Korxona faoliyatini rejalashtirish
Har bir korxona faoliyati samaradorligi, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatda yengib chiqish va ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’ladi. Korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi. Ular jumlasiga: talab va taklifga asoslangan holda, qachon, qaysi vaqtga, qancha va qanday sifatda mahsulot ishlab chiqarishni to’g’ri aniqlash; ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiyaning oqilona holatini tanlash; manbaalar bilan doimiy ravishda va o’z vaqtida ta’minlanishiga erishish; asosiy va aylanma kapital miqdori, mahsulotning sotish shakllarini tanlash kabi savollarga javob topish talab etiladi. Bu esa korxonada xo’jalik faoliyatini rejalashtirishni talab etadi. Bir qator samarali ish yurituvchi korxonalar tajribasi keskin raqobat holatida rejalashtirish iqtisodiy o’sish va yuksalishning bosh sharti ekanligini ko’rsatadi.
Bu o’z navbatida rejalashtirishning mohiyatini anglatadi va quyidagicha namoyon bo’ladi:
- imkoniyatlarni tanlab olish, taqqoslash mavjudligi bilan aloqadorlik;
Do'stlaringiz bilan baham: |