INSTINKTLAR
Instinktlar hayvonlar hatti-harakatlarining murakkab, tug`ma shaklidir. Masalan: qushlarning in yasashda cho`p, loy tanlashi, o`rgimchaklarning to`qish san`ati. Asalari o`z kataklarida go`yo puxta hisob qilib turganday, anik reja bilan quradi. Bundan tashqari asalarilarda bir-biriga xabar berish qobiliyati mavjud. Instinktlar bir qator moslashuv harakatlari tizmasidan iborat. Bir harakatning tugallanishi boshqa harakatni vujudga keltiradi. Instinktiv harakatlar yuzaki kuzatganda o`zining "maqsadga muvofiqliligi" bilan kishini hayratda qoldiradi. Biroq bu "maqsadga muvofiq" hatti-harakatlarda maqsadni anglashni uchratmaymiz. Instinktlar ma`lum tashqi qo`zg`atuvchi(lar)ning ta`sir ko`rsatishiga javob tariqasida yuzaga keladi. Instinktiv hatti-harakat deyarli o`zgarmaydi, lekin bu harakatning bironta muhim qismi o`zgarib qolsa, u har gal maqsadga muvofiqligini yo`qotadi. Masalan, agar asalarilarning asal saklash uchun yasalgan uyalarini orqa tomonidan qirqib qo`yilsa (ya`ni tagi teshib qo`yilsa), bunday holda asalari ma`lum miqdordagi asalni tagi teshik uyaga solib, garchi asal uyaning tagidan allaqachon oqib ketgan bo`lsa ham, uyaning og`zini ustki tomondan mum bilan berkitib quya beradi. Harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdirlar. Shuni qayd qilib qilib o`tish kerakki, garchi ma`lum instinktlar bir turdagi barcha organizlarga xos bo`lsa ham, lekin ularni amalga oshirish alohida organizmlarda biroz boshqacharoq bo`ladi. Instinktiv hatti-harakatlarning ana shunday nisbatan har xil tarzda amalga oshirilishi yashash sharoiti keskin o`zgargan holda organizmlar turining saqlanib qolishiga imkon beradi.
KO`NIKMALAR
YUksak taraqqiy etgan hayvonlar hayotida, xususan sut emizuvchilarda hatti-harakatning yanada aynanroq aks ettirishga yordam beruvchi yangi, ildamroq shakllari ko`proq rol o`ynaydi. Bular - ko`nikmalar (harakatning individual tarzda orttirilgan shakllari). Ko`nikma deganda hayvonlarda shartli bog`lanishlar asosida yuz beruvchi va avtomatik ravishda sodir bo`luvchi harakatlar tushuniladi. Instinktlar singari ko`nikmalar ham taraqqiyotning turli bosqichlarida uchraydi. Lekin yaqqol ifodalangan ko`nikmalarni faqat bosh miyaning po`stiga ega bo`lgan hayvonlardagina ko`rish mumkin.
Hayvonlar ko`nikmalarining tarkibiga kiruvchi harakat elementlari hayvon mansub bo`lgan turning tajribasini qayta tiklovchi tug`ma harakatlardan ham takrorlash jarayonida mustahkamlangan tasodifiy harakat namunalaridan iborat bo`lmog`i mumkin.
FAOLIATNING O’ZGARISHI MALAKALARNI EGALLASH
REJA:
Do'stlaringiz bilan baham: |