Reja kirish soliqlar va ularning mohiyati



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana10.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#771668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Soliq imtiyozlari va ularning amal qilishi

soliq 
kategoriyasi 
davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida 
yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim.
2
Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun 
pensionerlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni mablag‘ bilan 
ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni 
budjet hisobidan qoplaydi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy 
himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko‘rsatadi, 
o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham 
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev PF-5468-son. 29.06.2018-yil. 



mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, 
mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish 
uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni 
amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni 
obyektiv zarur qilib qo‘yadi. 
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tishsharoitida ikki 
holat bilan ifodalash mumkin: 
birinchidan
davlatning qator vazifalarini 
mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, 
ikkinchidan,
bozor iqtisodiyoti qonun-
qoidalari. 
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish 
uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirishning soliqlardan 
boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas. Demak, hukmron kuch 
sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal 
qiladi.Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni 
bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga 
aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Davlat uchun budjet daromadlarining 
asosiy manbayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. 
Davlat 
faoliyatining 
barcha 
yo‘nalishlarini 
mablag‘ 
bilan 
ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga 
oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va 
mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. 
Iqtiso- diyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat 
budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u 
yoki 
bu 
jarayonlarning 
rivojlanishiga 
ta’sir 
etuvchi 
usuli 
hisoblanadi.Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki 
soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy 
manbai hisoblanadi. 
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk 
saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U 
davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. 



O‘sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri 
ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi 
bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra boshqaruvning 
barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi 
kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda. 
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan majburiy 
to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar 
davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning 
iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi. 
Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning 
iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi. 
Soliqlar majburiy to’lovni ifoda etuvshi pul munosabatlarini bildirib, bu 
munosabatlar soliq to’lovshilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o’z 
mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga 
xizmat ko’rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham 
pul to’lovlari mavjud. Lekin ular soliq bo’la olmaydi. Soliq munosabati bo’lish 
uchun davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy maxsulot (to’g’rirog’i, yalpi milliy 
maxsulot) qiymatini taqsimlash yo’li bilan majburan davlat byudjetiga mablag’ 
tuplash jarayonini amalga oshiradi. 
Soliq 
- bu davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini ta’minlash uchun davlat 
organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yig’ib olinadigan to’lovga 
aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. 
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb 
qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish