Reja: Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtirish. Stol teatrini sahnalashtirish. Ertak qahramonlarini, karton teatrini sahnalashtirish jihozlari. Barmoq teatrlarini sahnalashtirish. Tayanch tushunchalar



Download 474,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana02.07.2022
Hajmi474,45 Kb.
#730779
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Reja Maktabgacha ta lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtir

Kichik guruhlarda 
- bolalarning teatr haqidagi dastlabki tasavvurlarini rivojlantirish; 
- bolalar ertak qahramonlarining nomlarini bilishlariga erishish; 
- bolalarga teatr madaniyati haqida ma‟lumot berish; 
- bolalar tomonidan tarbiyachining boshchiligi va hamkorligida teatr 
qahramonlarining so‟zlarining yod olinishiga erishish; 
- teatr tomoshalari uchun tayyorlangan andozalarni bo‟yash, tartibli ravishda 
joylashtirish. 
O’rta guruhlarda 
- bolalarning qo‟g‟irchoq teatri haqidagi tasavvurlarini shakllantirish; 
 
10 - MAVZU 
 
O„QUV FANIGA KIRISH


- sahnada hayvonlar va ertak qahramonlarini ko‟rsatib, ularni harakatga 
keltirish; 
- bolalarga o‟zlarini aktyor sifatida erkin tutishlariga imkon yaratish; 
- bolalarni teatr madaniyatiga o‟rgatish; 
- bolalarning tarbiyachi yordamida dekoratsiyalar tayyorlashda mustaqil 
bo‟lishlariga erishish. 
Katta guruhlarda 
- bolalarda aktyorlarning so‟zlashuvi, qo‟shiqlar kuylashi haqidagi 
tushunchalarni hosil qilish; 
- bolalarga teatr tomoshasidan ixtiyoriy rol tanlash imkonini berish; 
- bolalar qo‟g‟irchoqlarni mustaqil yasashi, kiyim tanlashi uchun sharoit 
yaratish. 
Tayyorlov guruhlarida 
- bolalarning teatr haqidagi dastlabki bilimlarini mustahkamlash; 
- bolalarga qo‟g‟irchoq teatri badiiy san‟atning turlaridan biri ekanini 
tushuntirish; 
- bolalarda teatr san‟atiga qiziqishni uyg‟otish. 
Bu o‟rinda sevimli ertaklar asosida sahnalashtiriladigan ayrim turdagi teatr 
tomoshalari uchun qahramonlar va personajlarni tayyorlash jarayoni to‟g‟risida 
so‟z yuritiladi. 
1. Ertaklarni sahnalashtirish uchun pahmoq qo’g’irchoqlarni yasash. 
So‟nggi yillarda maktabgacha yoshdagi bolalar o‟rtasida tobora ommalashayotgan 
qo‟g‟irchoq teatri turlari orasida kovralinga yopishtiriladigan qo‟g‟irchoqlar teatri 
sanaladi. 
Pahmoq 
qo‟g‟irchoqlar 
yordamida 
ertaklarni 
sahnalashtirish 
uchun 
personajlar quyidagicha tayyorlanadi:
1-bosqich: personajlar karton qog‟ozdan qirqib olinadi; 
2-bosqich: karton qog‟ozlar rangli bo‟yoq yoki guash yordamida bo‟yaladi; 
3-bosqich: tayyor bo‟lgan personajlar ertak matni bilan birga papkaga solib 
qo‟yiladi. 
Bu turdagi teatr tomoshasi uchun pahmoq qo‟g‟irchoqlar tayyorlanadi. 
Teatrning o‟ziga xosligi shundaki, bolalar ertak qahramonlarini bevosita ko‟ra 
olmaydi. Buning sababli personajlar pahmoq ekran (kovralin)ga yopishtiriladi. 
Balandligi 40 sm, uzunligi 60 sm bo‟lgan qalin karton yoki faner ustiga 
pahmoq gazlama (kovralin) yopishtirilib, ekran “hosil qilinadi”. Personajlar 
ana shu ekranga yopishtiriladi.
Ertak mavzusiga mos keladigan detallar turli xomashyolardan qirqib olinadi 
va yelimlanadi. Bunda, dastlab, bolalarga jihozlash uslubi tarbiyachi tomonidan 
bajarib ko‟rsatiladi.
Qo‟g‟irchoqlarning bosh qismi uchun turli “qutichalar” – qaymoq, yogurt 
yoki sutdan bo‟shagan kubik, silindr shaklidagi idishlardan tayyorlanadi. Eng 
muhimi, bu idish ichiga bolalarning qo‟li sig‟ishi kerak.
Sahna uchun qo‟g‟irchoqlar ikki usulda yasaladi: 
1) qahramonning to‟liq holdagi figurasi; 
2) qahramonning faqatgina bosh qismi obrazi. 


Tayyor figuralarga matodan yubkalar tikiladi. Bolalarning qo‟l barmoqlari 
ushbu figuralarni ifodalovchi qutichalar ichiga berkitiladi. 
Bunday qo‟g‟irchoqlarni “gapirtirish uchun” og‟iz sifatida qutichada tuynuk 
hosil qilinadi. Qutichaning o‟rtasidagi bu tuynukdan ko‟rsatgich barmoq bir oz 
chiqarib qimirlatilsa, qo‟g‟irchoq go‟yo gapirayotganday tuyuladi. 

Download 474,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish