Teng aloqalar
a) tenglanish. Har bir sintaktik konstruktsiya ikki komponentli bo‘ladi: so‘z so‘z (so‘z birikmasida va sodda gapda bular
kengaygan holatda ham bo‘la oladi) yoki gap + gap (qo‘shma gap). Tenglanish aloqasining xususiyatlaridan biri aloqaning ochiq yoki yopiq bo‘lishidir. Yopiq aloqada ikki komponent bog‘langan bo‘ladi (Havo yoqimli, lekin sovuqroq), ochiq aloqada bir qancha komponentlar bog‘langan bo‘ladi (Bahor. Mayin shamollar, tiniq suvlar, toza havo, ko‘m-ko‘k osmon ...). Bunda komponentlarning soni-miqdori mundarija bilan bog‘liq.
Ochiq va yopiq aloqalar, bu aloqalar natijasida hosil bo‘lgan
sintaktik konstruktsiyalar bir-biridan turli belgilar bilan
farqlanadi: ochiq aloqalarni biriktiruvchi bog‘lovchilar, ayiruvchi bog‘lovchilar; yopiq aloqalarni esa zidlovchi bog‘lovchilar ifodalaydi. Yopiq aloqalar tobelanish aloqasi bilan umumiy belgilarga ega. Masalan, ular ikki komponentnigina bog‘laydi.
Tenglanish aloqasi grammatik jihatdan teng huquqli komponentlarning aloqasi bo‘lib, bunda: 1. Uyushiq bo‘laklar; 2. Qo‘shma gapning predikativ qismlari; Z. uyushmagan, biroq bir xil funksiyada keladigan bo‘laklar (ajratilgan izohlovchilar) bir tizimda kela oladidar; Tolib aka, qorovul, kengashga a`zo bo‘lib kirdi. Teng munosabatdagi sintaktik birliklar ko‘pincha bir xil
grammatik shaklda, bir xil sintaktik vaziyatda turadi va bir
xil so‘roqqa javob bo‘ladi. O‘zaro teng bog‘lovchilar, sanash ohangi va teng bog‘lovchi vazifasidagi boshqa vositalar yordamida bog‘lanadi. Masalan: Olimlar, fozillar, shoirlar shahri. (U).
O‘zaro teng munosabatda bo‘lgan sintaktik shakllar boshqa bir
umumiy sintaktik shakl bilan tobe munosabatda bo‘ladi.
Ya`ni: Olimlar, fozillar, shoirlar shahri.
Ayrim tilshunoslar o‘zaro teng munosabatda bo‘lgan sintaktik
birliklar o‘rtasida shakliy bog‘lanishning mavjudligini inkor
qiladilar. A.M.Peshkovskiy fikricha, Salim, Karim, Halim kelishdi kabi qurilmalarda Salim, Karim, Halim bo‘laklari bitta keldi bo‘lagi ustidan hokimlik qilish tufayli o‘zaro bog‘lanadi. Aslida esa uyushiq bo‘laklar o‘rtasida shakliy bog‘lanish yo‘q, ular birgalikda keldi bo‘lagi bilan aloqaga kirishadi.
T.P.Lomtev uyushiq bo‘laklar o‘rtasida mazmuniy munosabat
mavjudligini e`tirof etadi. Uning ta`kidlashicha, uyushiq bo‘laklar o‘rtasida shakliy munosabatning yo‘qligi bu so‘zlar orqali ifodalangan predmetlar o‘rtasida munosabatning yo‘qligini bildirmaydi. Predmetlar o‘rtasida munosabat bor: bu munosabat uyushiq bo‘laklar orqali ifodalangan predmetlarning bir xil holatdagi munosabatidir. Uyushiqlik munosabati ifodalanmish munosabatini aks ettirganligi tufayli unga so‘z shakllari o‘rtasidagi aloqa turi sifatida qaralishi mumkin emas. Lekin uyushiq bo‘laklar bir xil vaziyatdagi sintaktik birliklarning shakliy jihatdan ma`lum bog‘lovchi vositalar (teng boglovchilar va sanash ohangi) yordamida bog‘lanishi bo‘lganligi sababli, ular o‘rtasidagi shakliy sintagmatik munosabatni inkor qilib bo‘lmaydi.
Demak, teng so‘zli birikishlarda ikki va undan ortiq so‘z
mustaqil grammatik-semantik jihatdan o‘zaro teng munosabatga
kirishadi. Teng so‘zli birikmaning tarkibiga kirgan so‘zlar
birikma doirasida hamda gap ichida ham alohida-alohida tushunchani anglatadi.
b) tobelanish (ergashish) munosabatidagi aloqa. Suz birikmalari odatda, bir so‘zning ikkinchisiga mazmun va grammatik jihatdan ergashib, hokim-tobelik munosabatiga kirishishidan tashkil topadi. Ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlarning hokim-tobelik munosabatidan tashkil topadigan bunday birikmalar tobe (ergash) bog‘lanish deyiladi.
Ma`lumki, teng so‘zli birikmalarda komponentlarning birikishi, bog‘lanish darajasi ergash so‘zli birikmalarga qaraganda kuchsiz, gap qurilishidagi ahamiyati passiv bo‘ldi. Ergash so‘zli birikmalarda komponentlarning biri tobe, ikkinchisi hokim sanaladi: bundagi hokim-tobelik qo‘shilishning xarakteridan: Boshqaruvchi so‘zning semantikasi, so‘z formasi va so‘z tartibidan anglashilib turadi. Tobe so‘zli birikmaning tobe komponenti bosh komponentning ma`nosini aniqlaydi, izohlaydi, to‘ldiradi. Bosh komponent grammatik jihatdan hokim holatda bo‘ladi. Masalan, Oqqo‘rg‘onning anjiri – bosh komponent – anjiri, kitobni sevmoq – bosh komponent sevmoq, tez gapirmoq – bosh komponent gapirmoq. Birikmalardagi bosh komponentlarning ma`nolari, o‘ringa xoslik, obyekt, aktiv va passiv belgilar jihatidan aniqlangan, konkretlashtirilgan, to‘ldirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |