Piran Furan Shuning uchun geksoza va pentozalarning siklik shakllari mos ravishda piranozali yoki furanozali deb ataladi.
Riboza rangsiz kristall modda boʻlib, suvda yaxshi eriydi. Furanoza shaklli ko’rinishda RNK tarkibiga kiradi. Riboza qaytarilganda ribit HOCH2 – (CHOH)3 – CH2OH, oksidlanganda ribonat kislota HOCH2 – (CHOH)3 – COOH hosil bo’ladi. Riboza eritmada asiklik va siklik shakilarda bo’ladi. Quyidagi ribozaning muvozanatdagi shakllari berilgan:
.
Riboza mononukleotidlarni gidroliz qilib yoki D-glyukozani oksidlab olinadi. Dezoksiriboza ham rangsiz kristall modda boʻlib, suvda yaxshi eriydi. U furanoza shaklli ko’rinishda DNK tarkibiga kiradi. Boshqa monosaxaridlar dezoksiriboza ham eritmada asiklik va siklika shakllari mavjud bo’lib, oddiy va murakkab efirlar hosil qilish xususiyatiga ega hamda oksidlanish-qaytarilish va kompleks hosil qilish reaksiyalari ishtirok etadi.
Q uyidagi glyukoza va fruktozalarning muvozanatdagi isomer shakllaridan ba’zilari keltirilgan:
Monosaxaridlar eritmalarda vodorod atomlari gidroksil (OH) va karbonil guruhlar orasida koʻchib yuradi, natijada siklik va asiklik shakllar orasida muvozanat oʻrnatiladi. Siklik (halqali) shakllarni Xeuors formulalari bilan tasvirlashi qabul qilingan. Fisher formulasida Xeuors formulalariga o’tishda quyidagi qoidalar bilishi kerak: 1. Halqani (siklini) tekis ko’p burchak ko’rinishida tasvirlaymiz. Uglerod atomlarini nomlash soat strelkasi boʻyicha amalga oshiriladi.
2 . Fisher formulasi bo’yicha zanjirdan o’ng tomonda joylashgan atom va atomlar guruhi Xeuors formulasi bo’yicha halqa tekisligi ostida joylashtiriladi va aksincha:
Monosaxaridlarning siklik (halqali) shaklida yana bitta assimetrik uglerod atomi (aldozalarda C-1 va ketozalarda C-2) paydo bo’ladi (yuzaga keladi). Bu uglerod atomi anomerli deyiladi. Anomerli uglerod atomidagi atom va atomlar guruhining joylashuviga koʻra hosil bo’ladigan uglevodlar izomerlariga anomerlar deyiladi:
Anomerlar ( bir-biriga to’g’ridan-to’g’ri o’tib turmaydi.
Bir anomerdan ikkinchisiga oʻtish uchun oraliq modda sifatida albatta siklik shakl hosil bo’lishi kerak:
D-galaktoza ham muhim biologik ahamiyatga ega bo’lib, u D-glukozadan 4-C atomidagi OH guruhning holatda bilan farq qiladi. U ham glyukoza kabi va aldegid shakllarga ega.
D-fruktoza muhim ketogeksozalarga kiradi. Fruktozaning siklik (halqali) shakli uchun furanozali tuzilish xarakterli. Furanozali shakl keton guruhning 5-C atomidagi OH guruh bilan ta’sirlashuvi natijasida hosil bo’ladi:
Pentozalar orasida koʻproq maʼlum boʻlgani D-riboza va uning hosilasi 2-dezoksi-D-riboza (ikkinchi uglerod atomida gidroksil guruh yo’q)dir. Bu mono saxaridlar RNK va DNK tarkibiga (furanozali shaklda) kiradi: