Reja: Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtirish. Stol teatrini sahnalashtirish. Ertak qahramonlarini, karton teatrini sahnalashtirish jihozlari. Barmoq teatrlarini sahnalashtirish. Tayanch tushunchalar


-jadval. Karton teatrining ko‟rinishlari



Download 474,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana02.07.2022
Hajmi474,45 Kb.
#730779
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Reja Maktabgacha ta lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtir

7-jadval. Karton teatrining ko‟rinishlari 
To‟rtta dekorassiyali karton 
teatri
 
Kartondan yasalgan ertak 
qahramonlari 
“Uy” shaklidagi 
karton teatri 
Ushbu teatr mahsulotlari ham tayyor holda sotiladi. Ammo sahnaning 
kattaligi va figuralari bir guruh bolalarga ko‟rsatish uchun kichik. Shuning uchun 


tomosha rekvizitlarini bolalarning o‟zlari tayyorlagani ma‟qul. Bunday sahna va 
figuralar hajm jihatidan ancha katta bo‟ladi. 
Karton teatrlarini sahnalashtirishda kartondan yasalgan yassi va hajmsiz 
qo‟g‟irchoqlar ishtirok etadi. Bir tomonli shakllar ip, sim va shu kabilar yordamida 
faqat bir tomonga harakat qiladi. Kartonning ikkinchi tomoniga ikkinchi rasm 
yopishtiriladi, shu bilan figura tayyor hisoblanadi. Shundan so‟ng yarimta g‟altak 
va cho‟p orqali balandligi 9-10 sm bo‟lgan taglik tayyorlanadi. Cho‟pning uchiga 
figura o‟rnatiladi, g‟altak yiqilib tushmasligi uchun uning tagiga doira qilib 
qirqilgan karton yopishtiriladi. 
Karton teatrlarini sahnalashtirishda yuqoridan turib ip, sim bilan 
boshqariladigan shakllardan ham foydalanish mumkin. Bunday qo‟g‟irchoqlar 
yengil harakat qiladi, burila oladi.
Jonivorlar shakllarini bolalar badiiy kitoblardan kalkaga ko‟chirishlari 
mumkin. Kalkadagi rasmdan nusxa olinib, ikkita oq qog‟ozga tushiriladi. 
Tushirilgan rasmlar rangli qalam bilan bo‟yaladi, bittasi kartonga yopishtiriladi va 
karton shu rasm konturi bo‟ylab qirqiladi. 
Sahna uch bo‟lak karton yoki fanerdan yasaladi. Uning asosiy qismlari: 
orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir.
Devorlarga ikki tomondan karton polosalar yopishtiriladi, bu polosalarga 
dekoratsiyalar osiladi. Dekoratsiyalarni ularning o‟zlaridan katta va qalin kartonga 
yopishtirish kerak. Chunki dekoratsiyalar yopishtirilganda ular qirqilib ketishi 
mumkin.
Pardaning rasmi ham o‟zidan kattaroq kartonga yopishtiriladi, bu uni 
ko‟tarish va tushirishga qulaydir.
Sahna (shirma)ning tagligi ko‟rinmasligi zarur. Buning uchun uni bo‟yash 
yoki unga rangli qog‟oz yopishtirish talab qilinadi.
Ayrim spektakllar uchun harakatlanuvchi dekoratsiyalar kerak bo‟ladi. 
Bunday dekoratsiyalar figuralarning tez harakat qilayotganligini bildirish uchun 
qo‟llaniladi.
Shirmadan 20-22 sm oraliq dekoratsiya o‟rnatiladi. Agarda tomoshada 
o‟rmon, dala, daryo, tog‟larni tasvirlash lozim bo‟lsa, ularga mos keladigan suratni 
topib‚ unga oq ramka qilish, rasmni kartonga yopishtirish kerak. Dekoratsiyani 
yarim doira shaklida egish ham mumkin.
Sahna (shirma) stol ustiga qo‟yiladi, uning orqasida esa figuralarni 
yurgazadigan va ular uchun gapiradigan bolalar turadi. 
Agarda pesa davomida dekoratsiya o‟zgarib turishi kerak bo‟lsa, ularni kitob 
shaklida birlashtirilgan kartonga yopishtirilishi lozim. Uning har bir sahifasidan 
bitta dekoratsiya joy oladi.
 
Harakatlanuvchi dekoratsiya 3-4 metrli qog‟oz lentadan ishlanib, orqa 
devorga qilingan teshikdan o‟tkaziladi va kerak vaqtda tortib‚ harakatga keltiriladi. 
Aytaylik, figura chap tomonga harakat qildirilmoqchi bo‟lsa, dekoratsiya o‟ng 
tomonga tortilib tez harakat qilayotgandek tasavvur hosil qilinadi.
Sahnani o‟zgacha shaklda qurish ham mumkin, bunday holda uning old qismi 
trilyajga o‟xshaydi. Unda peshtoq – sahna oynasi qirqiladi. Bunday holda oyna 
orqasida undan 2-3 sm oraliqda ingichka dumaloq cho‟p o‟rnatiladi. Cho‟pni 


o‟rnatishdan oldin unga 10 tacha sim aylanalar kirgizilib, ularga suriladigan parda 
o‟rnatiladi. Parda burma bo‟lishi uchun tanlangan mato kengroq bo‟lishi kerak.
Bunday qurilgan sahna dekoratsiyalar ko‟p qavatli parda ko‟rinishiga ega 
bo‟ladi yoki karton doiraga joylashadi. Bu doira ingichka mixda aylanib, 
dekoratsiyani tezda almashtirish, ba‟zi hollarda harakatlanuvchi dekoratsiyani 
ko‟rsatish imkonini beradi. 
Sahnani yoritish katta ahamiyatga ega. Ularni shunday joylashtirish kerakki, 
ular sahnani yoritsin, ammo uning nuri tomoshabin-bolalarga tushmasin.
Musiqa barcha sahnalashtirilgan postanovkalarining asosiy elementlaridan 
biri hisoblanadi. Ma‟lumki, spektakl musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali 
tanaffus vaqtida dekoratsiya almashadi. Tovush va yorug‟lik effekti bilan birikkan 
musiqa soya teatri tomoshadarida ham, stol teatrlarini sahnalashtirishda ham 
mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi. Bu ko‟rinishlarda ovozga 
taqlid qilish‚ xo‟rozning qichqirishi, mushukning miyovlashi, ayiqning o‟kirishi 
hamda shovqin effektlari-yog‟ayotgan yomg‟ir ovozi, parovozning pishillashi
va shu kabilardan 
foydalaniladi. 

Download 474,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish