Pedagogik masala:
Bir kuni o’qituvchilar o’zining butun umrini maktabga, ta’lim-tarbiyaga bag`ishlagan kishilar «pedagogik faoliyatning natijasi nimadan iborat», deya bahslashib qolishdi.
- Men sinfdan xursandman, sinfimda yomon o’qiydigan o’quvchining o’zi yo’q. Hammalari «men sendan zo’rman» deb o’qishadi. Oliy o’quv yurtlariga kiradiganlari xam ko’p, xali ko’rasizlar hammalari jamiyatda o’z o’rnilarini topadilar.
- Siz aytmoqchi, bitirib ketgan mening o’quvchilarim juda kuchli sinf edi. Ko’pchiligi yirik mutaxassislar bo’lib yetishganligidan faxrlanaman, - deya qo’shib qo’ydi boshqasi.
-Meni esa ular kelajakda qanday kishilar bo’lib yetishadi, keyingi faoliyatlari qanday bo’ladi, o’z farzandlarini qanday kishilar qilib tarbiyalab, voyaga yetkazadilar, degan savollar ko’proq tashvishlantiradi, - deya so’zini yakunladi uchinchi o’qituvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |