Mavzu: Sanoat korxonalari ishlab chiqarishning innovatsion xarakterini oshirisih yo`llari
REJA:
Korxona tushunchasining mohiyati.
Sanoat korxonalari innovatsion faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar.
Korxonalarning innovatsion faoliyatini shakllantiradigan omillar.
Korxona va ayrim funksional bo‘linmalarning innovatsion jarayondagi rolini kuchaytirish.
KORXONA — yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt. Mahsulotlar, tovarlar i. ch., xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish uchun tashqil etiladi, iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan shugʻullanadi. Davlat, munitsipial, jamoa, qoʻshma, yakka (oila, xususiy) Korxonalar bor. Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki o’rta korxonalarga bo’linadi.
O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar to`g`risida” gi qonuniga asosan, korxona - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ekt bo`lib, o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste`molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Har bir mamlakatning sanoat quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotni modernizasiyalash ko`rsatkichlarini birinchi o`rinda yirik korxonalar belgilab beradi. SHu sababli “kichik” iqtisodiyotni rivojlantirish, ya`ni kichik korxona hamda mikrofirmalarga keng yo`l ochib berishda yirik korxonalarning o`rni va rolini unutmaslik darkor. CHunki bu korxonalarda ishlovchi xodimlar soni katta bo`lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq etish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mehnatni rag`batlantirish hamda do`stona, sherikchilik aloqalarini (jumladan, xorijiy korxona va firmalar bilan) rivojlantirishga keng imkoniyatlar mavjud. SHu sababli yirik va kichik korxonalarning optimalligi umumiy ishlab chiqarish talablari va milliy iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda fan va xo`jalik amaliyotining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir tarmog`i va sohasida hal qilishning yo`llari o`xshash bo`lmasligi yoki bir xil tavsifga ega bo`lmasligi mumkin. Har bir alohida yuzaga kelgan iqtisodiy holatda mavjud sharoitlar va rivojlanish afzalliklariga mos holda harakat qilish zarur.
Korxonalar faoliyati milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlariga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatadi. Korxonalar qanchalik yaxshi, samarali va rentabelli ishlasa, butun iqtisodiyotning, jumladan, ularning o`zlarining ham ko`rsatkichlari yuqori bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti korxonalar faoliyatini erkinlashtiradi, ularning mustaqilligini mustahkamlaydi hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va rentabellikning yuqori ko`rsatkichlariga erishishga keng imkoniyatlar yaratadi, deb hisoblanadi. Balki haqiqatdan ham shundaydir. Biroq korxona, ayniqsa, davlatga tegishli bo`lgan korxona qanday ishlashi, uning jamiyatga keltiruvchi foydasi, rentabellik darajasi, xodimlarning bandligi qanday bo`lishi faqat korxonalarnigina emas, davlatning ham ko`z oldida bo`lishi zarur. Xuddi shuning uchun ham davlat korxonalarga katta imkoniyatlar yaratib berish bilan birga ularni belgilangan tartibda nazorat qilib ham boradi. Davlat korxonalar “taqdiriga”, ularning ishlab chiqarish faoliyati yakuniy natijalariga befarq qarab tura olmaydi. Bankrotga uchragan korxonalar, zarar keltiruvchi ishlab chiqarish, iqtisodiy nochorlik - bularning barchasi korxona jamoasi uchun ham, davlat uchun ham og`ir yuk hisoblanadi.
Zamonaviy korxona-mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ekt bo`lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o`zigagina tegishli bo`lmaydi. SHu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko`ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko`ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neftь va gaz sanoati, qurilish majmuaviyi, oziq-ovqat, engil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko`ra, yirik, o`rta va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko`ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo`linadi.
Korxonani turli jihatlariga ko`ra tavsiflash mumkin:
ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
ijtimoiy munosabatlarda korxona – turli kategoriyadagi xodimlar o`rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;
tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – tarmoqning mustaqil bo`g`ini bo`lib, o`z-o`zini moliya bilan ta`minlash, o`z-o`zini boshqarish, ya`ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.
Korxona o`ziga xos bo`lgan ma`lum belgilarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |