Abulqosim Mahmud az – Zamaxshariy 1075 – yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida dunyoga kelgan . Ilmga chanqoqlik uni Buxoro , Marv , Nishopur , Isfahon , Shom , Bag’dod , Hirot va Makkada hayot kechrib , arab tili va adabiyotini , diniy ilmlarini chuqur o’rganishiga sabab bo’ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to’playdi.
Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa , uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag’ishlangan ,, Al – Mufassal “ , Qur’oni karim tafsiriga oid ,, Al – Kashshof ’’ asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy ,, Arab va g’ayri arablar ustozi” , ,, Xorazm faxri ’’ kabi sharafli nomlar bilan ulug’langan. U ko’p asarlarini Makkada yozganligi uchun ,, Jorulloh ’’ ( ,, Allohning qo’shnisi ’’ ) degan sharafli nomlar bilan ulug’langan. Al – Azhar diniy dorilfununing talabalari hozir ham ,, Al – Kashshof ’’ asosida Qur’oni karimni o’rganadilar .
Do'stlaringiz bilan baham: |