4.Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalarida — yaslilar, bolalar boғchalari; jamoat muassasalarida — maҳkamalar, korxonalar, shaxsiy pulli yasli va boғchalar tarzida maktabgach yoshdagi bolalar muassasalari sifatida uyushtirilmoқda. Jismoniy tarbiya asosan davlat mu assasalarida amalga oshiriladi.
Davlat muassasalarida jismoniy tarbiya. Bolalar boғchasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir raҳbarlik қiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyasi olib boradi. tarbiyachi mashғulotlarni musikachi, shifokor bilan rejalashtiradi. SHifokor tarbiyachiga jismoniy mashқlarni tanlashga, uni mehyorini aniklashga yordam beradi.
Yasli va boғchalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun ўқuv tipidagi mashғulotlar ertalabki gimnastika, fizkulg’tura daқiқalari, chiniқtiruvchi muolajalar, ҳarakatli ўyinlar ekskursiyalar, sayoҳatlar, bayramlar, yakkama-yakka va mustaқil mashғulotlar tarzida uyushtiriladi. Bulardan tashқari musiқa darslarida xam jismoniy tarbiyani vazifalarini ҳal қiladigai jismoniy mashқlar, ўynlar va raқslardan vosita tarzida foydalaniladi.
Ўқuv tipidagi jismoniy mashқlar bilan shuғullanish mashғulotlari bolalarni ҳarakatga ўrgatishda asosiy rog’ ўynaydi. Bu mashғulotlar yasli va boғchalarining ҳamma guruҳlarida ўtkaziladi. 1 yoshgacha bolalarda ҳar bir bola bilan ayrim jismoniy mashқlar uқalash bilan қўshib olib boriladi.
1-3 yoshgacha bўlgan bolalardan yoshi katta bўlgan guruҳlarda (6-12) ҳaftada 3 marotabadan, 3-7 yoshgacha bўlganlarda ҳaftada 1 marta va ҳamma guruҳlar bilan birga ўtkaziladi. Yoshi katta bўlgan sari mashғulotlarning davomiyligi 10-45 daқiқagacha oshirilib borilaveradi. Mashғulotlar 4 қismdan - tashkiliy, tayyorlov, asosiy, yakunloқ, қismlariga bўlib olib boriladi va ularning ҳar birida ўzlarining anik vazifalari ҳal қilinadi. Jismoniy mashқlar osonlashtirilib, «ўrmonga sayoҳat», ҳarakatli va syujetli («Ўrmonga sayoҳat» va boshka) shakllarda olib boriladi. tarbiyachi oldin jismoniy mashkdarni tanlab, sўngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, tўsiқlardan oshish, suzish va ochiқ ҳavoda bўlishi kerak bўlgan vaқt ҳisobiga ўtkaziladi.
Ertalabki gimnastika yasli va boғchalarda ertalabki ovkatlanishdan oldin, bolalar uylarida esa uyқudan turibla ўtkaziladi. Yaslilarda 2 yoshgacha bўlganlarda ertalabki gimnastika individual yoki 5-10 kishiga bўlingan guruҳlarda, yoshi kattalarda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy ўtkaziladi. Ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli xil mashқlar bajarish ҳamda sakrash bilan tugallanadi. Ayrim ҳollarda mashқ syujetiga, ritmiga moslashtirilgan kўshiқlar bilan ўtkaziladi.
Tizimli ўtkazilgan jismoniy mashқlar asosan bolalarni kuchini, elastikligini mustaҳkamlaydi, nafas olish, қon aylanish va yurak tomir tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashқari ertalabki gimnastika uyushgan ҳolda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, ҳar kungi bajarilgan jismoniy mashқlarning tahsir kuchi komatni tutish va jismoniy mashқlarning soғlikka foydasi ҳaқidagi dastlabki elementar bilimlarni shakllanishiga olib keladi.
Kichik yoshdagilarda jismoniy mashқlar kimlarga yoki nimalargadir taқlid қilish va ҳayotda uchraydigan syujetlarni ўz ichiga olishi kerak. Mashқlar 3 dan 6 gacha, yoshi ulғaygan sari 8 tagacha bir kompleks bir ҳaftaga mўljallab tuziladi va 3-4 kundan sўng kiyinlashtiriladi, 7-12 daқiқa davomida ўtkaziladi. 6-7 yoshdagilarga esa maktab dasturi materialiga yaқin bўlgan jismoniy mashқlar tavsiya қilinadi. Jismoniy mashқlar dozasini uni bajarilish oғirligiga қarab belgilanadi. Yelka va bўyin muskullari mashқlari 6-12 marta, қorin va bel muskullari mashklari 4-8 marta takrorlanadi.
CHiniқtiruvchi muolajalar yasli va boғchalardagi kundalik va ҳayotiy chinқitirishdan tashқari bolalar bilan maxsus ҳavo va kuyosh vannalari, suvda chўmiltirish orқali chiniқtirishlar kiritiladi. bulardan tashқari yana ayrim protseduralar borki ular jismoniy mashқlar bilan қўshib olib borilgandagina effekt beradi (Levi Gorinevskaya va A.I. Bikovaning «Bola organizmini chiniktirish» 1962y.).
Jismoniy tarbiya dakikalari raem mashғulotlarida plastilin bilan ishlash paytida ҳisob, nutқni rivojlantirish mashғulotlari davomida ўtkaziladi. Bu mashғulot uchun 2-3 ta jismoniy mashk tanlanib, ular ўrnidan turgan, ўtirgan ҳolda bajariladi.
Ўyinlar ertalab soat 1000-1200 larda va tushlikdan sўng ўtkaziladi. Uni maқsadi bolalarda bizga mahlum bўlgan
jismoniy sifatlarini rivojlantirishdir. Ҳarakatli ўyinlarni tanlashda bolalarning jismoniy tayyorgarligi, maydon va undagi sharoitga ehtibor beriladi. Tarbiyachi ўyinni tanlab olgandan sўng uni қўllash usuliyatini puxta ўylab, sўngra ўtkazadi. Bola uchun notanish ўyinlarni ўynatish ancha kiyinchiliklarga sabab bўladi. katta yoshdagilarga esa mustakil vazifalar beriladi. ўyinlar 7-15 daқikagacha davom etadi va 5-7 marotaba қaytariladi. Sayoxat ҳaftada 1-2 marotaba, 2 yoshgacha bўlganlarda esa, 1-2 marotaba uyushtiriladi. Unda oldindan boradigan joy, mashғulot stsenariysi tuzilib sharoiti ҳisobga olinishi va lozim bўlgan jixrzlar tayyorlanadi. Yoshiga karab sayoxat muddati 20 minutda 1,5 soatgacha davom etkazish mumkin.
Jismoniy madaniyat bayramlari bayram kunlari (yangi yil, Navrўz, Mustakillik, Konstitutsiya kunlari)ga baғishlab yoki boғchadan maktabga kuzatish, bitiruv kechasi va boshқalar tarzida ўtkaziladi. Ҳar xil ўyinlar, rakslar, musiқa bilan bajariladigan jismoniy mashklar bayram dasturi stsenariysiga kiritilishi mumkin.
Jismoniy mashklar bilan individual shuғullanish mashғulotlari vrach yordamida bolalar jismoniy tayyorgarligini ҳisobga olgan ҳolda ўtkaziladi. Bu mashғulotlarda tana tuzilishida nuksoni borlar yoki surunkali ҳamda, yurak tomir sistemasida kasali borlar shuғullanishi uchun қulay imkoniyatlar bor. Uni davom etish muddati kasallarni jismoniy tayyorgarligi darajasiga boғlik. Mashғulotlar davomida shifokor maslaҳati asosiy rolni ўynaydi.
Jismoniy mashklar bilan mustakil shuғullanish mashғulotlari bolalarga ўzlari yaxshi kurgan jismoniy mashklar bilan mashғul bўlish imkoniyatini beradi. Buning uchun tarbiyachi ularga jiҳozlangan gimnastika shaҳarchasi yoki maxsus bolalar maydonchasidek, suzish ҳavzasi, sport jiҳozlari va anjomlarini tayyorlab kўygan.
Mashғulot paytida tarbiyachi bolalarga rollarni ajratib қўyio’i lozim bўlgan samarani beradi.
Yasli va bolalar boғchasida umumiy ish rejasi tuzilib unda jismoniy tarbiya tadbirlari belgilanadi. Bu bўlimda jismoniy tarbiyaning asosiy maқsadi yoritiladi va uni bajarilishi uchun anik vazifalar belgilanadi. Vazifalar ҳar xil bўlishi mumkin: suzishni ўrgatish, velosiped, samokat, roliklik kong’kida yurishni ўrgatish va boshkalar. Buning uchun oldindan tarbiyachilar oldindan maslaҳatlashib, basseyn
tўldiriladi yoki yaxmalaka otish joyi қilinadi. Tarbiyachi dasturni kvartal, oylar va ҳaftalarga bўlib reja tuzadi va ўsha reja asosida jismoniy tarbiya jarayonini borishini boshқaradi. Rejelashtirishda bolalarning jismoniy tayyorgarligi eҳtiborga olinishi shart. Yasli va boғchada yiliga 3-4 marta jismoniy tayyorgarligini ўyishini tizimli ҳisob-kitob ishlari olib boriladi va jismoniy sifatlarini rivojlanishini nazorati yўlga kўyiladi. Ana ўshanga asoslanib tarbiyachi maktabga yўllancha olgan bola ҳaқida ҳisobot yozadi.
Oilada jismoniy tarbiya ҳaқida... (shakllari, vositalari, metodlari, B.A. Ashamarin taҳriri ostida ўқuv қўllanmasida).
Do'stlaringiz bilan baham: |