli atrofida o‘tirgan hakamlar bilan o‘zaro muloqot har vaqt o‘yinning bir me’yorda kechishiga halaqit bermaydigan bo‘lishi va osoyishtalik hamda vazminlik bilan o‘tishi kerak.Agar murabbiy o‘yinchini almashtirmoqchi bo‘lsa, u zahiradagi o‘yinchiga almashish to‘g‘risida kotibga murojaat qilishni taklifetadi. Bu iltimosni aytish uchun murabbiy hakamlar stoli oldiga borishi shart emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |