1998
|
440.1
|
100
|
31,5
|
18,9
|
12,7
|
51,0
|
30,0
|
19,0
|
2,0
|
0,0
|
11,9
|
2,6
|
6,0
|
2,9
|
5,4
|
1999
|
624.0
|
100
|
29,3
|
15,2
|
14,1
|
53,9
|
24,8
|
27,7
|
0,8
|
0,6
|
10,9
|
3,1
|
5,2
|
2,5
|
5,9
|
2000
|
910,1
|
100
|
26,4
|
13,0
|
11,6
|
56,0
|
24,9
|
28,6
|
1,2
|
1,3
|
9,9
|
3,1
|
4,4
|
2,4
|
7,7
|
Keltirilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, bevosita soliqlarning byudjet tushumlaridagi salmog`i kamayish tendentsiyasiga ega, u oxirgi 3 yil ichida 31,5 foizdan 26,4 foizga kamaygan. Bu hol korxona foydasi va daromadlaridan olinadigan soliqni 31 foizdan 26 foizga, tushirilishi va aholidan olinadigan daromad soliqlarining ham kamaytirilishi natijasida sodir bo`ldi. Ayni paytda byudjet tushumlarida aktsiz solig`ining salmog`i 19,0 foizdan 28,6 foizga ko`tarildi. Davlat byudjeti Respublika byudjeti, Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining (mahalliy) byudjetlarini o`z ichiga oladi. U O`zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to`g`risida”gi Qonuniga binoan Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi.
Har qanday mamlakat davlat byudjetining taqsimlanishi ko`p jihatdan shu mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, undagi o`ziga xosliklar va ustivorliklarga bog`liqdir.
9.2-jadvalda O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 1998-2000 yillarda taqsimlanishi to`g`risidagi ma`lumotlar keltirilgan.
Jadvaldan ko`rinib turibdiki, O`zbekistonda davlat byudjetining deyarli 1G`3 qismi xalq ta`limi, aholi sog`lig`ini saqlash, ilm-fan, madaniyat sohalarining ehtiyojlarini qondirish va fuqarolarni ijtimoiy ta`minoti bilan bog`liq xarajatlarni qoplash uchun sarflanadi. Davlat byudjetida bu sohalarni moliyalashtirish bilan bog`liq xarajatlar kelajakda ham salmoqli ulushga ega bo`lib qoladi. Zero, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti qurayotgan mamlakatimizda davlat siyosatining ustivor yo`nalishi inson omili bilan bog`liq.
2-jadval
O`zbekiston davlat byudjetining taqsimlanishi1
|
Jami
|
Maorif, sog`liqni saqlash, madaniyat, fan, ijtimoiy ta`minot
|
Ijtimoiy muhofaza
|
Iqtisodiyot
|
Mazkazlash
tirilgan investitsiya
lar
|
Davlat boshqaruvi
|
Boshqalar
|
1996
|
100,0
|
35,7
|
9,6
|
11,7
|
20,2
|
2,3
|
20,5
|
1999
|
100,0
|
37,0
|
9,3
|
11,5
|
21,2
|
2,5
|
18,6
|
2000
|
100,0
|
35,4
|
7,7
|
10,3
|
20,2
|
1,9
|
24,4
|
Agar byudjet daromadlari xarajatlarni qoplay olmay, kamomad hosil bo`lsa, byudjet taqchilligi yuzaga keladi. Ammo har qanday taqchillikni xatarli deb bo`lmaydi. Agar taqchillik hajmi yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatining 2-5% ga teng bo`lib, undan oshib ketmasa, bu iqtisodiyot uchun normal hol hisoblanadi. O`zbekistonda keyingi 3 yil ichida byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 1,5-2,0 foizini tashkil etdi.
Byudjet kamomadi, odatda, daromadlar va xarajatlarni muvofiqlashtirish orqali bartaraf etiladi, ya`ni daromadlar ko`paytiriladi yoki xarajatlar kamaytiriladi. Ammo asosiy yo`l iqtisodiyotni o`stirish orqali byudjet daromadlarini ko`paytirgan holda kamomadni normal holga keltirishdan iboratdir.
Byudjetdagi taqchillikka, avvalambor, iqtisodiyotni moliyaviy sog`lomlashtirish bo`yicha amalga oshiriladigan tadbirlar orqali barham berish, shu jumladan, etishtirilgan xomashyo va materiallarni shu erning o`zida qayta ishlab, tayyor mahsulotga aylantirishni yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida “Davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlash zarur”1, deb ta`kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov. Mahalliy byudjetlarga keng iqtisodiy erkinlik berish tumanlar, shaharlar, viloyatlar mustaqilligini ta`minlaydi. Byudjetlarning shakllanishi va undan foydalanishdan manfaatdorlik oshadi. Shu bilan birga davlat byudjeti intizomiga rioya qilish iqtisodiyotni barqarorlashtirishning asosiy omillaridan biri bo`lib xizmat qiladi.
Byudjet defitsiti bilan davlat qarzi bir-biriga bog`liq bo`lgan tushunchalardir. Hozirgi kunda deyarli hamma mamlakatlarda davlat qarzlarining ortishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan byudjetni tartibga solish masalasi har qanday hukumatning oldida turuvchi markaziy muammolardan biridir.
Davlat byudjetini shakllantirish borasida to`plangan tajriba uni tartibga solishga qaratilgan siyosatni ishlab chiqishni taqozo etadi.
O`zbekiston hukumati o`zining davlat byudjeti siyosatini amalga oshirishda makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash va iqtisodiy o`sish sur`atlarini jadallashtirish byudjet kamomadini bartaraf etishning hal qiluvchi omili, deb qaraydi. Chunki iqtisodiy o`sish davrida byudjetga soliqlar tushumi avtomatik ravishda ko`payadi, makroiqtisodiy barqarorlik esa buni rag`batlantiradi. Demak, byudjet kamomadi avtomatik ravishda o`z-o`zidan yo`q bo`ladi.
Hukumat o`z mamlakatining sharoitlaridan kelib chiqqan holda byudjet siyosatini ishlab chiqadi. Bunday siyosat mamlakatning pul salohiyati doirasida moliyaviy ishlarning aniq dasturiga ega bo`lishni, byudjet kamomadi ustidan nazorat o`rnatilishining va uni qoplash manbaalarini qidirishni, katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag` ajratishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |