1.2.Moliya resurslari
Moliya resurslari iqtisodiyotni kutilmagan hodisalardan, masalan, tabiiy ofatlar, falokatlardan yoki jahon bozori narxining pasayib ketishidan himoya qiladi. Moliyaviy resurslar pul shaklida bo`lib, bu pullar iqtisodiyotga amaliy ta`sir etishi uchun, albatta, moddiy jihatdan ta`minlanishi kerak, ya`ni to`plangan pul ortida kerakli moddiy mahsulotlar bo`lishi shart. Aks holda ular pulligicha (qog`ozligicha) qolib, ishlab chiqarishga naf keltirmaydi.
Moliyaviy resurslar ikki turda bo`ladi: birinchisi - mikroresurslar yoki markazlashmagan resurslardir. Ular korxona, firma, kompaniya, kontsern, tashkilot, jamoat uyushmalari va boshqa xo`jalik sub`ektlarining o`ziga tegishli yoki ular qarzga olgan pul mablag`laridan iborat. Ikkinchisi – makroresurslar bo`lib, ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular byudjet hisobidan yoki byudjetdan tashqari fondlar hisobidan paydo bo`ladi va davlat ixtiyorida turadi. Mikroresurslar korxona, tashkilot faoliyatiga xizmat qilsa, makroresurslar umumiqtisodiy, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo`naltiriladi. Bozor iqtisodiyotida mikroresurslar birlamchi (ustivorlik) mavqega ega bo`ladi, chunki iqtisodiy faoliyat erkinligi sharoitida xo`jalikning dastlabki bo`g`ini bo`lgan korxona, firma, kompaniya va xo`jaliklar moliyasi iqtisodiy o`sish tayanchi hisoblanadi. Ammo makroresurslar iqtisodiyotni tartibga solishda asosiy rol o`ynaydi va davlatning iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Moliyaviy resurslarning turli darajada tashkil topishi va ishlatilishi tufayli iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish usullari ham turlichadir. Birinchidan, iqtisodiy sub`ektlar o`zini-o`zi moliyalashtiradi. Ular o`z sarf-xarajatlarini o`zlarining pullari bilan qoplaydilar. Ikkinchidan, iqtisodiy sub`ektlar o`z mablag`lari etishmasa, qilingan sarf-xarajatlarni bank krediti hisobidan qoplaydilar. Uchinchidan, sub`ektlar faoliyati uchun pul mablag`lari zarur bo`lgan hollarda davlat hisobidan ham bunday mablag`lar ajratiladi. Davlat byudjetidagi yoki byudjetdan tashqari tashkil etilgan pul fondlarini qaytarib olmaslik sharti bilan korxona, tashkilotlar va muassasalarga ajratib berib, ularni moliyalashtiriladi. Ammo bu bozor iqtisodiyotida ikkilamchi usul hisoblanadi.
Barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun moliya mablag`larining erkin harakati talab etiladi. Bunga moliya bozori orqali erishiladi. Moliya bozori milliy va xalqaro xo`jalik doirasida pul mablag`lari erkin harakatining maxsus shaklidir. U tarkiban qimmatbaho qog`ozlar bozori va qarzga beriladigan pul bozoridan iborat bo`ladi. Qarz puli tabiatan bir xil emas. U birinchidan, pulni ishlatib, daromad topishni ko`zlaydi, bunda pul kapital shaklini oladi. Ikkinchidan esa, pul shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatiladi va oddiy to`lov yoki xarid vositasi vazifasini bajaradi.
Davlat o`z qo`lidagi moliya resurslaridan foydalanib, byudjetdan moliyalashtirish, dotatsiya berish, soliqlardan ozod qilish, soliqlarni engillashtirish orqali iqtisodiy o`sishga ta`sir ko`rsatadi.
Shu narsani alohida ta`kidlab o`tish lozimki, moliya munosabatlarini takomillashtira borish va uni boshqarish iqtisodiyot taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish moliyaviy ahvolni sog`lomlashtirib, bank tizimini qayta qurishni birinchi galdagi chora-tadbirlar sifatida kun tartibiga qo`ydi. Shu munosabat bilan moliyaviy bozorni shakllantirish va rivojlantirib borish ob`ektiv jarayonga aylandi. Bu jarayonning muvaffaqiyati bank sohasidagi marketing rivojiga, turli banklar va ularning mijozlari o`rtasida qaror topadigan o`zaro munosabatlarga, shuningdek, bank xizmatlari bozorining shakllanishiga, banklarning foizlar siyosati va boshqa xildagi faoliyatiga ko`p darajada bog`liqdir.
Davlat byudjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o`rinni egallaydi. Byudjet tizimi murakkab mexanizm bo`lib, u muayyan mamlakatning o`ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi, shuningdek davlat qurilishini aks ettiradi.
Mamlakat byudjetining tarkibi, avvalo, davlat qurilishiga bog`liqdir.
Davlat byudjeti mamlakat pul resurslarining markazlashtirilgan jamg`armasi bo`lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar sarfi yo`nalishlari va miqdori belgilab beriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjeti iqtisodiyotni tartibga solish, xo`jalik konьyukturasiga ta`sir ko`rsatish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishning qudratli vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Mamlakat byudjetining tarkibi, avvalo, davlat qurilishiga bog`liq bo`lib, u daromadlar va xarajatlar qismlaridan iboratdir.
Byudjetning daromad qismini shakllantirishda, mulk shaklidan qat`iy nazar, barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar ishtirok etadi. Ularning ishtiroki asosan soliqlar to`lash shaklida yuz beradi.
O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetining shakllanish manbalari 1-jadvalda keltirilgan.
1 - jadval
O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga tushumlar tarkibi 1
yillar
|
mlrd. so`m
|
% hisobida
|
Bevosita soliqlar
|
Bilvosita soliqlar
|
Mulk soliqlari va resurs to`lovlari
|
Boshqalar
|
Jami
|
Shu jumladan
|
Jami
|
Shu jumladan
|
Jism. shaxslardan olinadigan boj to`lovlari
|
Jami
|
Shu jumladan
|
Korxonalar foyda solig`i
|
Daromad solig`i
|
QQS
|
Aktsiz soliqlar
|
Bojxona to`lovlari
|
Korxonalardan
|
Er va erdan foydalanganlik uchun to`lovlar
|
Suvdan foydalanganlik uchun to`lovlar
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |