Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi
Mustaqillik uchun kurashning boshlanishi. Lotin Amerikasida Ispaniyadan mustaqil bo` lish yo`lidagi ozodlik harakati borgan sari kuchayib bordi. Ispaniyadan yuborilgan amaldorlar, generallar va boshqa zobitlar mustamlakalarda katta boylik jamg`ardilar. Ular kreollarga mensimay qaraganlar. Kreollar orasida pomeshchiklar, savdogarlar, monaxlar va ruhoniylar tabaqalari mavjud edi. Ispaniya amaldorlari kreollarni mustamlakalardagi oliy ma'muriy lavozimlarga yo`latmas, ular bilan takabburona muomala qilar edilar. Kreollar Ispaniya xazinasiga to`lanadigan og`ir soliqlardan, mustamlakachi amaldorlarning beboshligidan va Ispaniya ma'murlarining mustamlakalarning boshqa davlatlar bilan savdosini taqiqlab qo`yganligidan aziyat chekkanlar.
www.arxiv.uz
Mustamlakachilik zulmi qishloq xo`jaligi va savdo-sotiqni yanada rivojlantirish uchun asosiy to`siq bo`lib qoldi. Shu sababli, mustamlakalarda mustaqil davlatlar tuzishga intilish kuchaydi, Ispaniyaning mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik harakati vujudga keldi. Kreollardan chiqqan ma'lumotli pomeshchiklar, va ayniqsa, zobitlar orasida ozodlik g`oyalari keng tarqaldi. Mustamlakalarda burjuaziya hali zaif edi. Shu sababli kreol dvoryanlardan chiqqan inqilobchilar ozodlik harakatiga boshchilik qildilar. Ozodlik harakatining arboblari xalq ommasining - hindular, metislar va mulatlardan chiqqan dehqonlar bilan hunarmandlarning, hatto Ispaniya hukmronligidan xalos bo`lish o`z qismatining yengillashuviga olib kelishiga umid bog`lagan negr qullarning ham madadiga tayandi.

Meksikada mustaqillik urushi. 1810- yilda mustamlakalarda ommaviy qo`zg`olon boshlandi. Amerika xalqlari o`zining ozodlik kurashida ko`pgina ajoyib vatanparvarlarni yetishtirib berdi. Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramonlari, eng kambag`al dehqonlar qo`zg`olonlarining yo`lboshchilari Migel Idalgo va Xose Morelosning nomlarini hozir ham hurmat bilan eslaydi.
Qishloq ruhoniysi Idalgoni mahalliy aholi, ayniqsa, hindular sevar edi. U hindularning tillarini bilardi. 1810-yilda Idalgo dehqonlarning eng kambag`al tabaqalariga mansub bo`lgan hindular bilan mulatlarni mustaqillik uchun kurashga va o`zlaridan tortib olingan yerlarni qaytarib olishga chaqirdi. Qo`zg`olon ko`targan hindular va mulatlardan butun bir qo`shin tuzildi. Idalgo quldorlarga o`zlarining hamma qullarini o`n kunlik muddatda ozod qilib yuborishni buyurdi va hindu jamoalari mustamlakachi ma'murlarga to`lab kelgan o`lponni bekor qildi. Biroq Ispaniya qo`shini qo`zg`olonchilarni qirib tashladi. Asir olingan Idalgo 1811- yilda otib o`ldirildi. Uning kallasi temir qafasga solinib, hammaga ko`rinadigan joyga osib qo`yildi.
Idalgoning eng yaqin safdoshi Morelos uning ishini davom ettirdi. Biroq Ispaniyaning muntazam qo`shini bu safar ham qo`zg`olonchilarni tor-mor etdi, Morelos esa otib tashlandi. Keyinchalik ozodlik harakatiga rahbarlikni badavlat pomeshchiklar qo`lga oldilar. Meksikadagi mustaqillik uchun kurash davom etdi. Nihoyat, 1821yilda Meksika mustaqillikka erishdi. Inqilob qullikni bekor qildi.
Venesuela mustaqilligi. Venesuelada mustaqillik urushiga Simon Bolivar rahbarlik qildi. U Janubiy Amerika xalqlarining eng mashhur qahramoni bo`lib qoldi. Bolivar venesuelalik badavlat kreol - pomeshchik va savdogar oilasida tug`ildi. Juda yaxshi ma'lumot olgan Bolivar Yevropabo`ylab safarqildi. «Ispaniya mening mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarni parchalab tashlamagunimcha xotirjam bo`lmayman» - derdi u. Bolivar Venesuela ozodlik qo`shini tuzdi. U ispan qo`shinlariga qarshi olib borgan muvaffaqiyatli janglari uchun general unvoni va «Xaloskor» degan faxriy nom oldi. Bolivar faqat zamindor kreollargagina tayanib qolmay, qora tanlilar bilan hindularni ham kurashga otlantirdi.