Yuridik shaxs
- fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari
hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar.O'zbekiston Respublikasining
fuqarolik qonunchiligiga ko'ra, Yuridik shaxs o'z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki
operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari
yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy va shaxsiy
nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan,
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan
tashkilotdir.Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo'lishi kerak.
Jismoniy shaxs
(fuqarolik huquqida) - huquqiy munosabatlarning
ishtirokchisi bo’lgan alohida fuqaro (chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan
shaxslar)niifodalovchi tushuncha.U jamoaviy tuzilma bo’lgan yuridik shaxsdan
farq qiladi: Jismoniy shaxs bevosita o’z nomidan ish yuritadi - faoliyat
yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma - tegishli firma yoki korxonani qonunda
belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishi shart emas. Jismoniy shaxsning huquq
va muomila layoqatining vujudga kelishi hamda barham topishi tartibi ham yuridik
shaxslardan farqlanadi.
Jismoniy shaxs mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo’lishi; uni meros
qilib olishi va vasiyat qilib qoldirishi; bankda o’z jamg’armalarini saqlashi;
tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo’jaligi bilan, qonunda taqiqlanmagan boshqa
faoliyat bilan shug’ullanishi; yollanma mehnatdan foydalanishi; yuridik shaxs
tashkil etishi; shartnoma, bitimlar tuzishi va majburiyatlarini bajarishi; o’ziga
yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning qoplanilishini talab qilishi ; mashg’ulot
turini va yashash joyini tanlashi; fan, adabiyot va san’at asarlari, qonun bilan
qo’riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat samaralarining muallifi huquqiga ega
bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida fuqarolar - jismoniy shaxslarning
huquq va burchlariga oid qonun-qoidalari Fuqarolik kodeksining 16-38-
moddalarida belgilab berilgan.
Soliq kodeksing 18-moddasida soliq to’lovchilarning yana bir turi bo’lmish
yakka tartibdagi tadbirkorlarga alohida ta’rif berib o’tilgan. Bunga ko’ra, yakka
tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda,
11
mustaqil ravishda , o’ziga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulk
negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l
qo’yadigan o’zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
Yakka tartibdagi tadbirkor O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
Bundan tashqari ushbu kodeksning 19-moddasida respublikamizning rezident
va norezidentlarga quyidagicha to’xtab o’tilgan:
3
O’zbekiston Respublikasining rezidenti deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yxatidan o’tgan yuridik shaxs;
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida
yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o’n ikki oylik davr ichida jami bir
yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O’zbekiston Respublikasida turgan
jismoniy shaxs.
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning quyidagilar
sifatida turgan davri uning O’zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda turgan
vaqtiga kiritilmaydi:
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo’lgan shaxs sifatida;
2) O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko’ra tuzilgan
xalqaro tashkilotning xodimi sifatida;
3) ushbu qismning 1-bandida ko’rsatilgan shaxslarning oila a’zosi sifatida,
bunday jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda;
4) faqat bir chet davlatdan boshqa chet davlatga O’zbekiston Respublikasi
hududi orqali o’tish (tranzit o’tish) uchun;
5) agar bu jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasida faqat turist sifatida,
davolanish yoki dam olish maqsadlari bilan turgan bo’lsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan mezonlarga javob
bermaydigan shaxs O’zbekiston Respublikasi norezidenti deb e’tirof etiladi.
Quyida soliqqa oid ba’zi tushunchalarga izoh berib o’tamiz:
3
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 25.12.2007 yil.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |