- Sinxron hisoblagichdagi soat signallari bir vaqtning o'zida barcha flip-floplarning soat kirishlariga qo'llanilganligi sababli, turli xil chiqishlarda vaqt etishmasligi. Shunday qilib, sinxron hisoblagichlarda tabiiy tarqalish kechikishi yo'q. Asenkron hisoblagichda soat signali to'g'ridan-to'g'ri faqat birinchi flip-flopga qo'llaniladi va u keyinchalik uzatiladi, natijada bir vaqtning o'zida bir flip-flopdan ikkinchisiga keyingisiga olib keladi va natijada sinxronga nisbatan past tezlikni ishlaydi. hisoblagich
Nazorat uchun savollar
Sinxron hisoblagichlar nima?
Parallel hisoblagich ishlash prinsipi qanday?
Sinxron va asenkron hisoblagich o'rtasidagi farqlari ?
Ikkili asinxron hisoblagich ishlashini ikki pog‘onali sanoq triggerlarda qurilgan to‘rt xonali hisoblagich misolida ko‘raylik (6.3.1.rasm). Bu hisoblagich ikkita sanoq kirish yo‘liga (S1, S2) va ikkita nulga o‘rnatish kirish yo‘liga [R0(1), R0(2)] ega. Triggerlar kirish yo‘li signalining orqa fronti bo‘yicha (1dan 0ga o‘tganida) ishlaydi.To‘rtta ketma-ket ulangan triggerlar moduli 2 4=16 ga teng hisoblagichni tashkil etadi.
Yakuniy kodni o‘rnatish vaqtini kamaytirish uchun hisoblagichning barcha triggerlarini bir vaqtda o‘z holatlarini teskarisiga o‘zgarishini ta’minlash lozim. Ya’ni asinxron hisoblagichlardan voz kechib, sinxron hisoblagichlardan foydalanish lozim. 6.3.5. rasmda keltirilgan hisoblagichda sinxrosignal S berilishi bilan barcha triggerlar o‘z holatini bir vaqtda o‘zgartiradi. Bunday hisoblagichlar parallel ko‘chirishli hisoblagichlar deb yuritiladi va yuqori tezkorlikka ega.
Ammo, xonalar soni oshishi bilan parallel hisoblagichlarni qurish qiyinlashadi, chunki VA elementi kirish yo‘llarining soni oshadi. Bu esa o‘z navbatida triggerlar chiqish yo‘lida yuklamaning oshishiga olib keladi. SHu sababli, xonalar sonining ko‘pligida kombinatsiyalangan – ketma-ket – parallel ko‘chirishli tuzilmalardan foydalaniladi. Bunda bir necha triggerlar guruhlarga birlashtirilib, guruh ichida parallel ko‘chirish tashkil etilsa, guruhlar orasida ketmaket ko‘chirish amalga oshiriladi (6.3.6. rasm). Guruhdan ko‘chirish signali ushbu guruh barcha triggerlarining birlik holatida ro‘y beradi.
Ixtiyoriy sanash modulli hisoblagichni qurish uchun log2 M soni eng yaqin butun songacha yaxlitlanadi
n log2M , n butun son
Natijada triggerlarning kerakli sonini olamiz. Ixtiyoriy sanash modulli hisoblagich uchun asos sifatida 2 n holatga ega bo‘lgan ikkili hisoblagich xizmat qiladi. Demak, ixtiyoriy sanash modulli hisoblagichda ishlatilmaydigan ortiqcha holatlar quydagicha aniqlanadi:
L 2 n M
Ixtiyoriy sanash modulli hisoblagichlarni qurishda ishlatiladigan asosiy usullar: ortiqcha holatlarni chiqarib tashlash usuli; boshqariluvchi nulga o‘rnatish usuli. Birinchi usul raqamli qurilmalarni sintezlash algoritmiga asoslangan va to‘pi katta qurilmalarni qurishda ishlatiladi. Aks holda bu usulni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Amaliyotda ko‘pincha boshqariluvchi nulga o‘rnatish usulidan foydalaniladi. Usul g‘oyasiga binoan hisoblagich chiqish yo‘lida istalgan sanoq moduli Mga mos keluvchi kodning paydo bo‘lishi bilanoq hisoblagich triggerlari nul holatiga o‘tkaziladi. 6.3.7. rasm.da sanash moduli M = 10, ya’ni o‘nli hisoblagichning sxemasi keltirilgan. To‘rt xonali ikkili hisoblagich qo‘shimcha to‘rt kirish yo‘lli 4I-NE elementiga ega va bu element kirish yo‘llariga Q4Q3Q2Q1 trigger chiqish yo‘llaridan signal beriladi. Sinxron kirish yo‘li S ga o‘ninchi signal berilishi bilanoq hisoblagich triggerlari 1010 holatiga o‘tadi, ya’ni Q4Q3Q2Q1 =1111.
4I-NE elementi signal tarqalishining kichikishi vaqtidan so‘ng o‘z chiqish yo‘lida nulga o‘rnatish signalini shakllantiradi va bu signal hisoblagich triggerlarini nul holatiga o‘tkazadi. So‘ngra sanashning keyingi sikli boshlanadi. Ushbu o‘nli hisoblagich ishlashining vaqt diagrammasi 6.8. rasm.da keltirilgan.
Shu tariqa sanash modulining ixtiyoriy boshqa qiymatlariga mos hisoblagichlarni qurish mumkin. Masalan, sanash moduli 5 ga teng bo‘lgan hisoblagichni qurish uchun 3 ta trigger kerak bo‘ladi. 6.3.9. rasmda sanash moduli 5 ga teng bo‘lgan hisoblagich misoli keltirilgan. 3VA-EMAS element kirish yo‘liga 510=1012 ga mos holda Q3Q2Q1 signallari beriladi. So‘ngra sinxron kirish yo‘liga beshinchi signal berilishi bilan 3VA-EMAS element chiqish yo‘lida hisoblagich triggerlarida nul holatni o‘rnatuvchi signal shakllanadi.
Nazorat uchun savollar
1. Qaydlagichlar tuzilishi va ishlash printsipi qanday?
2. Qaydlagichlar qanday tasniflanadi?
3. Hisoblagichlar tuzilishi va ishlash printsipi qanday?
4. Hisoblagichlar qanday tasniflanadi?
5. Subtrativ hisoblagichlar nima ?