Aksiz solig’idan chegirma
Aksiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasining
bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik
aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida
foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘langan aksiz solig‘i
summasi chegirib tashlanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) etkazib beruvchilar mazkur tovar (xom
ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatishlari
kerak. Olinayotgan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i
summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksiz solig‘ining
mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlar
hajmiga to‘g‘ri keladigan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib
chiqqan holda aniqlangan aksiz solig‘ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk
deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan amalga oshiriladi.
32
Soliq kodeksining 261-moddasiga muvofiq, Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
13
1) suv uchun budjetga soliq o‘tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan
iste’molchilar;
2) birlamchi foydalanilgan suv uchun to‘lov amalga oshirilgan suvdan
ikkilamchi foydalanuvchi suv iste’molchilari;
3) ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik sub’ektlari —
yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish
to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran.
Ixtiyoriy ravishda tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda
tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qaytadan
boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz
qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq
solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi:
1) sog‘liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan er
osti mineral suvlari hajmiga, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun
foydalanilgan suv hajmi mustasno;
2) atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqazib
olinadigan er osti suvlari hajmiga, ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun
foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;
3) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish
vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun er qa’riga
qaytarib quyiladigan er osti suvlari hajmiga, bundan ishlab chiqarish va texnik
ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
4) gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun
foydalaniladigan suv hajmiga;
5) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan erlarni yuvish uchun
foydalaniladigan suv hajmiga.
13
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 25.12.2007 yil.
33
Soliq kodeksining 269-moddasiga muvofiq, Yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza
quyidagilarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga)
kamaytiriladi:
1) kommunal xo‘jaligi ob’ektlarining. Kommunal xo‘jaligi ob’ektlariga
quyidagilar kiradi: vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan),
kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash
tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun
qozonxonalar (shu jumladan asbob-uskunalar);
2) madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport,
ijtimoiy ta’minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlarining;
3) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari ob’ektlarining;
4) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong‘in
xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlarning. Ob’ektlarni tabiatni muhofaza
qilish,
sanitariya-tozalash
maqsadlari
va
yong‘in
xavfsizligi
uchun
foydalaniladigan ob’ektlarga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish yoki davlat yong‘in nazorati organining ma’lumotnomasi asosida amalga
oshiriladi;
5) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, magistral
truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining, shuningdek ushbu
ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlarning;
6) konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori qabul qilingan asosiy ishlab chiqarish fondlarining;
7) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida
foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik
ob’ektlarning;
8) shahar va shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashiydigan shahar
yo‘lovchilar transporti tashkilotlari transport vositalarining (avtobuslar, tramvaylar,
trolleybuslar, metropoliten poyezdlari);
34
9) tuzilgan shartnomalarga muvofiq yuridik shaxsning buyurtmasi bo‘yicha
ishlar bajarish uchun kasanachilarga bepul foydalanishga berilgan asbob-
uskunalarning (foydalanish davriga);
10) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik
vositalarining;
11) ko‘pi bilan o‘n yil davomida ishlatib kelinayotgan mashina va asbob-
uskunalarning.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan quyidagilar ozod
qilinadi:
14
1) sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot, ta’lim,
madaniyat va san’at tashkilotlari;
2) uy-joy-kommunal xo‘jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik
shahar xo‘jaligi korxonalari. Uy-joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy
ahamiyatga molik shahar xo‘jaliklari jumlasiga uy-joy fondini bevosita boshqarish,
saqlash hamda undan foydalanishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, sanitariya
tozalash va yig‘ishtirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shaharlar
hamda shaharchalarni tashqi yoritish, vodoprovod suv olish inshootlaridan,
taqsimlanadigan tarmoqlardan (tozalovchi inshootlari bilan) foydalanish va suvni
taqsimlash, kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish (tozalash inshootlari bilan),
gaz taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish hamda gazni taqsimlash,
qozonxona, issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish va kommunal-
maishiy ehtiyojlarga hamda aholiga issiqlikni taqsimlashni bevosita amalga
oshiruvchi tashkilotlar, xizmat binolarining xo‘jalik boshqarmalari, o‘t o‘chirish
komandalari, uy-joy-kommunal xo‘jaligining xo‘jalik boshqarmalari, uy-joy-
kommunal xo‘jaligi va shahar xo‘jaligining umumfuqaroviy ahamiyatga molik
boshqa korxonalari kiradi;
3) yangi tashkil etilgan korxonalar — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan
e’tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar
negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek boshqa korxonalar hududida shu
14
A. V. Vahobov, A. S. Jo’rayev Soliqlar va soliqqa tortish.-T.:”Fan” nashriyoti, 2012.
35
korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalardan foydalangan holda o‘z
faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi;
4) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini — yuridik shaxslarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan
qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun
hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili
to‘xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi
hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda
undiriladi.
Yuridik shaxslar — davlat mulki ob’ektlarini sotib oluvchilar uchun yuridik
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi davlat mulki ob’ektlariga
to‘g‘ri keladigan soliq summasiga kamaytirilib, bo‘shagan mablag‘lar
xususiylashtirilgan ob’ektlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
qayta jihozlash, ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltiriladi. Ushbu
imtiyoz oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan e’tiboran 12 oy mobaynida
qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, Prezidentimizning 2018- yil 14 iyul kuni “Aholi
bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq,
endilikda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari tijorat banklaridan garov
ta’minotisiz kredit oladi va qishloq joylarda hizmat ko‘rsatishni tashkil etgan
tadbirkorlar 5 yilgacha barcha turdagi soliqlardan ozod etiladi.
Mazkur hujjatning yana eng muhim jihati shundaki, bundan buyog‘iga ishsiz
shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og‘ir hayotiy
vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oila a’zolariga va
aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta’minotisiz eng kam
ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda mikrokreditlar ajratiladi.
Birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan
sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi.
36
Qishloq tumanlarida (bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi
punktlari mustasno) sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar
bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish
bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan
yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar
to‘lashdan ozod etildi.
Prezidentimizning 2018-yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq
siyosatini
takomillashtirish
konsepsiyasi
to‘g‘risida”gi
farmoni
bilan
mamlakatimiz soliq qonunchiligi soddalashtirilib, yuridik shaxslarga ham,
jismoniy
shaxslarga
ham
soliq
to‘lovlari bo‘yicha qator yengilliklar
yaratildi. Andijon shahridagi “Andijonyog‘moy” aksiyadorlik jamiyati hamda
Xo‘jaobod tumanidagi “Barchinoy” xususiy korxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda
soliq tizimidagi o‘zgarishlar, afzallik va imtiyozlar xususida keng tushuncha
berildi.
Soliq boshqarmasi mutaxassislari bilan bo‘lgan muloqoda yangi soliq
konsepsiyasining afzalliklari haqida atroflicha ma’lumot oldik, – deydi
“Andijonyog‘moy” AJ bosh hisobchisi Azizbek Rahmonov. – Korxonamizda 900
dan ziyod kishi mehnat qiladi. Joriy yilning birinchi yarmida ishchi-xodimlar
uchun 6 milliard 600 million so‘m ish haqi hisoblangan. Shundan 614,5 million
so‘m daromad solig‘i ushlab qolingan. Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash
turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi sug‘urta
badallariga qariyb 529 million so‘m o‘tkazildi. Ta’kidlash kerakki, 2019 yilning 1
yanvaridan boshlab ushbu sug‘urta badali bekor qilinadi. Buning natijasida
korxona ishchi-xodimlari oladigan daromad keying yilning xuddi shu paytida 350
million so‘mga oshadi.
Yangi soliq konsepsiyasiga ko‘ra, kelgusi yildan yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i 12, mol-mulk solig‘i 2 foizga tushiriladi hamda davlat
maqsadli jamg‘armalariga 3,2 foizli ajratmalar o‘tkazish bekor qilinadi. Bu albatta,
korxona
va
tashkilotlar
faoliyati
rivojiga
katta
yordam
beradi.
Shu o‘rinda yana faktlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, “Andijonyog‘moy”
37
aksiyadorlik jamiyati shu yilning birinchi yarmida 1 milliard 950 million 500 ming
so‘m soliq to‘lagan. Yangi konsepsiya doirasida 2019 yildan yuridik shaxslardan
olinadigan foyda, mol-mulk solig‘i hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga
ajratmalarning bekor qilinishi natijasida jamiyat ixtiyorida yiliga qariyb 3 milliard
so‘m mablag‘ qoladi. Mahsulotining asosiy qismini eksport qilayotgan Xo‘jaobod
tumanidagi “Barchinoy” xususiy korxonasi soliq to‘lovchilari bilan bo‘lib o‘tgan
muloqotda ham mutaxassislar tomonidan mehnatga haq to‘lash, soliq
to‘lovlarining yangi tartib va qoidalari to‘g‘risida keng tushuncha berildi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, 313 nafar ishchi-xodim mehnat
qilayotgan korxonada berilgan soliq imtiyozlari tufayli keyingi yilda
xodimlarning oylik daromadi 34 million so‘mga oshishi, boshqa turdagi soliqlar
bo‘yicha berilgan imtiyozlar hisobiga korxonada kelgusi yili 54 million so‘m
mablag‘ tejalishi ma’lum bo‘ldi. – Amaldagi soliq qonunchiligida ishchi-
xizmatchilarning oylik daromadini hisoblash bir qator murakkabliklarni keltirib
chiqarar edi, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori Sherzodbek
Abdurahmonov. – Ayniqsa, korxonalar xodimlar sonini yashirishga harakat qilardi.
Chunki har bir ishchi uchun ma’lum miqdorda majburiy to‘lov belgilangan edi.
Prezidentimiz farmoni bilan tasdiqlangan yangi soliq konsepsiyasiga asosan endi
bu kabi muammolar barham topadi.
15
15
O'zbekiston Milliy axborot agentligi. www.uza.uz sayti ma‘lumotlari
38
Do'stlaringiz bilan baham: |