Sun’iy qurilish materiallari, bog‘lovchi moddalar, o‘tga chidamli materiallar, sopol, shisha va silikatli g‘isht hom ashyosi hisoblanadi. Bog‘lovchi moddalarga sement, gips va ohak kiradi. Ular uchun xomashyo sifatida ohaktosh, gillar, mergel, gips ishlatiladi (13-rasm).
13-rasm. Sun’iy qurilish materiallari
Ohaktoshlar asosan kalsiy mineralidan (SaSO3) iborat; biroz qum bering zarrachalari uchraydi. Toza ohaktoshlarda ularning miqdori 5 foizdan oshmaydi. Ohaktoshlarning eng muhim ishlatish sohasi sement va shisha ishlab chiqarish hisoblanadi. Bundan tashqari qurilishda fundament va devor qurishda, uylarning tashqi tomonini bezash uchun plitalar olishda hamda beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
Ohaktosh konlari asosan cho‘kindi konlar hisoblanadi. O‘zbekistonda deyarli har bir viloyatda ohaktosh konlari topilib xalq xo‘jaligida ishlatilmoqda.
Ayni damda O`zbekistonda 13 ta tsement zavodi faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 9 mln tonnani tashkil qilsada, Respublikada tsementga bo`lgan ehtiyoj to`laligicha qondirilgani yo`q.
Bugungi kunda O`zbekistonning eng yirik tsemen ishlab chiqaruvchi korxonalari quyidagilardir: «Qizilqumtsement» - 3,5 mln. tona, «Ohangarontsement» - 1,74 mln tonna, «Bekobodtsement» - 1,25 mln tonna, «Quvasoytsement» 1,08 mln tonna, Jizax tsement zavodi 1 mln tonna va yana bir necha kichik tsement zavodlaridir.
YAkin kelajakda O`zbekistonda tsement zavodlari soni 18-20 tani tashkil etishi kutilmokda, ularga Kattakurgon, Surxondaryo, Xorazm va boshkalarni kiritish lozim.
Nometal foydali qazilmalarga iqtisodiyotda o‘zining muhim fizik va fizik-kimyoviy xossalari, mineral tarkibi tufayli ulardan turli mahsulot hamda materiallar olish mumkin bo‘lgan xomashyolar kiradi. Nometall foydali qazilmalar guruhi 130 dan ortiq sanoat turidagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga oladi. Ular tabiiy holda yoki biror ishlov berib qo‘llaniladi.
Ko‘pchilik nometall foydali qazilmalar umumiy xossalarga ega bo‘lgani uchun bir-birini almashtirib sanoatda ishlatish mumkin. Shuning uchun ularni o‘rganishda miqdoridan tashqari texnik, fizik-kimyoviy xossalari ham hisobga olinadi. Shu sababli ularga standart, texnik sharoit, konditsiya talablari qo‘yiladi.
Gips. Sulfatlar sinfiga kiruvchi mineral hisoblanadi. Hosil qiluvchi tog‘ jinsi ham gips deb ataladi. Qazib olinadigan gipsning asosiy qismi qurilish uchun alebastr olishda ishlatiladi. Buning uchun u 107–170 °Сda qizdiriladi. Bundan tashqari gips sopol, beri olishda va meditsinada ishlatiladi. Tabiiy holda sementga qo‘shiladi. Gips konlari asosan cho‘kindi konlar hisoblanadi. Gips angidrid mineralining (SaSO4) gidrotatsiyasi (suv qo‘shib olish) natijasida yirik konlar hosil qiladi. O‘zbekistonda gipsning Sharg‘un (Surxondaryo viloyati), Langar (Qashqadaryo viloyati) kabi yirik konlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |