Bozor iqtisodiyotiga о’tish tufayli о’tkazilgan iqtisodiy islohotlar va hozirgi bosqichda ularni yanada chuqurlashtirish shaxsni har tomonlama kamolotga yetkazishga, turmush farovonligini kо’tarishga qaratilgan.
Inson muayyan maqsad sari intilar ekan, uning faoliyati zaminida о’z oilasining moddiy sharoiti va manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega bо’ladi. Inson hayotida iqtisodiy faoliyat, uning natijasida yaratilgan ne‘matlar asosiy о’rin tutadi. Ana shu ne‘matlarni qay tarzda qanday xarajatlar bilan yaratilishida iqtisodiy bilimlar muhim о’rin tutadi.
Iqtisodiy tafakkurning kuchi - uni amaliyot hayot bilan bog’liqligida. Abstraktlik bilan aniqlik, nazariya bilan amaliyot birligi, iqtisodiy reallikni bilish va uni anglab yetish tafakkurning zaruriy, asosiy shartidir.
Hozirgi taraqqiyot darajasida iqtisodiy fanlarsiz, ularni chuqur о’rganmay, uzoqqa borib bо’lmaydi. Bozor iqtisodiyotida xо’jalik yuritish uchun har tomonlama puxta о’ylash, lekin doimo amaliyot bilan bog’lanishi zarur.
Insonlarda yangicha iqtisodiy tafakkurni yuqori darajada bо’lishi uchun iqtisodiy fanlar rivojlanishi hamda iqtisodiy fikr yurita bilish zarur.
Iqtisodiy tarbiya ta‘lim jarayonini ajralmas tarkibiy qismi sifatida uni tо’ldirishi va amaliy kо’nikmalar bilan boyitishi lozim.
Bozor iqtisodiyotining ichki о’ziga xos ilg’or xususiyati bu barchaga, har bir kishiga teng iqtisodiy erkinliklarni berish, ularni mustaqil faoliyat kо’rsatishi, farovon hayot kechirish, о’zi va davlat manfaatlarini rо’yobga chiqarish uchun qulay imkoniyatlar, har qanday faoliyatning huquqiy, adolatli negizini yaratishdir. Buning uchun: a) mamlakatimizning har bir fuqarosida ana shunday imkoniyatlardan foydalana oladigan iqtisodiy fikrlash qobiliyatini tarbiyalash lozim; b) iqtisodiy bilimlar iqtisodiyotimizni rivojlantirishning kuchli omiliga aylanayotganini hisobga olib, iqtisodiy fanlarni chuqur о’rganishni yо’lga qо’yish lozim.
Iqtisodiy tafakkurni izchil rivojlanishi nazariya va amaliyotning uzviy bog’liqligidan kelib chiqadi. Aynan iqtisodiy nazariya va iqtisodiy siyosatning uzviy bog’liqligiga erishish iqtisodiy madaniyat yuksalishiga ijobiy ta‘sir qiladi.
XONLIK DAVRI MADANIYATI
Reja:
XV asr boshlariga kelib Dashti qipchoqdagi qabilalar. Mustaqil davlat tuzish harakatlarining boshlanishi.
Shayboniylar davri madaniyati va me’morchilik.
Hattotlik san’atining rivojlanishi. Kitob bezash hamda miniatyura ishlash borasidagi yutuqlar.
Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning o’g’li Budoq sultonning o’g’li edi. Otasidan yetim qolgach, Muhammad SHayboniyxon ukasi Maxmud Sulton bilan birga Abulxayrxon tarbiyasida bo’ladi. Keyinchalik temuriy amirlardan biri, Turkiston hokimi Muhammad Mazid tarxon homiyligida bir qancha vaqt Turkistonda yashadi. Turkiston urushlar girdobida qolgan bir vaqtda SHayboniyxon ukasi bilan Sulton Axmad Mirzo panoxida Buxoroda yashadi va ilm oldi. XV asr 90-yillarida Muhammad SHayboniyxon Dashti Qipchoqqa bordi va siyosiy kurashlarga qo’shilib ketdi. U bir necha yil davomida kurash olib bordi va Toshkentdagi hukmdorlar yordamida Dashti Qipchoqda mustahkam o’rnashib oldi. Keyinchalik, Sayram va YAssini qo’lga kiritilgach, butun Turkistonda hokimiyatni qo’lga kiritdi. 1498 yilda Sulton Axmad Mirzo vafotidan so’ng Samarqandga yurish qildi, uni qo’lga kirita olmagach, Qarshiga yurish qildi va SHahrisabz bilan birga talon-taroj etdi
Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro qirg’inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg’inga yo’l qo’ymaslikka qodir shaxsni ko’rdilar.
Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko’pdan buyon o’troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelardilar. Bu orzuning ushalishi o’zgalarning unumdor yerlarini bosib olish tufayligina ro’yobga chiqishi mumkin edi.
Qabilalar rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o’z orzularini ro’yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo’shinga ega bo’lgan Muhammad Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaydilar.
Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o’lkalarning bosib olinishi o’troq hayotga o’tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-taxt uchun o’zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Shu tufayli Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va hatto aholining ma’lum qismi ham Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarourmahrda tinchlik o’rnatishga qodir yagona shaxsni ko’rganlar. Shu tufayli Muhammad Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganlar.
Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar davlati hududlarida ham o’z hokimiyatini o’rnatishi uchun barcha zarur shart-sharoit yetilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |