Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning axamiyati. Tasviriy faoliyat estetik tarbiyaning zaruriy vositasi sifatida. Bolalarni xar tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning axamiyati


Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  tasviriy  faoliyati



Download 72,75 Kb.
bet21/23
Sana31.12.2021
Hajmi72,75 Kb.
#207268
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
TASVIRIY SAN'AT

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  tasviriy  faoliyati.

                  Bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida tasvirlash faoliyatlarining roli kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar rasm chizish, loydan yoki plastilindan turli narsalarni yasash, kubiklardan imoratlar, ko‘priklar qurishni juda yoqtiradilar. Bolalar o‘zlarining tasvirlash faoliyatlarida qandaydir g‘ayri-tabiiy, xayoliy narsalarni emas, balki tashqi muhitni, undagi narsalarni, jonivorlarni aks ettirishga intiladilar. Bolalarning  bunday  faoliyatlarida  ijodkorlik,  yaratuvchanlik  elementlari bo‘ladi. Bolalar o‘zlaridagi istak, xohish, intilishlarni ana shunday tasvirlash, rasm chizish, loy yoki plastilindan biron narsa yasash, applikatsiya ishlari orqali ifodalashga intiladilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari juda sodda bo‘lsada, ular o‘zlarining bunday faoliyatlarida atroflaridagi narsa va hodisalarni shunchaki passiv tasvirlash bilan cheklanib qolmay, o‘zlaridan nimalarnidir qo‘shib, yangilik yaratishga harakat qiladilar. Ana shuning uchun bolalardagi ayrim qobiliyatlar ularning tasvirlash faoliyatlarida juda erta namoyon bo‘la boshlaydi.Ma’lumki, odam tug‘ilishi bilan rassom, haykaltarosh, naqqosh bo‘lib  tug‘ilmaydi.  Odamdagi  bunday  qobiliyatlar  uning  yoshligidan  tasvirlash  faoliyati  bilan  shug‘ullanishi  jarayonida  yuzaga  kelib,  takomillashib  boradi.  Masalan,  biz  chaqaloq  bolalarda  hech qanday  tasvirlash  faoliyatini  ko‘rmaymiz.  Bunday  faoliyat  bolaning  taxminan  ikki-ikki  yarim  yoshidan  boshlab  yuzaga  keladi. Chunonchi, ikki yoshli bola qalam bilan (to‘g‘ri kelganicha ushlab olib) nimalarnidir chizib tashlaydi va o‘zining egri-bugri chiziqlarini «bu daraxt», «bu odam», «bu uy», «bu mushuk» deb tushuntiradi. Bu  yoshdagi  bolalar  rasm  chizayotganlarida  biron  narsani  tasvirlashni  maqsad  qilib  olmaydilar.  Keyinchalik  chizgan  chiziqlariga qarab, miyalariga kelgan birinchi nom bilan ataydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlaridagi bu davr tayyorgarlik davri deb ataladi.Bolalarning tasvirlash faoliyatlari asosan o‘rta va katta guruhdan boshlanadi. Lekin bu davrdagi tasvirlash faoliyatlari ham ko‘p jihatdan  sxematik  xarakterga  ega  bo‘ladi.  Masalan,  bolalar  odamning rasmini  chizganlarida  bitta  kichik  va  bitta  kattaroq  doira  chizib, shundan qo‘l va oyoqlarni chiqaraveradilar. Ular rasm chizganlarida yoki biron narsaning haykalini yasaganlarida hajm, perspektiva masalalariga  mutlaqo  rioya  qilmaydilar.  Ana  shuning  uchun  ularning chizgan rasmlari hajm (o‘lchov) jihatidan juda katta yoki juda ham kichkina bo‘lishi mumkin. Buning sababi nimada? Birinchidan,  bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  katta  odamlardagidek  kuzatuvchanlik  qobiliyati  yaxshi  rivojlanmagan  bo‘ladi  va ular chizayotgan rasmlaridagi obyektlarni real voqelikdagi haqiqiy narsalar bilan solishtirmaydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari  asosan  tasavvurlariga  asoslanadi.  Masalan,  4–5  yoshli bog‘cha  bolasiga  onasining  rasmini  chizish  taklif  qilinganda,  u biron marta ham onasiga qaramay, rasm chiza boshlagan. Undan nega onangga qaramading, deb so‘raganlarida, u o‘zim juda yaxshi bilaman, deb javob bergan.Bog‘cha  yoshidagi  bolalar  tasviriy  faoliyatining  shu  qadar sodda bo‘lishiga ikkinchi sabab ularda ayrim murakkab harakat malakalarining  hali  yuzaga  kelmaganligidir.  Bundan  tashqari bog‘cha bolalari tasvirlash faoliyati bilan shug‘ullanayotganlarida tasvirlayotgan narsalarini real voqelikdagi narsalarga o‘xshatishni maqsad qilib qo‘ymaydilar. Ular tasvirlash faoliyatini ham o‘yin tarzida o‘tkazadilar. Ularni tasvirlash faoliyatining natijasi emas, balki  tasvirlash  faoliyatining  o‘zi  qiziqtiradi,  xolos.  Bolalarning tasvirlash  faoliyatlari  rejali,  izchil  ravishda  emas,  balki  stixiyali ravishda tashkil qilinadi. Ana shuning uchun bola bunday faoliyat davomidayoq voqelikni chuqur va to‘la kuzatmay, o‘z tasavvurlarigagina asoslanib qo‘ya qoladi.   Agar tarbiyachi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini izchil tarzda tashkil  qilib,  bu  ishni  pedagogik  jihatdan  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘ysa, bolalarning tasvirlash faoliyatiga bo‘lgan munosabatlari o‘zgaradi. Bolalar oldiga qat’iy bir maqsad qo‘yib, ana shu maqsadni amalga  oshirish  buyurilsa,  bolalar  tasvirlash  faoliyatini  o‘yinga  aylantirmay  ishga  nisbatan  jiddiy  munosabatda  bo‘la  boshlaydilar. Masalan, bayram o‘tgandan so‘ng bolalarga bayram rasmini chizish taklif etilsa, ular bu vazifani bajon-u dil bajaradilar.Bog‘cha yoshidagi bolalarni aqliy, axloqiy va, xususan, estetik jihatdan tarbiyalashda tasvirlash faoliyati juda katta yordam beradi. Shuning uchun ham bog‘cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini har doim maqsadga muvofiq ravishda pedagogik jihatdan to‘g‘ri va qiziqarli tashkil qilishga e’tibor bilan qarash zarur.

Bog‘cha yoshidagi bolalar rangli qalamlar, rangli bo‘yoqlar bilan rasm  chizish  va  rangli  qog‘ozlardan  turli  applikatsiyalar  tuzish  bilan uzoq muddat davomida shug‘ullanishni yoqtiradilar. Lekin bolalarning ranglarga bo‘lgan munosabatlari o‘ziga xosdir. Ular o‘zlariga yoqqan  narsalarni  juda  yorqin,  chiroyli  ranglar  bilan  bo‘yaydilar, o‘zlari  yoqtirmagan  narsalarni  esa  qora,  to‘q  jigarranglar  bilan bo‘yaydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari ularning xayol va hissiy jarayonlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki ular qanday tasvirlash faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lmasin ishlariga befarq munosabatda bo‘lmaydilar. Tasvirlash faoliyati orqali qilgan ishlarini, chizgan rasmlarini ko‘zga ko‘rinadigan joyga namoyish qilib qo‘yadilar.1

                  Bolalarni 3-5 yoshligida o‘qitishning mazmuni ko‘p qirrali bo‘lib boradi.Bu kattalar mehnatini buyumlar haqidagi tasavvurlarda, jonsiz tabiat haqidagi, o‘simlik va hayvonlar haqidagi tasavvurlarda, va nihoyat, miqdor, fazo, va vaqt haqidagi tasavvurlarni o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi. Bolalar tasviriy materiallar bilan (qalamlar, bo‘yoqlar, loy bilan) tanishtiriladi.Ular buyumlarni,so‘ng syujetni chizma orqali tasvirlashga oid dastlabki malakalarni egallaydilar, tasvirdagi obrazni anglash, keyin uni maqsadga muvofiq yaratish ko‘nikmalarini o‘rganadilar.Buyumlardagi umumiy  xususiyatlarni va shu bilan birga alohida o‘ziga xoslikni ko‘rish va tasvirlashni o‘rganadilar;mazkur belgilarni chizmada va ranglarda bera oladigan bo‘ladilar.O’yinlarda yetishmagan o‘yinchoqlarni qog‘ozdan, kartondan, yog‘ochdan, tabiiy materialdan yasab olishlari mumkin.Bolalar ozlarimashg‘ulotlarda yasagan o‘yinchoqlarini bajonidil o‘ynaydilar2.

                  Pediatrlarning fikricha, sog‘lom bola deb, yaxshi o‘ynaydigan, yaxshi gapiradigan va yaxshi chizadigan bolaga aytilar ekan. Huddi til va o‘yin kabi rasm bolaning ichki dunyosini ochib beruvchi vosita ekan. Shuning uchun, bola o‘z ichki kechinmalarini, hissiyotlarini ifoda eta olishi uchun unga chizish imkoniyatini yaratib berish lozim. Rasm orqali bola o‘z xursandchiligi va xafagarchiligini, qo‘rquvlari va fantaziyalarini, atrof-muhitga munosabatini ifoda etishi mumkin. Yana psixologlar fikricha, chizmaydigan bola bo‘lmaydi, agar bola chizishni istamasa, demak unda ma’lum bir psixologik stress mavjud.

Chizish paytida bolalar his-tuyg‘ularini boshqarmaydilar, ular aqlni emas, balki ruhning "asari"ni yaratadilar. Shuning uchun ular chizgan barcha tafsilotlarga e’tibor qaratish juda muhim. Chunki, bu bolaning ruhiy holati va uning atrofidagi narsalarga bo‘lgan munosabati haqida aniq xulosalar chiqarishga imkon beradi. Keling, bolalarning chizgan rasmlarini tahlil qilish orqali ularni nimalarni his qilishini bilib olamiz:

1. Agar farzandimiz shoshqaloq, sabrsiz, haddan tashqari maqtovga o‘ch, o‘yinchoqlarni buzib o‘ynaydigan bo‘lsa, e’tibor bersak, uning eng ko‘p ishlatadigan rangi qizil rang bo‘ladi. Bu bolaning o‘zigagina xos xususiyat bo‘lib, ta’lim-tarbiya va muhit ta’sirida bola tarbiyalanib boradi. Buning tashvishlanarli jihati yo‘q. Bunday bolalar juda kuchli nerv sistemasiga ega bo‘lib, kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishadigan, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan, boshlagan ishini oxiriga etkazadigan insonlar sirasiga kiradilar.

Oilasida tez-tez janjallar bo‘lib turadigan, o‘zini yolg‘iz, himoyaga muhtoj sezadigan, bolalar qizil rangni deyarli ishlatmaydilar.

2. Pushti rangni ko‘p ishlatadigan bolalar kattalarning qo‘llab-quvvatlashlariga muhtojlik sezadilar. Tabiatlari nozik, ularda boshqalarga qaramlik bor. U doimiy qo‘llab-quvvatlovchini qidiradi, ota-onasining mehr-muhabbat ko‘rsatishini kutadi. Bunday bola bilan doimiy taktik aloqada bo‘lish kerak, ya’ni ularni ko‘p o‘pib, quchish kerak.

3. Agar farzandlarimizga etarlicha e’tibor, muhabbat bilan qaramasak, ular yaratgan narsalarida to‘q-yashil rang ustunlik qiladi.

Aslida tabiatan qat’iy va o‘jar insonlar yashil rangni xushlaydilar. YAshil rangning ochiq tusi himoyaga muhtojlikni bildiradi. Odatda onalik mehrini tuymagan bolalar bu rangni ko‘p ifodalaydilar, kelajakda esa yuksak intellektual qobiliyatlarga ega bo‘lishlariga qaramay, yangilik va qiyinchiliklardan qo‘rqib, xavfsizlikni ustun qo‘yadigan bo‘lib qoladilar. Bunday bolajonlarimizni o‘zini xavfsiz va himoyalanganlik hissini tuyib ulg‘ayishlariga e’tibor qaratishimiz kerak.

4. Chizgan rasmlarida sariq rang ko‘proq ustunlik qilgan bolajonlarimiz ijodkor, qiziquvchan, tasavvuri boy bo‘ladi. Bunday bolalar oddiy predmetlar (oddiy tayoq, tosh,..)ni ham o‘zlari hayolan turli o‘yinchoqqa o‘xshatib o‘ynayshlari mumkin. Yolg‘iz o‘ynasalar ham zerikmasliklari mumkin. Chunki ular xayolparastlik (o‘zini ertaklar olamida tasavvur qilish) va o‘ziga xoslik bilan ajralib turadilar.

5. Agarda, bolajonimiz chizgan suratlarida to‘q-sariq, zarg‘aldoq ranglar ustunligi sezilsa, darhol ularning uyqu vaqtiga diqqat qaratishimiz kerak. Ko‘proq uyqusizlik ularda yuqori asabiylik, sababsiz qiyqirishlarga sabab bo‘ladi. To‘q-sariq va zarg‘aldoq (apelsin) ranglarni haddan tashqari ko‘p ishlatishsa, ehtiyotkorlikni oshirishimiz kerak. Bundaybolalarnitinchlantirish mushkulroq, yaxshisi, ularningkuchlarini ota-onalarga yordam berish uchun uy atrofidagi ishlarni bajarishga yo‘naltirgan ma’qulroq.

6.Chizgan rasmlarida ko‘k rang ko‘proq ustunlik qiladigan bolajonlarimizning his-tuyg‘ulari xotirjam, shov-shuvli, fidoiylikka moyil bo‘lib, bunday bolajonimizni dam olishga muhtojligini inobatga olish kerak.

7. Agar bola haddan tashqari siqilgan, erkinlik va rag‘batlantirishlarga muhtoj bo‘lsa, chizgan rasmlarida ko‘k-yashil rangning ustunligi sezilib turar ekan. Bunday bolalarga qo‘yilgan talablarni ham biroz kamaytirish kerak. CHunki, bu bolalar shundoq ham tabiatan boshqalarga g‘amxo‘r va halol bo‘ladilar. Ortiqcha talablarga ular muhtoj emas.

8. Binafsha rangni ko‘p xushlaydigan bolalarning ichki dunyosi ham, tasavvuri ham boy bo‘ladi. Bolalar ko‘pincha bu rangdan o‘zlarini yolg‘iz his etishganda, o‘zlarini kuchsiz va himoyasiz his etganlarida ishlatadilar. Bu paytda bola ko‘proq mehr va daldaga muhtoj bo‘ladi.

9. Bola jigar rangni juda ko‘p ishlatganida, uning sog‘ligida, oilasida muammolar bo‘lishi mumkin. Bunday bolalarga jiddiy e’tibor qaratilmasdan, ularning muammolari davom etaversa, ko‘plab ruhiy zarbalar natijasida salbiy hissiy holatlar paydo bo‘lishi mumkin.

10. Kulrang bola shunchaki juda toliqib charchaganida, xafsalasizlik holatida ham kulrangni ko‘p ishlatishi mumkin. Lekin muntazam ravishda burangdan foydalanish bolani doim rad etilishi,tortinchoqlik, yakkalanish, o‘z qobig‘iga o‘ralib olish xususiyatlari bilan ifodalanadi.

11. Qora rangni muntazam ravishda ko‘pish ishlatishi esa bolaning stressni boshidan kechirayotganini bildiradi. O‘ziga ishonchi yukori.

12. Oq rangdan, ko‘pincha, bola yolg‘izlikni his qilganda, asabiy charchash va ruhiy bezovtalikni boshdan kechirganda foydalanadi. Ularda hayotga qiziquvchanlik yo‘q.

Agar bola qalamni kuchli bosim bilan bosib chizsa, unda hissiy zo‘riqish kuzatiladi. Bosim judayam kuchayib qog‘oz yirtilish holatiga borsa, unda bolamizda ziddiyatli holatni ustun bo‘lib turganiga ishoradir. Zaif bosim bilan chizilgan chizgilar toqatsizlik va passivlikni bildiradi.

Bolalar xali kichikligi tufayli shaxslararo munosabatlarda, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalab beraolmaslik bilan birga, vaziyatga ham to‘g‘ri baho bera olmaydilar. Bolaning chizgan rasmlaridagi narsalarning joylashuvi, ishlatgan ranglaridagi ustunlikni tahlil qilish orqali siz hech qachon bolaning o‘zidan eshitmaydigan narsalar haqida bilib olasiz. Chunki, bolalar chizgan paytda ruhiyatdagi borini tasvirlaydilar.

Koreys bog‘chalarida tartibsizlik qilgan bolalarni tarbiyachilar urushmas ekan. Tarbiyachi yoniga o‘tirg‘izib, bolaning qo‘liga qogoz-qalam berib qo‘yar ekan. So‘ngra tarbiyachi bolani oldiga kelib, nega bunday yomon bola bo‘layotganini so‘rab, bu yaxshi emasligini tushuntirishar ekan. Bu juda yaxshi usul. Bola o‘z fikrlarini, ichidagi kechayotgan his-tuyg‘ularini rasmda ifodalaydi. Boladagi barcha bilish jarayonlari ijobiy tomonga o‘zgarib, rasm chizishga qiziqa boshlaydi. Ana endi, farzandlarimizning chizgan rasmlariga qarab, oz bo‘lsada, ularning ichki kechinmalarini “o‘qib” olishimiz mumkin bo‘ladi. Albatta, bolalar rasmlarini tahlil qilib xulosa berish faqat tajribali psixologning ishi. Ammo bolalar ijodkorligini rivojlantirishda, ularni jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lib kamolga yetishishlarida fanning ilmiy asoslarini ayrim muhim jihatlarini bilish hech kimga zarar qilmaydi.

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida rasm chizishga o‘rgatish 2 yoshdan boshlanadi. Bu davr bolalarni tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog‘oz ustida yuritishga o ‘rganadi. Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni to ‘g‘ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta-sekin uni qalamni to‘g‘ri ushlashga odatlantiradi, bunda bolani bajarayotganligi emas, balki qalamning harakati, uning uchi bilan qog‘oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to ‘g‘ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog‘oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta-sekin murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog‘oz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko‘rib, xursand bo‘ladi. Shuning uchun bu davr «Ala-buji» davr deyiladi. Bu davr bolada tasviriy faoliyatini vujudga keltirishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu guruhda maktabgacha ta’lim-tarbiya dasturi guruhli mashg‘ulotlarni talab qilmasa-da, agar bolalar xohlashsa, ularni stol atrofiga o‘tirg‘izib, rasm chizdirishga imkon yaratish mumkin.

I. Ilk yoshdagi bolalar guruhlarida bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin bolalar qilayotgan harakatining tasviriy ma’nosiga 1 kichik guruhdan boshlab tushuncha boshlanadi.

1. Kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).

2. Bu davrga kelib, nutqi o‘sadi, tasavvur doirasi kengayadi,materiallar bilan mustaqil harakat qilishi faollashadi.

 Bu guruhda tarbiyachi bolalarni qilayotgan harakatlarini kuzatishga o'rgatadi.Chizayotgan turli chiziqlar bilan predmetlarning turlarini bilishga, ularni ayrim narsalarga o‘xshatishga o‘rgatadi. Bolalarga savollar bilan murojaat qiladi, sen nimani chizding, deb bolaning chizgan ishini qaysi predmetga o‘xshashligini aniqlaydigan ko‘plab savollar beradi. Bolaning harakati ixtiyorsiz  bo‘ladi. Hamma bolalar bir vaqtda o‘z harakati natijasida hosil bo‘lgan ishida predmet o‘rtasidagi o‘xshashlikni aniqlay olmaydi, bu xususiyatning o‘sishi o‘z-o‘zidan nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ular tarbiyachi ko‘rsatgan ishlarida oddiy predmet va hodisalarni tasvir etadi. Masalan, yomg‘ir yog‘yapti, qor yog‘yapti, barglar uchyapti, daryoda suv oqmoqda kabi.

3-yilda asta-sekin bolalarda ranglarga qiziqish ortadi. Ular turli ranglardan foydalanib, uni predmetga o ‘xshatadi. Masalan, uncha katta bo‘lmagan qog‘oz betiga qizil bo‘yoqda bo’lib, «men gul soldim» deydi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarga predmetning qaysidir bir qismini chizib, tugatishlarni taklif qiladi. Masalan, sharga ip, bayroqchaga tayoqchani va qizil,
yashil, ko‘k, sariq ranglarni bilishga va foydalanishga o‘rgatiladi. «Quyosh», «Ko‘m-ko‘k o‘tlar», «Gullar» kabi. Bolalar dastlab qalam bilan chizishadi,3-4mashg‘ulotdan keyin bo‘yoqdan foydalanib bo‘yaydi, undan foydalanishni o'rgatiladi. Bolalarga quyidagi mavzularda bo‘yoqlar bilan rasm chizdirish mumkin. Masalan, «Daraxtlardan barglar to‘kilyapti, «Uyda chiroqlar yoqildi». Yilning 2-yarmiga tarbiyachi bolalami predmetning oddiy tasviriga o‘rgatadi. Tarbiyachi shar chizadi, koptok chizadi, bolalar esa yo’l chizadi. Yilning 2-yarmiga borib, bolalar bilan mashg‘ulot uyushtirilib, ular mo‘yqalam qo‘yib-olish, qo‘g‘irchoqning ko‘ylagini
yoki dastro'molcha va qo‘lqopni dog‘lar bilan bezashga o‘rgatiladi.
Bu yoshdagi bolalarni tasvirlashga o‘rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi.

Sifatli o ‘rgatish uchun usullardan biri, passiv harakatlar usuli, ya’ni bola o‘zi mustaqil harakat qiladi. Tarbiyachi bola qo’liga qalam berib, chizish harakatlarini bajartiradi yoki o‘yin o‘tkazadi. Bolalar qo‘1 harakatining koordinatsiyasini rivojlantirib borib, tarbiyachi qog‘oz betida bir xildagi ritmik harakatlarni bajaradi, o‘ngga-chapga keyin asta-sekin murakkab harakatlarni bajarishga o‘rgatadi. Masalan, ip o‘rami yoki tutun chiqyapti va boshqalar.


Tarbiyachining badiiy so‘zdan foydalanishi, bolalarga tasvirlanayotgan narsaning obrazli tasavvur etishga yordam beradi.Masalan, quyosh to ‘g‘risida shunday she’r va ashulalardan foydalanish usuli muhim usullardan hisoblanadi. 1-kichik guruhda tarbiyachi bolalar bilan hamjihatlikdan keng qo’llanadi. Tarbiyachi katta qog‘oz betida archani chizadi, bolalar esa chiroqlar yoqadi (mo‘yqalamni qog‘ozga tikka qo‘yish usuli bilan). Bunday mashg‘ulotlami tarbiyachi 5—6 ta bolalar guruhi bilan uyushtirishi mumkin. 2,5 yoshdagi bolalar bilan tip mashg'ulotlar uyushtirish mumkin. Masalan, bolalarga rasmlar berib, unda nimalar tasvirlanganligini aytib berish kabi o‘yinlar o ‘tkazish mumkin. Masalan, quyosh, bayroqcha, gullar tasvirlangan bo’lishi mumkin. Bolalar ularni aytib beradi, qiynalgan bolaga tarbiyachi yordam beradi. Tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilib ular ishlarining xilma-xilligi va predmet bilan tasvir o‘rtasidagi o'xshashlikni ko‘rsatib beradi.

Birinchi kichik guruhda o‘rgatishning mazmuni va vazifalari.

Ikki yoshli bola qalam, mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlamasligi mumkin,lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobiliyatlari yo‘q, qo‘1 harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta’sir qilish bilan bogiiqdir.

Birinchi kichik guruhda o‘rgatishning vazifalari quyidagilar:

- Rasm chizish jarayoniga natija beruvchi jamoat ishi deb qiziqishni uyg‘otish.


Rasm chizish materiallari — «qalam, bo‘yoqlar» va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish.

- Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tuihunishni o‘rgatish.

-To‘g‘ri va egri chiziqlarni hamda tomonlari berk shakllami
chizish prinsiplarini o‘rgatish.

Bu guruhning dasturi keyingi guruhlaming dasturidan bosqichma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg‘uloti qog‘oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o‘yinchoqlardan bolalarga ma’lum bo‘lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog‘oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo‘ldi. Qalamning ochilgan uchi qog‘ozda iz qoldiradi. Ikkinchi uchi esa iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog‘ozda uning izlari ko‘rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog‘oz yirtilib ketishi mumkin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko‘rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni uyg‘otadi. Bulardan tashqari, oddiy texnik ko‘nikmalarni qalam, mo‘yqalamni tog‘ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish, bo‘yoqni mo‘yqalamning uchiga olishni bilish kabilami o‘rgatishni dastur o‘z ichiga olgan.




Download 72,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish