Islom Karimov. ,, Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ” .
Burhoniddin al – Marg’inoniy . Mashhur fiqh ( huquqshunos ) olimi 1123 – yilda Rishtonda ( Farg’ona vodiysida ) tavallud topgan . Eng nodir asari to’rt jildli ,, Hidoya ” islom huquqshunosligi bo’yicha mukammal asar bo’lib , bir necha asarlar davomida musulmon mamalkatlaridagi huquqshunoslar uchun ham nazariy , ham amaliy qo’llanma vazifasini o’tab kelgan. Kitob bir qancha tillarga tarjima qilingan. Bunadan tashqari ,,Bidoyatul mubatadiy ’’ ( ilmga - kirishuvchi dastlabki asos ) ,, Al mazid ’’ ( ziyoda qilish ) ,, Kitobul afroiz ’’ ( farzlar haqida kitob ) va boshqa asarlarni yozib qoldirgan.
Burxoniddin Marg’inoniyning ,, Xidoya fi furu ‘ al – fukx ’’ ( Fikx sohalari bo’yicha qo’llanma ) asari 56 kitobdan iborat bo’lib , bu asar shariat kodeksi deb ataladi.
Hozirgi kunda ham muhim manba sifatida foydalanib kelinmoqda . Shu sababli alloma nafaqat ulamolar , balki oddiy xalq orasida ham ,, Hidoyat yo’lining asrboni ” deya katta hurmat – e’tibor topti. Burhoniddin val – milla ( Islom dinining dalili , isboti) degan sharafli nomga sazovor bo’ldi.
2000 – yilda al – Marg’inoniyning 910 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan Marg’ilon shahri markazida Burhoniddin Marg’inoniy , shy odgorlik majmuyi bunyod etilib , shu yerda uning ramziy maqbarasi o’rnatildi.
IX – XII asr ma’naviy hayotida Islom dini muhim o’rin egallaydi. Bu davrda musulmon Sharqida keng tarqalib , jahon dini darajasigacha ko’tarilgan Islom dini xalq hayotida muhim o’rin egallaydi. Movarounnahr aholisi Islom dinini qabul qilib , shariat ahkomlarini bajarishga , arab tili va yozuvini o’rganishga kirishdi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko’tardi.
XII asrda esa Buxoroning Darvozai Mansur mahallasida , hatto qonunshunoslar uchun maxsus ,, Faqihlar madrasasi ” qurilgan. Munday oliy dorilfunun asosan Islom dini ta’limotining asosi manbalari : Qur’oni karim , Hadis sharif va arab tilini mukammal o’rganishga katta e’tibor bergan . Shariat ahkomlarini har tamonlama chuqur o’rganishda ,, Tafsir “ - Qur’oni karimning sharhlari juda boy va qimmatli manba hisoblangan. Fiqh fani ( islom huquqshunosligi ) axloq va shariat ahkomlari borasida mukammal ma’lumot beradi.
Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida , ayniqsa , Buxoro shahri markazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko’p yetuk fiqhshunos olimlar , qozilar , imomlar yetishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan boshlab ,, Qubbat ul – islom ” - ,, Islom dining gumbazi ’’ nomi bilan shuhrat topadi
Do'stlaringiz bilan baham: |