1824- yil dekabrida Peruni mustaqillikdan mahrum qilmoqchi bo`lgan ispan qo`shinlarini Bolivar qo`shini tor-mor etdi. Peru Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo`ldi. Kelgusi yil yangi respublika-Boliviya barpo etildi, bu mamlakat mustamlakachilikka qarshi kurashda o`ziga yordam bergan Bolivar nomi bilan shunday atala boshlandi. - 1824- yil dekabrida Peruni mustaqillikdan mahrum qilmoqchi bo`lgan ispan qo`shinlarini Bolivar qo`shini tor-mor etdi. Peru Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo`ldi. Kelgusi yil yangi respublika-Boliviya barpo etildi, bu mamlakat mustamlakachilikka qarshi kurashda o`ziga yordam bergan Bolivar nomi bilan shunday atala boshlandi.
- 1826- yilda Argentina, 1830- yilda Urugvay, 1869- yilda Kuba mustaqil Respublika deb e'lon qilindi.
- Lotin Amerikasidagi mustaqillik uchun urushlar yakunida Ispaniya zulmi ag`darib tashlandi va bir qancha yangi mustaqil milliy davlatlar barpo etildi. Braziliyadan tashqari ularning hammasida respublika tuzumi o`rnatildi. Lotin Amerikasidagi mustaqillik uchun urushlar mustamlakachilikka qarshi milliy ozodlik urushi hamda burjua inqiloblari ham edi.
- Bu inqiloblarda yerli aholi - Ispaniya bilan Portugaliyaning mustamlakachilik zulmidan ozod bo`ldi.
- Konfederatsiya - o`z mustaqilligini to`la saqlagan holda bir necha davlatlarning, asosan, mudofaa va tashqi siyosat masalalarini muvofiqlashtirish maqsadida tuziladigan ittifoqi.
- Kreollar - Lotin Amerikasiga dastlab ko`chib kelgan ispan va portugallarning avlodlari.
- AFRIKADA MUSTAMLAKACHILIKKA QARSHI OZODLIK KURASHI
- SHIMOLIY AFRIKADA Mustamlakachilikning o'rnatilishl
- Afrika qit'asi kattalik jihatidan Yevroosiyodan so'ng ikkinchi o'rinni egallaydi. Uning umumiy maydoni, yondosh orollarni ham qo'shib hisoblaganda, 30 mln. kv. km. ni tashkil qiladi.
- Butun yil davomida kuydiruvchi oftob, yog'ingarchilik miqdorining ozligi, yirik suv havzalarining mavjud emasligi qit'ada inson yashashi va taraqqiyotning yuksalishini qiyin qilib qo'ygan. Afrika hududining 80% ini cho'llar (dunyoda eng yirik hisoblangan Sahroi Kabir) va o'simliklar siyrak o'suvchi savanna egallagan. Liviya sahrosi va Kalaxari sahrosi bu o'lik va unumsiz hududlarni to'ldiradi.
- Shu bilan birga qit'aning sohilga yaqin yerlarida savannaga borib ulanuvchi siyrak tropik o'rmonlar mavjud, shimol va janubdagi ayrim ko'kalamzor hududlarda esa daraxtning qimmatbaho turlari o'sadi. Bu hududlarga boshqa qit'alardan aholi kelib joylashib, yirik davlat tuzilmalarini tashkil qilgan. Afrika shimoliga VII asrdayoq arab xalqlari kelib o'rnasha boshlaganlar, ular Pireney yarim oroligacha o'tib borganlar va butun Shimoliy Afrikani bo'ysundirgan Kardov xalifaligini tashkil qilganlar. Keyinchalik bu yerda mustaqil davlatlar — Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr va Sudan tashkil topdi.
- Aholining asosiy qismi (90%i)ni arablar tashkil qilib, islom hukmron dinga aylandi. Bu yerda musulmoncha turmush tarzi qaror topdi. Shimoliy Afrikada islom markazlaridan biri joylashgan. Musulmon davlatlari Afrika hududining . 20%ini egallagan. Aholining 25%i musulmonlardir. Kalaxari sahrosidan janubga, Afrikaning eng janubiy «qismiga XVII asrda Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi kelib o'rnashdi. U bu yerda Kap koloniyasini ! tashkil qildi. Unga burlar — Gollandiyadan chiqqan \ afrikans tilida so'zlashuvchilar (afrikanerlar) joylashdilar.
- Afrikans golland, nemis va ingliz tillarining chatishmasi I bo'lib, unga mahalliy tillarning ayrim unsurlari ham qo'shilgan. Mahalliy aholi — bushmenlar, gottentotlar va bantular Kalaxari cho'liga siqib chiqarildi.
- Ular suvsiz va hosildor yerlarsiz qolib, tanazzulga yuz tutdilar, sekin-astalik bilan halok bo'lishga mahkum qilindilar. XIX asr oxirlarida, Angliya Janubiy Afrikadagi boy oltin, olmos konlari va boshqa ko'plab ma'danlarning mavjudligidan xabar topganidan so'ng, ingliz hukmron doiralari bu yerga qo'shin yuborib, bularning yerlarini bosib oldi. 1910-yilda burlarning sobiq yerlari va yangi bosib olingan hududlarda Janubiy Afrika Ittifoqi deb nomlangan Angliya dominioni (Angliya hukumatiga bo'ysungan o'z-o'zini boshqaruvchi koloniya) tashkil qilindi.
- U Angliya imperiyasining eng boy bo'lagi hisoblanib, yiliga 700 tonnagacha oltin qazib chiqarar, bu borada dunyoda birinchi o'rinda turardi. Hozirga qadar ham u olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o'rinni egallab keladi (yiliga 7,3 mln. karat). Bu yerda 6 mln. tonnagacha marganets, temir rudasi, mis va fosfatlar qazib olinadi. Yevropalik bir yarim million ko'chmanchi mahalliy aholini oddiy insoniy huquqlaridan ayirib, konlarda ayovsiz ekspluatatsiya qildi. Irqiy ayirmachilik va segregatsiya (oq va qora irq vakillarining alohida hayot kechirishi)ga qarshi, oddiy insoniy huquqlar, moddiy ahvolning yaxshilanishi uchun kurash bosh muammoga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |