- tanlab olingan variant qaror qabul qilishda asos bo’lishi;
- rejalashtirish qaror qabul qilishning uzluksiz jarayoni bo’lishi, bu davrda doimiy ravishda vaqt, maqsad va vazifa oydinlashtirib boriladi. Ya’ni, mahsulot ishlab chiqarishdan tortib, to sotishga qadar bo’lgan jarayonlar uchun maqsadga erishish strategiyasi aniqlanadi. Aniq reja qismlari ishlab chiqiladi va barcha ko’rsatkichlar koordinatsiya qilinadi;
- rejalashtirishning asosiy qonuniyati: foydali ishlash va korxona egalari, tahsischilar, aktsiyadorlar jamoasi va davlatni manfaatdorligini ta’minlanadi;
- rejalashtirish ishlab chiqarish omillari va mazmunidan xarakteridan kelib chiqib, uzoq muddatli va o’rta muddatliga bo’linadi. Masalan, mashina va qurilmalar sotib olish va ulardan foydalanish, kadrlar siyosati, mahsulot turlarini aniqlash va sotish bozorlarini tanlash uzoq muddatli rejalarda hisobga olinadi. O’z vaqtida ishlab chiqarishni xomashyo va materiallar bilan ta’minlash joriy rejalarda o’z aksini topadi.
Bunday sharoitda korxonalar ishlab chiqarish programmasi to’g’ridan-to’g’ri mahsulot ishlab chiqarishni va iste’molchilar o’rtasidagi shartnomalar asosida, real iste’molni hisobga oluvchi, shundan davlatga kerak bo’lgan narsalarni, shuningdek ishlab chiqarish va resurs imkoniyatlarni qanoatlantirgan holda shakllantiradi.
Korxonalar darajasida rejalashtirish, mehnat jamoalarini ishlab topgan shaxsiy resruslarning hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Qattiq direktiv ko’rinishdan boshqarish munosabatlari o’rniga, iqtisodiyotni birinchi reja dinamikasi o’z-o’zini sozlovchi iqtisodiy jarayonlar, maxsus dalolatnomalar bilan qo’llab quvvatlanadigan maqsadli yo’nalish va turli rag’batlantiruchi iqtisodiy richaglar yordamida, ya’ni:
oliq va soliqdagi imtiyozlar;
omonot va ssuda foizlari
valyuta kursi;
amortizatsiya ajratmasi va boshqalar bilan boshqariladi.
Korxonalar rejalarini ishlab chiqishda, bundan buyon "rejali uslub" yo’llari va rejalash ish uslublarining takomillash asosiy ahamiyat kasb etadi.
Rejalashtirish uslubini takomillashni asosiy yo’nalishlari; progressiv texnik-iqtisodiy me’yorlash va me’yor tuzimini keng qo’llash, bundan buyon ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarish maqsadida materiallar sarfini kamaytirish va foiz sig’imi, mehnat unumdorligini ko’tarish, yuqori sifatli mahsulot chiqarishni ko’paytirish va balansli rejani ta’minlash.
Korxonani asoslangan rivojlantirish rejasi, progressiv texnik-iqtisodiy me’yorlash va me’yor asosidagi tizim orqali amalga oshiriladi.
Me’yor deyilganda maksimal ruxsat etilgan o’lchamdagi xomashyo, materiallar yoqilg’i, energiya va boshqalarning mahsulot birligini tayyorlash uchun absolyut sarfi tushuniladi.
Me’yorlash o’lchovi nisbiy bo’lib, bunda mehnat qurollari, mehnat predmetlari, ularni birlik maydoniga sarfini, og’irligi, hajm va boshqalarni ishlatish darajasini xarakterlaydi.
Qo’llanilayotgan texnik - iqtisodiy me’yorlar va me’yorlashlar progressiv bo’lishi kerak. Ularni zamonaviy ilmiy rivojlanish darajasini ishlashda, texnikalar, texnologiyalar, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatidan to’larok foydalanish va yuqori ishlab chiqarish tajribasini hisobga olish kerak.
Me’yorga texnik iqtisodiy ishlarning tashkiliy sharti rejali davr uchun asos qilib olinadi.
Texnik - iqtisodiy me’yorlar va me’yorlashtirish quyidagi gruppalar bo’yicha ishlab chiqiladi:
Jonli mehnat sarf me’yori (mahsulot birligiga ishchi vaqt sarfi me’yori, vaqt biriligiga mahsulot chiqarish me’yori, xizmat ko’rsatish me’yori, ro’yxatdagilar me’yori)
Materiallar sarf me’yori (xomashyo, materiallar, yoqilgi energiya, komplektlash buyumlarini solishtirma sarf me’yori).
Mehnat qurollaridan foydalanish me’yorlari (mashinadan, jihozdan, mexanizmdan, inshootlaridan, asboblaridan foydalanish me’yorlari).
Ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish me’yorlari (ishlab chiqarish davrining davomiyligi tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, xomashyo zahiralari, material, yoqilg’i).
Loyihadagi korxona ishlab chiqarish Sexi, agregat, moslamani ishga tushirish quvvatini egallashni davomiyligi me’yori.
Me’yor va me’yorlashlar mahsulot tannarxini aniqlashga xizmat kiladi.
Rejalarni texnik - iqtisodiy asoslanish kerakligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish oldindan reja ko’rsatkichlar tizimini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |