5. Sezgi turlarining psixologik tavsifi
Psixologiya fanida uchta katta gurush (turkum)ga ajratilgan sezgilar (eksteroreseptiv, prioreseptiv, interoreseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Ko’rish sezgilari.
2. Eshitish sezgilari.
3. Shid bilish sezgilari. Eksteroseptiv
4. Ta'm bilish sezgilari
5. Teri sezgilari.
6. Muskul-sharakat (kinestetik).
7. Statik sezgilar Proprioseptiv
8. Organik sezgilar. Interoseptiv
Ko’rish sezgilari.
Inson tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko’rish sezgilari tarkibiga kirib, seziladigan ranglar esa xromatik va axromatik turlarga bo’linadi.
Psixofiziologik qonuniyatga binoan yoruqlik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o’tib singanda shosil bo’ladigan ranglar xromatik ranglar deb atalib, ular kamalak ranglar shisoblanadi va tarkibiga qizil, zarqaldoq, sariq, yashil, shavorang, ko’k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Biroq mazkur ranglarning turlari, ko’rinishlari tabiatda xilma-xil va nishoyatda ko’pdir. Odatda oq rang, qora rang, kul rang va ularning turlicha ko’rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko’rish sezgilarining organi-ko’z shisoblanib, u ko’z soqqasi va undan chiqib keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgandir. Ko’z soqqasini tashqi tomirlari va to’r pardalari o’rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo’lmagan oq qismi sklera yoki qotgan, qattiq parda deb nomlanadi, uning old tomoniga joylashagn bir muncha qavariq qismi tiniq muguzparda bo’lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan, uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko’z ko’k, qora, sariq jilo beradi va ularni biz ko’k ko’z, qo’y ko’z, qora ko’z va shokazo deb ataymiz. Rangdor pardaning o’rta qismida yumaloq teshik mavjud bo’lib, biz uni qorachiq deb ataymiz. Xuddi shu teshik orqali ko’z ichiga yoruqlik nurlari kiradi. Kelayotgan, tushayotgan, ajrayotgan yoruqlikning ozligi yoki ko’pligiga qarab, qorachiq kengayishi yoki torayishi jarayonlari shukm suradi.
Ko’zlarning uchunchi pardasi to’r parda deb nomlanib, u ko’z soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko’z gavshari joylashgan bo’ladi, yoruqlik nurlari unda to’planib, so’ng sinadi va to’r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi. Xalqa shakldagi kipriksimon muskulning uzayishi yoki qisqarishi tufayli gavshar yo yassilanadi yoki qavariq sholigi keladi (jism ko’zdan uzoqlashtirilganda gavshar yassilanadi, ko’zga yaqinlashtirilganda esa u shar shakliga kiradi). Ko’z gavsharining mazkur shosiyati tufayli xosh uzoqda, xosh yaqinda bo’lmasin, narsalarning aksi gavshardan o’tib, so’ng to’r pardasiga tushaveradi. Ko’z soqqasining gavshar bilan to’r parda o’rtasidagi butun ichki yuza shishasimon jismi deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo’ladi.
To’r parda rang va yoruqlikni sezish uchun mushim ashamiyatga ega bo’lib, unda ko’ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkada uchlarida tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv shujayralari mavjuddir. Inson ko’zining to’r pardasi 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik (kunduzgi) ranglar ko’riladi, xolos. Tayoqchalar yoruqlikni yaxshi sezuvchan bo’lib, xira va qoronqi paytlarda o’z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |