Oila to’g’risidagi qonun hujatlari Ushbu kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlardan iborat.
Oila to’g’risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilanini mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat hamjihatlik, bir-birga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolaring mas’uligi hissi asosida qurishdan biron-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l qo’ymaslikdan, oila a’zolari o’zi huquqlarini to’sqinsizlik amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilishni taminlashdan iboratdir.
1. Sharxlanayotgan 1-moddadan uning nomidan ayon bo’lishicha, ikkita masala, yani oila to’g’risidagi qonun hujjatlariga va unlearning vazifalariga bag’ishlangan qoidalar nazarda tutilgan. Oila haqidagi qonun hujjatlari mazkur Kodeksning 5-moddasi (ushbu modda shrxlkariga qaralsin) doirasida belgilangan munosabatlarni tartibga solishga bag'ishlangan qonun hujjatlaring tizimidan iborat. Oilaviy munosabatlar ushbu tizimga kirmagan qon hujjatlari bilan ham tartibga solinishi mumkin (OK 6-9-moddalari sharxlariga qaralsin). Oila kodeksi va boshqa qonun hujjatlari, o’z navbatida O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasi qoidalariga zid kelmasligi shart. Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq (birorta qonun yoki boshqa narmativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas).
Oila to’g’risidagi qonun hujjatlari bn tartibga solinadigan, doirasi belgilangan munosabatlar (OK 5-moddasi ) O’zbekiston Respublikasi Prizidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi hukumati tamonidan qobul qilingan qarorlar bilan ham hal qilinishi mumkin. O’zbekiston Pespublikasi Konsitutisuyasining 94-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Konsitutsiyaga va qonunlarga, yani Oila kodeksiga asoslanib majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoishlar chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi Konstutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlariga, yani Oila kodeksiga ham muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida barcha tashkilotlar,mansabdor shaxslar va fuqorolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
2.Sharxlanayotgan mazkur moddaning ikkinchi qismida Nikoh va oila kodeksidan farqli o’laroq O’zbekistonda oila munosabatlarini huquqiy tartibga solishning vazifalarini va mohiyatini,ma’nosini,shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstutsiyasining ikkinchi bo’limida inson va fuqorolarning asosiy huquqlarini,erkinliklari va burchlari to’g’risida qoidalar bilan bevosita yoki bilvosita uzviy bog’langan.Ushbu vazifalar va tamoillarning har biri oilaviy munosabatlarning ma’lum sohasiga ta’luqli bo’lib,ommaviy munosabatlarni qunun yordamida tartibga solishning,axloq nazaridan qanchalik zarur ekanligini ko’rsatish bilan birga munosabat ishtirokchilarning muayyan huquq va majburiyatlarini belgilashda muhim ahamiyatga egadir.Huquqiy davlatda oilaviy munosabatlarga oid axloqiy normalar huquqiy normalar bilan bog’liqdir. Huquqiy normalarni muyyan munosabatlarga tadbiq qilishi,umumiy insoniy talablarini amalga oshirishni taminlasa,axloqiy normalar esa,o’z navbatida,qonunlarni buzmasdan to’g’ri amalga oshirish qonun talablariga og’ishmay roiya qilish uchun zarur hissiyotlarni tug’diradi.
Adolat va tenglik qaror topgan demokratik jamiyatni oilaviy munosabat yuksak ideallar-muhabbat,do’stlik,biridarlik,o’zaro hurmat-izzat tamoillari asosida tuzilishi muqarrar.Nikohning ozod bo’lishi,er va hotinning nikohga o’tishning erkin bo’lishi oila munosabatlarining mustahkam va abadiy bo’lishi uchun kerakdir.
Oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan asosiy maqsad oilaning mustahkam bo’lishida munosabatlarni o’zaro mahabbat, ishonch,hurmat va hamjihatlik zamirida,barcha a’zolarning mas’ulliga hissi asosida qurishdan iborat.Ushbu maqsad oila kodeksining va boshqa qonun hujjatlarning asosiy g’oyasi bo’lib hisoblanadi.Ushbu g’oya Oila Kodeksining barcha istitutlari;nikoh tuzish va uni bekor qilish;er-hotinning,ota-ona va bolalarning huquq va majburiyatlariga bag’ishlangan qoidalarining hususiyatini belgilovchi mezon hisoblanadi.
3.Oila qonunlarinig muhim vazifalaridan va maqsadlaridan biri-Fuqorolarning oila oldidagi mas’ulyatlarini his qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.Bu vazifa va maqsadini amalga oshirishda boshqa faktlar bilan birga er va hotin, ota-onalar bilan bolalar hamda boshqa qarindosh-urug’lar o’rtasidagi qonunlar bilan belgilangan majburiyatlar va ularni bekam-ko’st bajarish muhim o’rin egallaydi.
Xulosa
Oila munosabatlari “O’zbakiston Respublikasi oila kodeksi” bilan tartibga solinadi. Bu munosabatlarni nikoh, er-hotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a’zolari o’rtasidagi munosabatlardir. Oila bu ota-ona, er-hotin, farzand va qarindosh-urug’lardan tuzilgan uyushma bo’lib, oila a’zolari o’rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir. Oila bu- jamiyatning bir bo’lagi, kichik bir vatan, insoniy, muhabbat ifodasi, insonni dunyoga keltiradigan makon, ilk tarbiya o’chog’i, yurt boyligi va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi. Bu barcha fuqorolardan o’z oilasini mustahkamlash, uning har bir a’zosini vatanparvar, davlatimiz uchun sidqidildan xizmat etuvchi, sodiq farzand qilib tarbiyalashni talab qiladi. Oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan asosiy maqsad oilaning mustahkam bo’lishida munosabatlarni o’zaro mahabbat, ishonch,hurmat va hamjihatlik zamirida,barcha a’zolarning mas’ulliga hissi asosida qurishdan iborat.
Foydanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. O’zbekiston Respublikasi qonunchilik asoslari-Xrestomatiya T Toshlent”Adolat”.
2. O’zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi-Toshkent”Adolat” 3. Fuqarolik va oila huquqi. T.Xolmoo’minov. N.S.Narmatov N.A.Qo’ldoshev.
4. O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga sharxlar. Toshkent”adolat”.
5.www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |