NAVOIYAZOT AJ TARIXI
O‘zbekiston kimyo sanoati Navoiy kimyo kombinati qurilishi boshlangunga qadar sobiq sovet ittifoqiga mineral o‘g‘itning 7%dan ko‘prog‘ini yetkazib berar edi. Ularni ishlab chiqarish bo‘yicha aholi jon boshiga o‘rta ittifoq ko‘rsatkichlaridan o‘zib ketgandi.
Baribir respublikada mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmi qishloq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondirolmasdi, shuning uchun o‘g‘itni mamlakatning boshqa hududlari, masalan, g‘arbiy Sibir va Ukrainadan, shuningdek chetdan olishga to‘g‘ri kelardi.
O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talab 1965 yilda 3460 ming tonnani, jumladan azotli o‘g‘itga 2032 ming tonnani tashkil etdi. Lekin bor yo‘g‘i 2146 ming tonna, jumladan, 1338 ming tonna azotli o‘g‘it ishlab chiqarilgan edi.
Buxoro viloyati hududida ochilgan tabiiy gaz konlari foydalanishga topshirilgach, O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilishi tez sur’atda o‘sishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Buxoro tabiiy gaz konlaridan xomashyo sifatida foydalanish iste’molchilarning azotli o‘g‘itga bo‘lgan talabini to‘la qondirdi.
Bularning hammasi, shuningdek, yirik Navoiy GRESi qurilishi Navoiy shahrida tabiiy gazni kompleks ravishda qayta ishlash bazasida ammiakli selitra va organik ishlab chiqarish sexlar guruhi bilan nitron tolasi ishlab chiqarishga zamin yaratdi.
Navoiy kimyo kombinati loyihalashtirish
Navoiy kimyo kombinatini loyihalashtirishda sobiq ittifoqning 10 dan ortiq yirik kompaniyalari ishtirok etdi. Bundan tashqari ammiak ishlab chiqarish 3 navbati loyihasini qayta ishlashda Chexoslovakiya loyihalashtirish kompaniyasi ishtirok etdi. Kombinat qurilishida bosh loyihalovchi azot sanoati davlat instituti ( ASDI), 1970 yildan boshlab esa ASDI ning Chirchiq filiali bo‘ldi.
Navoiy kimyo kombinati ishlab chiqarishi bo‘yicha quyidagi asosiy loyihalar ishlandi:
Navoiyazot aksiyadorlik jamiyati
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
"NAVOIYAZOT" AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Navoiy shahrida joylashgan. Korxonada ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot turlari: mineral oʻgʻitlar, nitron tolasi, sirka kislotasi, tiomochevina, xlor va xlor mahsulotlari, kaustik soda. Bundan tashqari, 70 dan ortiq turdagi mahsulotlar, organik va noorganik kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mineral oʻgʻitlar, turli xil organik sintez mahsulotlari va akril tolasi (nitron) ishlab chiqarish maqsadlarida tabiiy gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona sifatida qurilgan. Tabiiy gaz, havo, kaustik soda, osh tuzi va boshqa asosiy ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.
3-d 1964 yilda Navoiy kimyo kombinati nomi bilan ishga tushirildi. Shu yili kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarish boʻyicha korxonada 1-agregat foydalanishga topshirildi. 1965 yildan ammiak korxona toʻliq hajmda ishlashga oʻtdi.
Xom ashyodan kompleks foydalanish natijasida korxonada nitron — "sunʼiy jun" tolasi ishlab chikaruvchi zavod kurilib, 1971 yilda ilk mahsulot olindi. Shundan beri toʻqimachilik, yengil va boshqa sanoat uchun oʻta muhim hisoblangan "sunʼiy jun" ishlab chikariladi. 1965— 75 yillarda ammiak va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishning 1—2—3navbatlari ishga tushirildi. 2001 yilda Germaniyaning "Lurgi Xemnits GmBX" firmasining ishtirokida qurilgan va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xlor, oʻyuvchi soda, xlor kislotasi va natriy gipo-xlorit ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Birlashmada xlorni qayta ishlab polivinilxloridga aylantirgan holda kaustik soda ishlab chiqarish boʻyicha 2-navbat sexini qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
"N." a.j. mahsulotlari Rossiya, Eron, Tojikiston, Ukraina, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Bolgariya davlatlariga eksport qilinadi. Navoiy kimyo kombinata 1975 yilda "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasiga, 2002 yilda "Navoiyazot" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Korxonada 11 mingga yaqin muhandis-texnik xodimlar va ishchilar mehnat qiladi (2003).
Rixsivoy Yoqubov.[1]
Navoiyazot» Aksionerlik Jamiyati – shunday korxonaki, uning hayoti va tarixi O‘zbekistonning hayoti va tarixi bilan bevosita bog‘liq. Har kuni uning eshigidan minglab odamlar kiradi. Bu insonlar turli kasb-korga ega, lekin rahbardan tortib oddiy ishchigacha, hammani o‘z ishiga bo‘lgan mehr birlashtirib turadi.
Bugun «Navoiyazot» AJ jo‘shqin rivojlanayotgan, xalqaro hamkorlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy reagentlar va boshqa kam tonnali kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish dasturini bajarayotgan ko‘p profilli sanoat - ishlab chiqarish majmui.
O‘zbekiston kimyoviy mahsulotlarining 30% dan ortig‘ini ishlab chiqarib, «O‘zkimesanoat» Aksionerlik jamiyatining baza segmentlaridan biri hisoblanadigan «Navoiyazot» AJ sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, yoqilg‘i-energetika majmui, shuningdek, xizmat sohasi, fan, madaniyat, maorifning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan.
Korxonaning asosiy maqsadlaridan biri istemolchilar talabiga va mahsulot sifatining yuqori standartlariga muvofiq kelishdir, shu sababdan biz respublikada birinchilar qatorida o‘zimizda mahsulot ishlab chiqarishda texnologik reglamentga amal qilish va mahsulot va buyumlar sifatini talablarga muvofiqligini tasdiqlash, korxona mutaxassislarining ishlab chiqarishni jahon standartlari darajasida boshqarishi kafolati bo‘lgan, nufuzi va obro‘sini respublika va xalqaro darajada oshiradigan sifat menejmenti xalqaro tizimini joriy qildik.
«Navoiyazot» AJ bo‘linmalari ishlab chiqarishning tugal siklini amalga oshirmoqda. Bu yerda yangi texnologiyalar o‘zlashtirilmoqda, ishlab chiqarish va boshqaruvda avtomatik tizimlar joriy qilinmoqda, mavjud majmualar zamonaviylashtirilib, yangi ishlab chiqarishlar bunyod qilinmoqda.
Xozirgi vaqtda korxona rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarildi va bozor iqtisodiyoti talablarida oldinga harakatlanmoqda. «Navoiyazot» AJ texnika va texnologiyalarining quvvati, progressiv xarakteri hamda ishchi va muxandislarining dadil novatorlik-ilmiy asoslangan fikrlari, yuksak kasb mahorati, birdamligi sabab Mustaqil O‘zbekistonimizning iftixori sifatida ko‘pgina korxonalarga namuna bo‘lib xizmat qilib kelmokda.
Oldiga qo‘ygan bosh maqsadlaridan biri xodimlar kasbiy tayyorgarligi va tasnifini oshirish, kadrlar tayyorlash bo‘lib, bu korxonaning asosiy boyligi yuqori darajali mutaxassislar ekanligini ko‘rsatadi. 10 000 dan ortiq ishchi ishlaydigan jamoada barqarorlik, xodimlar ijtimoiy muhofazasi sharoitlarini yaratish, ish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosatga alohida e’tibor qaratiladi.
Bolalarga, har tomonlama g‘amxo‘rlik,ularning sog‘lom kamolga yetishi uchun harakat qilish ertangi kun muvaffaqiyati garovidir. Kelajakni ko‘ra olgan holda yosh…
Do'stlaringiz bilan baham: |