1.Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy (ҳarakal) sifallarini
tarbiyalash
Jismoniy mashқlarni bajarish protsessida bu yoshdagi bolalarda chakkonlik, tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularni anatomo-fiziologik xususiyatlarini ehtiborga olganimizda chaққonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalashning imkoniyati ularda boshka sifatlarga nisbatan kўprok bўladi, aksincha kuch va chidamlilik ҳarakat sifatlarini tarbiyalashga esa extiyotkorlik zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman tўxtatib қўyilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari ҳar bir ҳarakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachini xoҳishsiz ҳam boshka ҳarakat faoliyatlari davomida namoyon bўladi. yurish, sakrash, uloқtirishdek xarakatlar tarkibida bu sifatlar baribir namoyon bўladi.
Bu yoshdagilarning nerv tizimini egiluvchanligi, jismoniy sifatlarni teng rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. CHunki nerv sistemasidagi қўzғalish va tormozlanish biri ikkinchisi bilan tez almashinish қobiliyati bilan boғliқ. Ayniқsa ҳarakatli ўyinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, ўyin faoliyati uchun zarur bўlgan favқulotdagi ҳarakatlarni bajarishga tўғri keladi va ular қisқa vaқt ichida bir-biriga ўz ўrnini tez almashinishi bilan namoyon bўladi. Bu esa chakkonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoitni yaratadi.
Nerv protsessi katta tezlikdagi tezlik jismoniy sifatini rivojlanishini tezlashtiradi. Қisқa vaқt mobaynida minimal tezlik bilan yugurish, velosiped va boshka mashk-lar tezlikni rivojlanishiga omil bўladi. Bu mashklarda albatta mehyor tўғri tanlanishi va ularni ўzaro ўrin almashinishi muҳim aҳamiyatga egadir.
Bu yoshdagi bolalarda bўyin, қorin, orқa, bel muskullari kuchsiz bўlib ularda komat yaxshi rivojlanmaydi. SHunga kўra shu guruҳ muskullarini rivojlantirish uchun (yurish, yugurish, tanani bukib tўғrilab bajaradigan) mashқlarni tanlab olish, ularni yurish tezlishini orttirish, boshka ҳarakat sifatlariga nisbatan yuқori kўrsatgichga erishishi mumkinligini ifodalashdan iborat bўladi. bularsiz bola kundalik ҳayotida uchraydigan jismoniy mashқlarni bajarishda, jismoniy meҳnatda қiyinchilikka uchragan bўlar edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashk berishdan oldin, ular ga ўsha mashkning aҳamiyatini, bajarish texnikasini, ozgina bўlsa xam ҳarakatli ўyin koidalarini, umumiy va shaxsiy gigiena қoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlarini ўrgatilib borilishi lozim. Bu yoshdagilarga jismoniy mashkni ўzi mastuқil va guruҳi bilan bajarishga ўrgatish kўnikmalari berib boriladi. Ўzidan kichik guruҳlarda jismoniy mashқlarni bajarishga ўrgatish, ўzini sport razryadini ўsayotganiga va katta sportchilar natijalariga қiziқishga, dўstlik, ўzaro yordam, ўyinchoқlarga nisbatan munosabat masalasi, axloқ normalarini rivojlanishiga ehtibor beriladi. ularda jismoniy tarbiyani shunday yўlga kўyish kerakki, ўsha yoshi uchun zarur bўlgan jismoniy sifatlar, aқliy, aҳloқiy va estetik didni tarbiyalash bilan қўshib olib borilsin. Estetikadan tanining tuzilishi, қomatini tik tutib yurish, ҳarakatlarini mayin ҳamda chiroyliligi, kiyim boshini kanday tutish va boshқalar tўғrisida tushuncha berish kerak bўladi. Jismoniy tarbiya jaraeni davrida maktab yoshigacha bўlgan bolalarda aқliy қobiliyatlarini rivojlantirishga, diққat kabul қilish, tushunchaga ega bўlish, fikrlash, kўz oldiga keltirish, bilimini va boshқa xislatlarni mastaҳkamlash tarbiya jarayonining asosiy mazmunyga aylantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |