Reja: kirish. Navoiy ndki haqida umumiy ma`lumot navoiy ndki labaratoriyalari haqida ma`lumot



Download 32,51 Kb.
bet5/5
Sana11.03.2022
Hajmi32,51 Kb.
#489805
1   2   3   4   5
Bog'liq
NAVOIY NMZ HAQIDA MA`LUMOT

NAVOIY GRES HAQIDA MALUMOT
Navoiy issiklik elektr stansiyasi - Oʻzbekistondagi yirik issiqlik elektr stansiyasi. "Oʻzbekenergiya" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida shoʻʼba korxona. Navoiy shahrining Karmana tumani hududida joylashgan. 1960—81 yillarda qurilgan. Birinchi agregati 1962 yil fevralda ishga tushirilgan. Elektr stansiyasining asosiy uskunalari ochiq havoda oʻrnatilgan. Asosiy yoqilgʻi turi — tarkibida oltingugurt boʻlgan tabiiy gaz hisoblanadi, ehtiyot yoqilgʻisi sifatida esa mazutdan foydalaniladi.
St-yada oʻrnatilgan quvvatlari 1250 MVt boʻlgan 11 ta turboagregat (6 ta blok), 8 bugʻ qozoni bor. Bugʻ kozonlari 540° issiklikda va 130 atm. bosimidagi bugʻni ishlab beradi. Suvni Zarafshon daryosidan oladi.
Navoiy issiklik elektr stansiyasie.s. Oʻzbekistonning gʻarbiy-jan. hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan asosiy manbadir. St-ya Qizilqumdagi togʻ-kon va gaz sanoati korxonalariga, Navoiy "Elektrkimyozavodi", "Qizilqumsement" korxonasiga, AmuBuxoro, Qarshi magistral kanallaridagi nasos stansiyalariga, Buxoro, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon shaharlari isteʼmolchilariga elektr energiyasi beradi. Shuningdek, Navoiy shahridagi korxonalarni va kommunal-maishiy ehtiyojlarni issiq suv bilan taʼminlaydi. Elektr styasi kuchlanishi 220 ming voltli elektr uzatish liniyalari bilan Urganch shahridagi taqsimlash qurilmasi orqali Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasiga, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand shaharlaridagi taqsimlash qurilmalari orqali Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika tizimi ("Energiya" birlashgan dispetcherlik markazi)ga ulangan. 2002 yilda 5931,5 mln. kVt-s elektr energiyasi ishlab chiqarildi, isteʼmolchilarga 3042 ming Gkal issiklik yetkazib berildi.[
Navoiy viloyatiga tashrif buyurgan prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy issiqlik elektr stansiyasida qurilayotgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi gaz turbinasining ishlash jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bo‘lib, ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi poydevoriga tamal toshi qo‘ygan edi.
Yaponiyaning «Mitsubishi Corporation» va «Mitsubishi Hitachi Power Systems» konsorsiumi hamda «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida mazkur bug‘-gaz qurilmasini bunyod etish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Umumiy qiymati 432 million AQSH dollariga teng ushbu inshootning quvvati 450 megavatt. Qurilish «Mitsubishi Corporation and MHPS» konsorsiumi va Turkiyaning «Calik Enerji» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Prezident bug‘-gaz qurilmasi gaz turbinasining ishlash jarayonini ko‘zdan kechirdi.
An’anaviy elektr stansiyalarining foydali ish koeffitsentini oshirish yo‘llarini izlash — butun dunyo texnologlari e’tiborida bo‘lgan masala. Bug‘-gaz qurilmalari ushbu muammoning zamonaviy yechimidir. Issiqlik elektr stansiyalarining foydali ish koeffitsiyenti odatda 40 foizni tashkil etadi. Navoiy IESning birinchi bug‘-gaz qurilmasida bu ko‘rsatkich 57 foiz bo‘lsa, ikkinchisida 61 foizni tashkil etadi.
Bug‘-gaz qurilmasi to‘liq tayyor holda joriy yil sentyabr oyida ishga tushiriladi.
Davlat rahbari e’tiboriga loyiha amalga oshirilishi tufayli erishiladigan natijalar va bug‘-gaz turbinasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari haqidagi taqdimotlar havola qilindi.
Bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirilishi natijasida yiliga 3 milliard 454 million kilovatt-soat elektr energiya va issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha samarasida 1 kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg‘i sarfi kamayishi hisobidan yiliga o‘rtacha 829 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.
Mamlakatimiz energetika tizimida 2025 yilgacha yana bir qator zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarini barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu, o‘z navbatida, ming nafardan ortiq xizmat ko‘rsatuvchi yuqori malakali mutaxassis tayyorlash zaruratini keltirib chiqaradi.
Prezident ushbu ehtiyojni ta’minlash maqsadida Navoiy IES bazasida bug‘-gaz qurilmalari uchun xodimlar tayyorlaydigan o‘quv markazi tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Korxonada Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi — JICA moliyaviy ko‘magida o‘quv markazi tashkil etildi. Hozirgi kungacha bu yerda 166 mutaxassis tayyorgarlikdan o‘tdi.
Davlat rahbari korxonaning ishchilari va xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi.
Energetika tizimida amalga oshirilayotgan bunday yirik investitsiya loyihalari mavjud energetika quvvatlarini oshirish, eng muhimi, iste’molchilarni uzluksiz energiya manbai bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilashga zamin yaratadi.
Zamonaviy texnologiyalarning o‘rnatilishi esa yoqilg‘i sarf-xarajati va atrof-muhitga chiqarilayotgan zararni kamaytirish imkonini beradi.
Download 32,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish