Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy elementlari YUqoridagi aytilganlardan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, ushbu amaliy dastur relyatsion turga mansub bo‘lib, u jadval ko‘rinishida ifodalangan ma‘lumotlar majmuasi bilan ishlashga mo‘ljallangan. Masalan, u mijozlar va ularning talablari yozilgan jadvallar orasida muayyan boyliklarni hosil qilish va uni boshqarish uchun ishlatilishi mumkin. Buning natijasida biz bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ma‘lumotlar to‘plami bilan osongina ishlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Pusk (Start) tugmachasi orqali Programmi (Programs) bo‘limidan Microsoft Access, belgisini tanlagan holda ushbu dasturni ishga tushirsak, bir qancha imkoniyatlardan birini tanlashimiz mumkin bo‘ladi. Ular quyidagilar:
oldindan tuzib quyilgan ma‘lumotlar bazasini yoki loyihani ochish.
Access loyihasi ma‘lumotlar bazasiga o‘xshash bo‘ladi, lekin unda ma‘lumotlar bilan to‘ldirilgan jadvallar bo‘lmaydi va u maxsus Microsoft SQL Server bilan bog‘langan bo‘lib, barcha kerakli jadvallar o‘sh erda saqlanadi. Undan foydalangan holda foydalanuvchi loyihalalrga o‘xshash ma‘lumotlar bazalarini tuzish va ularni boshqarish imkoniyatini olish mumkin.
Ma‘lumotlar bazasining asosini unda saqlanuvchi ma‘lumotlar tishkil qiladi va ular ob‘ektlar orqali boshqariladi. Ob‘ektlarning asosiy turlari quyidagilar:
Jadvallar (Tablitsi) – ma‘lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi;
Talablar (―Zaprosi‖) – ma‘lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga o‘zgarishlar kiritish uchun xizmat qiladi;
SHakllar (―Formi‖) – ma‘lumotlarni ko‘rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi;
Sahifalar (Stranitsi) – HTML (gipermatn) shakltidagi fayllar, ular Access ma‘lumotlarini Internet Explorer brauzeri yordamida ko‘rish uchun ishlatiladi;
Makroslar – bir yoki bir qancha operatsiyalarni avtomatik ravishda bajaradi.
Access ma‘lumotlar bazasiga kiritilgan har qanday ma‘lumot jadvallarda saqlanadi. Jadvallarning qatorlari ―yozuvlar‖, ustunlari esa ―maydonlar‖ deb ataladi.
So‘rovlar jadvallardan ma‘lumotlarni bir yoki bir necha kriteriylar (ko‘rsatgichlar) asosida tanlab olish uchun ishlatiladi. Jadvallar soni ham bir yoki bir nechta bo‘lishi mumkin. Masalan, so‘rovlardan foydalangan holda quyidagi savollarga javob olish mumkin:
Oxirgi kvartalda har bir mahsulotdan qanchadan sotildi?
Oxirgi oyda qancha yangi mijozlar murojaat qilishdi?
Qaysi korxonadan qancha mahsulot keldi?
Misol uchun agar jadvalning nomlar yozilgan ustunidan foydalangan holda undagi Akrom Alimovga tegishli barcha yozuvlarni ajratib olish mumkin. Buning uchun Nomlar ustunining ―Usloviya otbora‖ (Tanlov shartlari) deb nomlangan qatoriga Akrom Alimov deb yozish kerak bo‘ladi.
So‘rovlar konstruktorining imkoniyatlari faqatgina tanlovni amalga oshirish bilan chegaralanmaydi. U orqali quyidagi so‘rovlarni ham amalga oshirish mumkin:
―Perekrestniy Zapros‖ (xilma – xil jadvallardan foydalangan holda amalga oshiriladigan so‘rov) – u orqali ma‘lumotlarni umumlashtirish mumkin bo‘ladi. Masalan, oldingi kvartalda har oyda har bir mahsulot bo‘yicha sotuv hajmi qancha bo‘lishini aniqlashimiz mumkin.
―Zapros na sozdanie tablitsi‖ (Jadval hosil qilish uchun so‘rov) – bunda so‘rov natijasida hosil bo‘lgan natijalar yangi jadvalga joylashadi.
―Zapros na obnovlenie‖ (YAngilanish so‘rovi) – bunday so‘rovlar vositasida jadvaldagi yozuv guruhlariga o‘zgartirishlar kiritish, ma‘lumotlarni tahrirlash yoki bir jadvaldagi ma‘lumotlarni boshqa jadvaldagi ma‘lumotlardan foydalangan holda o‘zgartirish mumkin.
―Zapros na dobavlenie‖ (qo‘shish maqsadidagi so‘rov) – bunday so‘rovlar bir jadvaldagi ma‘lumotlarni boshqasiga qo‘shishga imkon beradi.
―Zapros na udalenie‖ (Yo‘qotish uchun so‘rov) – bunday so‘rov jadvaldan yozuvlar guruhini yo‘qotish uchun xizmat qiladi.
SHakllar jadvaldagi ma‘lumotlarni ko‘rishni osonlashtirish yoki jadvalga ma‘lumotlar kiritish uchun ishlatiladi. Bunda jadvaldagi yozuvning barcha maydonlari shaklda ko‘rinib turadi. SHuning uchun ham ma‘lumotlarni tahrirlash ancha osonlashadi. SHakllar ham tegishli yordamida dastur – masterlar yordamda hosil qilinishi mumkin (Master form yoki Form Vizard).
Agarda shaklni tezlik bilan hosil qilish talab qilinsa, u holda Avtoshakl masteridan foydalanish mumkin. Bunda shakl turi tanlab olinadi xolos. Bir necha jadvallar asosida ham shakllar tashkil qilish mumkin.
Sahifalar (Stranitsi) – ular alohida holda saqlanadigan HTML (gipermatn) shaklidagi fayllar bo‘lib, Access ma‘lumotlarini Internet Explorer brauzeri yordamida ko‘rish uchun ishlatiladi.
Hisobotlar (Otcheti) - ma‘lumotlarni ko‘rish va chop qilish uchun ishlatilib, quyidagi imkoniyatlarni yaratib berishi mumkin:
Hisobotlar masteri (Master otchetov – Report Wizard) – hisobotni bosqichmabosqich tayyorlash va chop qilish.
Avtohisobot (Avtootchet - AutoReport) – ma‘lumotlar bazasi dasturida oldindan mavjud bo‘lgan tasmali yoki ustunli ko‘rinishdagi hisobotlar tayyorlashga imkon beradi.
Diagrammalar masteri (Master diagramm – Chart Wizard) – xilma – xil ko‘rinishdagi grafik ob‘ektlar yaratishga yordam beradi. Ular aylanma diagrammadan uch o‘lchamli diagrammagacha ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Pochta belgilari masteri (Master pochtovix nakleek – Label Wizard) – standart shaklidagi pochta belgilarini chop qilishga yordam berishi mumkin.
YUqorida aytib o‘tilgan shakl va hisobotlar bir biridan quyidagilar bilan farq qiladi: SHakllar asosan ma‘lumotlarni tahrirlash va ko‘rib chiqish uchun ishlatiladi. Bunda yozuvlar ketma-ket ko‘rilib chiqiladi, hisobotlarni ham ko‘rib chiqish mumkin, lekin ularning asosiy mohiyati ma‘lumotlarni chop qilinadigan sahifa o‘qilishi qulay holda ifodalashdan iboratdir. Undan tashqari hisobotlar ma‘lumotlarni umumlashtirish va jamlash hisoblarini chiqarish uchun mo‘ljallangan imkoniyatlarga ham ega.
Xuddi shakllarga o‘xshab hisobotlar ham bir necha jadvallardagi ma‘lumotlarni aks ettirishi mumkin. Bunday hisobotlar ko‘p jadvalli hisobotlar deb ataladi (multitable reports).
Makroslar ishga tushirilganda avtomatik ravishda ma‘lumot bazasining bir yoki bir necha buyruqlari bajariladi. Ular tez-tez bajarilib turiladigan masalalarning echilishini avtomatlashtirish uchun ishlatiladi. Demak ularni hosil qilish uchun ketgan vaqt bekor ketmaydi. Makros hosil qilinganidan so‘ng uni ma‘lumotlar bazasi oynasidan ishga tushirish yoki uni shakldagi biror bir tugmacha bilan bog‘lash mumkin.
Modullar ham ma‘lumot bazasining bir elementi bo‘lib, ular ma‘lumot bazasi ob‘ektlari (jadval, shakl yoki hisobot) bilan muloqot qiluvchi dastur kodlaridan iborat bo‘ladi.
Adabiyotlar ro’yhati
O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral.
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar jamoasi. – T.: SHarq, 2001, 672-b.