Reja: Maxsuldor qatlamlarni ochish



Download 322,02 Kb.
bet1/6
Sana16.04.2022
Hajmi322,02 Kb.
#557132
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5379803432842433626


Mavzu: Quduq maxsuldorligini oshirish maqsadida quduq tubiga ishlov berish
Reja:
1. Maxsuldor qatlamlarni ochish
2. Quduq tubi konstruktsiyasi
3. Quduqlarni ōzlashtirish
4. Quduqlarni sinash


Kirish
Neft va gaz tabiatning bebaho tuhfasi hisoblanadi. Respublikamiz hududida ochilgan kōp sonli neft va gaz konlari xalqimizning milliy boyligidir.


Neft va gaz sanoati - xalq xujaligining muxim tarmoqlaridan biri bulib, uning rivojlanishi davlatimizning iqtisodiy potentsialini belgilaydigan soxalardan biridir.
Neft va gaz - bu yoqilgi energetika kompleksining muxim bir qismigina bulib qolmasdan balki, zamonaviy kimyo sanoati uchun qimmatbaho xomashyo hisoblanadi.
Keyingi yillarda Uzbekistonning neft va gaz sanoati juda tez rivojlandi. Buning evaziga Respublikamizda neft va gaz qazib chiqarish miqdori ancha ōsdi, Uzbekston neft mustaqilligiga erishdi. Respublikada qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz ishlab chiqarish korxonalari va aholining gazga bulgan talabini qondirish bilan birga xorij davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Neft va gaz qazib chiqarishning ōsishiga yangi neft va gaz uyumlari va konlarini ochish hisobiga va konlarni ishlatish samaradorligini oshirish hamda zaxiralardan foydalanish darajasini oshirishning yangi usullarini qōllash hisobiga erishiladi. Bu murakkab masalalarni yichishda neft va gaz geologiyasi muhim rol ōynaydi.
Neft va gaz koni geologiyasi neft va gaz uyumlarini ishlatish boshlangunga qadar va ishlatish jarayonida mufassal tadqiq qiladi. Geologiya fanining bu tarmoĝini asosiy vazifasi -neft va gaz uyumlarini sanoat ahamiyatida baholash va oqilona foydalanish yōllarini asoslashdan iborat.
Neft va gaz uyumlarini kon geologik tadqiq qilish usullari sungi yillarda jadal mukammallashdi. Neft va gaz konlarini loyihalash va ishlatishni tahlil qilish hozirgi kunda tōlik kon geologiyasi ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Keyingi yillarda kon geologiyasi tadqiqotlaridan quduqlar kesimini mufassal solishtirish yōli bilan yer ostini xaritalash asosida yangi neft va gaz konlarini aniqlashda ham foydalanildi. Bu ishlar zaminida «Geologiya, neft va gaz konlarini geologik qidirish» instituti jamoasi va boshqa olimlarning tinimsiz mehnatlari yotadi. Zamonaviy darajada geologiya - bu litosfyeraning tarkibi, uning tuzilishi, unda va uning yuzasida bōladigan jarayonlar, bu jarayonilarning sabablari, sodir bōlish qonuniyatlari va rivojlanishi hamda yyerning tarkibi, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini ōrganadigan fandir. Geologiya barcha foydali qazilma konlari, shu jumladan neft va gaz konlarini izlash, qidirish va ishlatish uchun nazariy asos hisoblanadi.
Neft qazib chiqarish qadim tarmoklar hisobiga kiradi, uning tarixi uzoq ōtmishga borib takaladi.
Ōzbekiston territoriyasida tabiiy neft chiqib turgan joylar qadimdayoq ma’lum bōlgan. Ular tōgrisida Plutarx, arab geografi Istarxi va boshqalarning ishlarida qayd etilgan.
Neft konlarini sanoat ahamiyatida ishlatish XVIII asrning 80-yillaridan boshlangan, 1885 yilda tadbirkor D.P.Petrov Farĝona vodiysida ikkita quduqdan neft qazib chiqara boshladi. Quduqlar qōl kuchi yordamida burgilangan, neft tortib olish usuli bilan qazib chiqarilgan. Neft D.P. Petrovning xususiy zavodida qayta haydalgan. Olingan kyerosin Andijon, Toshkent, Quqonga paxta tozalash zavodlariga va boshqa maqsadlar uchun foydalanishga junatilgan. Mazut esa temir yōlda yoqilgi sifatida ishlatilgan.
Ōzbekistonning gaz sanoati 1953 yilda Buxora va Qashqadaryo viloyatlari hududida joylashgan Setelantepa gaz konini ochilishi bilan boshlangan. 1962 yilda yirik Gazli gaz koni ishga tushirilishi bilan Ōral va sobiq ittifoqning evropa qismining sanoat ob’ektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun “Buxora-Ōral” va “Ōrta Osiyo-Markaz” kontinental gaz quvurlari barpo qilindi. Ōzbekiston Respublikasining yyer osti katta nefgazlilik potentsialiga ega. Respublika hududining 60 % dan ortiĝi neft va gazga istiqbolli hisoblanadi. Bu yerda beshta nefgazli region mavjud: Ustyurt, Buxora-Xiva, Janubiy-Garbiy Xisor, Surxandaryo va Farĝona. Bu regionlarda 150 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ular orasida Gazli, Shurtan, Kukdumaloq, Gadjak va boshqa yirik konlarni aytib ōtish mumkin. Neft va gaz konlarida maxsuldor qatlamning yotish chuqurligi 800 metrdan Buxora-Xiva neftgazli viloyatida 6000 metrgacha va Fargona botiqligining markaziy qismida undan ham kattani tashqil qiladi.
1995 yilda Ōzbekistonning tarixida birinchi marta 8 mln. tonna neft bilan kondensat qazib chiqarildi va respublikaning neft mustaqilligiga erishildi.
Ōzbekiston Respublikasi territoriyasida umumiy quvvati 8,6 mln. tonna bōlgan Farĝona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi va birinchi navbatining quvvati 2,5 mln. tonna bōlgan Buxora neftni qayta ishlash zavodi faoliyat kōrsatmoqda. Gaz va gaz kondensati tarkibidagi serovodorod va oltingugurtli birikmalar Muborak gazni qayta ishlash zavodida va yirik Shurtan gaz majmuasida ajratiladi. Bu korxonalarning gazni qayta ishlash bōyicha umumiy quvvati yiliga 40 mlrd.m.kōbni tashqil etadi. Ōzbekistonning qator konlaridagi gazning tarkibida etan, propan, bōtanning kōp miqdorda mavjudligi ularni polimer materiallar olish maqsadida ajratib olishni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini taminlaydi. Shu munosabat bilan Shurtan gaz kimyo majmuasi barpo etildi.

Neft yoki gaz qatlamini ochish (uni burĝulab ōtish) quduqlarni ōzlashtirish va ishlatish uchun juda muxim ahamiyatga ega. Qatlamni ochish texnologiyasi uning geologik-fizik tavsifi va shu qatlam tōyingan flyuidlarning fizik-kimyoviy xossalariga qarab tanlanadi.


Maxsuldor qatlamlar ikki marta ochiladi. Birinchi marta – quduqni burĝulash jarayonida burĝu bilan, ikkinchi marta - qatlamlarni himoya quviri bilan mustahkamlagandan sōng perforatsiyalab.
Neft va gaz quduqlarini burĝilash amaliyotida shu narsa aniqlanganki, qatlamni burĝu bilan ochish texnologiyasiga quyidagilar ta’sir kōrsatadi: qatlam bosimining kattaligi; maxsuldor qatlamning yotish chuqurligi; kollektorning xarakteri; qatlam tōyingan flyuidning tabiati; jinslarning harorati va boshqalar. Maxsuldor qatlamning ochish texnologiyasini tanlashda qatlam bosimi muxim rol ōynaydi.
Qatlam bosimining kattaligiga qarab kollektorlar uch guruhga bōlinadi:
Anomal Yuqori Qatlam Bosimiga (AYB) ega bōlgan Pq >>Pgidr.
Gidrostatik bosimga yaqin bosimli Pq ≥Pgidr.
Gidrostatik bosimdan past bosimli Pq < Pgidr
Anomal Yuqori Qatlam Bosimli qatlamlar yuqori zichlikka ega bōlgan burĝilash eritmasi bilan ochiladi. Bu shu bilan boĝliqki, quduqdagi eritma ustuni ochilayotgan qatlamga undagidan yuqoriroq bosim hosil qilishi lozim.
Ikkinchi guruh kollektorlari gilli eritmalar,tarkibida qattiq fazalar kam bōlgan eritmalar, neft asosidagi, texnik suv asosidagi, YAM bilan ishlangan eritmalardan foydalanib ochiladi.
Uchinchi guruh kollektorlari NAE, aeratsiyalangan burĝulash eritmalari, yuvib, havo yoki gaz bilan shamollatib (produvka) ochiladi.
Birinchi va ikkinchi guruh maxsuldor qatlamlarini ochish qatlamga repressiya bilan amalga oshiriladi, ya’ni qatlam bosimidan burĝulash eritmasining quduq tubidagi bosimi katta bōladi. Agar quduqdagi bosim qatlam bosimidan past bōlsa, neft va gaz quduqka keladi. Bu boshqarib bōlmaydigan favvoralanishga olib kelishi mumkin. Repressiya mavjud bōlganda qatlamga burĝilash eritmasining filtratlari va qattiq fazaning mayda zarrachalari kiradi, yutilish bōlganda burĝulash eritmasi kiradi. Bularning hammasi quduq tubi atrofida qatlamning tabiiy ōtkazuvchanligini pasaytiradi.
Shuning uchun maxsuldor qatlamni ochishning har qanday usulini asosiy vazifasi qatlamning tabiiy kōrsatkichlarini saqlab qolish hisoblanadi. Buning uchun burĝulash eritmasining parametrlarini shunday tanlash kerakki, yutilish va neft va gaz hosil bōlishi mumkinlik extimoli minimal bōlsin (qatlam bosimidan 0,5-1,0 MПa yuqori). Quduq tubi konstruktsiyasi. Quduqlarning texnik holati ular tubining konstruktsiyasi, mustahkamlov tizmasining sementlash mustahkamligi va sifati, quduq oĝzi jixozlarining ishonchliligi va germetikligi - quduqlarni samarali ōzlashtirish, ularni uzoq muddat ishlatishning asosi hisoblanadi.
Maxsuldor qatlamni mustahkamlash usullari ōzlashtirish samaradorligiga, qatlamni boshlanĝich debiti kōrsatkichi hamda uning neftberuvchanligiga katta ta’sir kōrsatadi. Ular qatlamni holati, xususiyatlari va quduq konstruktsiyasi bilan aniqlanadi.
Agar maxsuldor qatlam qattiq jinslardan iborat bōlsa, masalan oxaktoshlardan va qatlam kesimida suvli qatlamchalar mavjud bōlmasa, u holda uni mustahkamlovchi tizma bilan berkitmasdan ochiq qoldirish mumkin. Bu holda ekspluatatsion tizma maxsuldor qatlamni ustki yuzasigacha tushiriladi va sementlanadi, sōngra maxsuldor gorizont burĝulanadi (2a rasm). Boshqa variantni ham qōllash mumkin: maxsuldor qatlam yuqoridagi qatlamlar bilan birga burĝulab ochiladi, sōngra quduq devori qatlamni ustki yuzasigacha tushirilgan ekspluatatsion tizma bilan mustahkamlanadi (2b rasm). Birinchi holat nisbatan qulay, chunki uni bajarishda qatlamni sifatli ochish uchun zarur sharoitlarni taminlash mumkin, ikkinchisida buni har doim amalga oshirib bōlmaydi.
Agar qatlam yitarli darajada qattiq bōlmagan jinslardan iborat bōlsa, unda uni mustahkamlov tizmasi bilan berkitish lozim. Lekin suvli qatlamchalar mavjud bōlmasa qatlam oraliĝida mustahkamlov tizmasini sementlamaslik mumkin. Bu holda ham quduq tubi konstruktsiyasi ikkita variantga ega bōladi: 1-variant: Quduq tanasi mustahkamlov tizmasi bilan qatlamning ustki yuzasigacha mustahkamlanadi, sōngra maxsuldor qatlam burĝulab ochilib xvostovik bilan berkitiladi. Xvostovikning quvurlari teshilgan yoki teshilmagan bōlishi mumkin. Xvostovik burĝulash quvurlari tizimida tushiriladi (2v rasm).
2-variant: Maxsuldor qatlam yuqorida yotgan qatlamlar bilan birgalikda ochiladi, sōngra quduqqa ekspluatatsion tizma tushiriladi va manjet usuli bilan sementlanadi. Bunda sement eritmasi tizmadagi qatlamning ustida joylashgan maxsus teshiklar orqali chiqadi. Tizmaning pastki qismi teshilgan yoki teshilmagan bōlishi mumkin (2g rasm).
Birok quduq tubining ushbu konstruktsiyasi keng tarqalgan hisoblandi. Bunda quduqning butun kesimi ekspluatatsion tizma bilan mustahkamlanadi va boshmoq orqali sementlanadi (2d rasm). Bu konstruktsiyaning ikkinchi modifikatsiyasida q
uduqqa xvostovik tushirilib tsementlanadi (2e rasm). Bu variant xorijdaуniladi.
Rasm. Quduq tubi konstruktsiyasi sxemalari.

1- himoya tizmasi; 2- filtr; 3- sement toshi; 4- paker; 5- perforatsiya teshiklari;



6- maxsuldor qatlam; 7- xvostovik.


Download 322,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish