I.
|
Kirish qismi.
|
10 daqiqa
|
O‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarda jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini sifatli tashkillashtirib, o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikma va mahoratlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. O‘quv-uslubiy mashg‘ulotning tayyorlov qismiga 10 daqiqa ajratiladi. Bunda: tegishli vazifalar qo‘yilib, mashg‘ulot davomida o‘zlashtiriladigan o‘quv savollari e’lon qilinadi; shaxsiy tarkibning mashg‘ulotga tayyorligi tekshi-riladi; uslubiy topshiriqlar ijrosining sifatiga doir asosiy talablar belgilanadi; tayyorgarlik darajasi nisbatan puxta harbiy xizmatchilar orasidan mashg‘ulot rahbarlari tayinlanadi.
O‘quv-uslubiy mashg‘ulotning asosiy qismiga 35 daqiqa, agar mashg‘ulot 2 soat davomida o‘tkaziladigan bo‘lsa 70-80 daqiqa vaqt ajratiladi. Mashg‘u-lotning asosiy qismi jismoniy tayyorgarlikni tashkillashtirish va olib borish bo‘yicha komandir va boshliqlar zimmasidagi xizmat majburiyatlariga muvofiq ishlab chiqiladigan uslubiy topshiriq-lardan iborat bo‘ladi. Uslubiy amaliyot mashg‘ulot rahbarining nazorati ostida olib boriladi. Bunday amaliyot davomida, shuningdek, ta’limotni tashkil-lashtirishga oid uslubiy topshi-riqlar bajarilib, mashg‘ulotda ishtirok etayotgan shaxsiy tarkibning maksimal soni tomonidan ijro etilishiga imkon yaratadigan usullar qo‘llaniladi.
O‘quv-uslubiy mashg‘ulotning yakuniy qismiga 5 daqiqa ajratiladi. Bunda, mashg‘ulot davomida o‘tkazilgan uslubiy amaliyotga yakun yasaladi, tahsil ko‘rgan shaxsiy tarkibning nazariy va uslubiy tayyorgarlik darajasiga baho beriladi, mustaqil ish soatlarida hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalar qo‘yiladi. Uslubiy topshiriq ijrosi harbiy xizmatchilar tomonidan tahlil qilinib, mashg‘ulot rahbari o‘z xulosalarini ma’lum qiladi. Yurish, yurish davomida bajariladigan mashqlar, yugurish, yugurish davomida bajariladigan
mashqlar, joyda turgan holatda umumiy rivojlantirish. Yurish davomida bajariladigan mashq-larga quyidagilar kiradi: Yassi tavonlik oldini olishga qaratilgan mashqlar “ayoq uchida, tavonda, ayoq kaftining ichki va tashqi qirralarida yurish”, gavdaning turli mushaklar guruhini rivojlantirish mashqlari “tanani oldinga tashlagancha , burib yurish, har bir qadam tashlaganda engashib borish, o’tirgan va yarim o’tirgan holatda yurish, o’tirgan holatda oldinga, ortga chap va o’ng tomonlarga sakrab yurish” kiradi.
Quyidagilar kiradi: O’ng, chap yonbosh va bel bilan olg’a yugurish, o’ng va chap tomon aylanib yugurish, o’ng va chap tomon ayoq qovushtirib yugurish, o’ng va chap tomon ayoq tashlanib yugurish amallari kiradi.
Yurish va yugurish davomida bajariladigan har bir mashq 10-25 metrli masofani bosib o’tish barobarida ishlaydi.
|
Shaxsiy tarkib mashg’ulot rahbariga bo’ysunadi va rahbarning komandasiga asosan amalda bajaradilar.
|