Erkin savdo (fritrеdеrlik) siyosati protеktsionizm siyosatining aksi bo’lib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o’sishiga olib kеluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo’ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va krеdit-moliyaviy usullar yordamida uni rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Eksportni rag’batlantirishning tashkiliy usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat bеrish xizmatlarini ko’rsatish uchun maxsus bo’linmalarni tashkil etish;
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi;
- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko’maklashuv;
- xorijiy mamlakatlarda ko’rgazmalar tashkil etishda yordam ko’rsatish;
- milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo’llab-quvvatlash va h.k.
Eksportni rag’batlantirishning krеdit-moliyaviy usullari quyidagilardan iborat:
- eksportga tovarlar yetkazib bеrishni subsidiyalash;
- eksport qiluvchilar uchun davlat krеditlarini bеrish va xususiy krеditlar bеrilishini rag’batlantirish;
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug’urtalash;
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to’lashdan ozod etish va h.k.
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali chеklashdan iborat. Asosiy tarifli to’siq sifatida bojxona bojlarini kеltirish mumkin. Texnikaviy, madaniy va iqtisodiy jihatdan rivojlangan jamiyatda rejalashtirish singari vosita boshqaruv jarayonining kengayishi, fan-texnika taraqqiyoti hamda ehtiyojlarning darajasi va hajmi jihatidan ortishi boshqaruv instantsiyalari, yahni bir-biriga itoat qiladigan tashkilotlar oldiga siyosat, iqtisodiyot va alohida shaxslar, oilalar, maxallalar, korxonalar, hududiy jamoalar, mamlakatlar, shuningdek, butun insoniyat uchun muhim bo`lgan muammolarni quymoqda. Tajriba shuni ko`rsatadiki,
kelajakning murakkab masalalarini hal etish uchun odamlar jiddiy fikr yuritishlari va faol harakat qilishlari darkor. Bunda istalgan maqsadlarni o`z vaqtida anglash va ularga erishish choralarini belgilashning mahqul ko`rinishida ko`maklashadigan loyiha, kontseptsiyalar, asosiy yo`nalishlar ayniqsa zarur bo`ladi. Ehtiyojlarni qondirish uchun mablag` qancha kam bo`lsa, tegishli texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni oqilona boshqarishda ko`maklashadigan vositalar shunchalik tahsirchan bo`lishi lozim.
Ma`lum orzu-umidlar bilan bog`liq bo`lgan boshqaruv vositalaridan biri rejalashtirishdir.
Rejalashtirish – loyiha ishlab chiqish bo`yicha axborotni ishlashga asoslangan kelajakda maqsadga erishish uchun parametrlarni aniqlovchi tartibga solingan jarayondir.
Milliy iqtisod va uning sohalari hamda bo`limlari iqtisodiyotida rejalashning qator tahriflari mavjud bo`lib, ular yuqorida keltirilgan tahriflardan turli darajada farq qiladi, Lekin mohiyatan unga o`xshab ketadi. SHunday tahriflardan bir nechtasini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |