www.arxiv.uz
Reja:
Kunjutni axamiyati va biologiyasi.
Maxsarning axamiyati va biologiyasi
Ekinlarning yetishtirish texnologiyasi
1.Axamiyati. Kunjut eng qimmatli moyli ekinlardandir, uning urugida 48-63% moy, 16-19% oqsil va 16-17% azotsiz moddalar mavjud. Uning yogi yarim kuriydigan, yod soni 103-112 ga teng, sovo`tish usuli bilan olingan kunjut moyi istyemol uchun eng yaxshi moy xisoblanadi, konserva konditer maxsuloti margarin tayyorlashda va tabobatda ishlatiladi. kobigidan tozalangan va urugi maydalangan kunjutdan yuqori navli xolva tayyorlanadi (Taxin xolvasi).
Kunjut kunjarasida 40% oqsil, 8% moy bo`ladi, u kandolat sanoatida keng qo`llanadi va mollarga oziq sifatida beriladi.
Tarixi -Vatani Afrika, O`rta Osiyoga u Xindistondan kelgan. Yer yuzida ekin maydoni 6,73 mln.ga. Kunjut Xindiston, Pokiston, Xitoy, Meksika, Afrika va O`rta Osiyoda ekiladi. Uzbekiyetonda 1998 yil 2,85 ming.ga yerga ekilgan, O`rtacha xosil, 4,1s\ga bo`lgan. Suvli yerlarda 8-10 s\ga xosil beradi.
Sistematikasi. Kunjut bir yillik o`simlik bo`lib, kunjutlar Redaliaceae - oilasiga, Sesamum Endicum avlodiga mansub ekindir. Ildizi uk ildiz bo`lib, tuproqka 1 m chukurlikkacha kirib boradi. Poyasi tik o`sadi, buyi 1,5 m gacha o`sadi, yumshok tuk bilan koplangan. Barglari bandli, navbat bilan yoki karama-karshi joylashgan. Uz uzidan changlanadi. Asalari yordamida chetdan xam changlanishi mumkin.
Mevasi tukli chuzik ko`sakcha. Xar Qaysi ko`sakchada 70-90 tadan don bo`ladi. 1000 donasining vazni 3-5 g keladi.
1.2.Biologiyasi. Kunjut issiqsevar, yorugsevar o`simlik bo`lib, qisqa kunda o`sadi. Urugi 15-16°S unib chiqadi, maysa – 1 0S sovukda nobud bo`ladi. muqobil xarorat 22-25°S , usuv davrida xarorat 15°S dan past bo`lsa o`sishdan tuxtaydi. Usuv davrining dastlabki 30-40 kun ichida seqin o`sadi. va begona utlar orasida qolib ketadi, o`sish davri 80-120 kun buz tuproq yoki yengil soz tuproqli, govakli, yetarli darajada unumdor va begona utlar bosmagan yerlar kunjut uchun yaxshi xisoblanadi. Shur va ogir tuproq kunjut uchun yaramaydi, sulish kasalidan ko`p shikastlanadi.
Navlar: Uzbekistonda Toshkentskiy 112 navi ekiladi.
2.Maxsarni xalq xo`jaligidagi axamiyati, Pusti tozalangan urugdan olingan moy uzining ta`m sifati bo`yicha kungabokar moyidan qolishmaydi. Urugining tarkibida 17-37% yarim kuriydigan och-sarik rangli moy bo`ladi. Moyi oziq-ovqatda, margarin tayyorlashda xamda texnikada qo`llanadi, alifmoy, sovun va boshqa maxsulotlar tayyorlanadi, Kunjarasi achchik bo`ladi, shuning uchun ugit sifatida ishlatiladi. Lalmi yerlarda pichan, kukat va silos uchun ekiladi, uni tuyalar, kuylar va koramol yaxshi yeydi. Maxsar ekilgan maydon korakul kuylari uchun yaxshi yaylov xisoblanadi.
Tarixi - Maxsarning vatani - Afgoniston. U Xindistonda Birlashgan Arab Respublikasi, Eron, O`rta va Janubiy Amerikada ekiladi. Uzbekistonda 1998 yil 40 ming ga ekilgan. Lalmi yerlarda 3-4s\ga urug va 45-60s\ga.kukat olinadi yoki 16-23s\ga pichan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |