Reja: Kirish Muhammad Alining hokimiyat tepasiga kelishi



Download 22,32 Kb.
bet1/3
Sana15.12.2022
Hajmi22,32 Kb.
#887200
  1   2   3
Bog'liq
Muhammad ali davrida misrning tashqi siyosati


Muhammad ali davrida misrning tashqi siyosati

Reja:
Kirish


1. Muhammad Alining hokimiyat tepasiga kelishi
2. Muhammad Ali hukmronligi davrida tashqi siyosat
3. Muhammad Ali hukmronligi davrida armiya, ta’lim, ilmiy taraqqiyot, iqtisodiy munosabatlar
4. Muhammad Ali hukmronligi davrida davlat boshqaruvi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH
Misrning mamluklardan keying davri, ya’ni XVIII va XIX asrlardagi tarixi o’z ildizlari bilan o’rta asrlarga, aniqrog’I 1517-yilda Usmonlilar sultoni Salim I Yovuz (1512-1530) u yerda hukmronlik qilayotgan Mamluklar sultonligi (1250-1517) ni zabt etgan vaqtga borib taqaladi. Usmonlilar sultoni Misr bilan bir vaqtda arabiston yarimorolining g’arbiy mintaqalarini ham o’ziga qaratishga erishish orqali Qohirada Mamluklar sultoni huzurida faoliyat olib borayotgan xalifa al Mutavakkil III dan Makka “Bayt al-haram” kalitlari bilan bir vaqtda “Amir al-muminin” unvonini ham oldi. Shunday qilib, Salim I barcha bosib olgan yerlarining hukmdori bo’lishi bilan birga mazkur hududdagi sunniy musulmonlarning diniy rahbariga aylandi. Bu o’z navbatida Sharq va G’arb o’rtasida savdoda ustunlikka ega bo’lish uchun olib borilayotgan kurashni yanada kuchaytirdi.


XVIII asrning oxirida Angliya, Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya singari bosqinchilik urushlarini olib borayotgan kuchli va iqtisodiy rivojlangan Fransiya Afrikada o’zining qudratli mustamlaka imperiyasini tuzishga intildi. Napleon I Turkiyani Rossiya bilan urushdan zaiflashgani va Misrdagi ichki qarama-qarshiliklardan foydalanib, unga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. Bu yerda Misr Lyudovik XIV (1643-1715), Lyudovik XV (1715-1774) va Lyudovik XVI (1774-1792) davrida Fransiyaning diqqat markazida bo’lganligini ta’kidlash lozim. Lyudovik Xvi ning vafotidan keyin Fransiyaning Misrdagi konsuli bosqinchilik faoliyatini jadallashtirdi va bu, ayni paytda, Fransiya hamda Angliya o’rtasida Misrda hukmronlikka erishish borasidagi raqobatni keskinlashtirdi.
1798-yilning 19-mayida Napaleon I Tulon portidan 300 ta qo’riqchi kema bilan muhofazaga olingan 55 harbiy kemada 35 minglik harbiylar bilan Misr tomonga yo’l olgan. Napaleon I o’sha yilning 13-iyulida Qohirani jangsiz egallab olgan. 1801-yilda ingliz harbiy kuchlari Misrga tushgan sharoitda fransuzlar Misrni tark etish qaroriga keldi.
1801`-yilda fransuzlar mamlakatni tark etganidan keyin Misr xalqining Usmonlilar va mamluk amirlariga qarshi olib borayotgan 4 yillik kurashdan so’ng turklarning rahbarligiga chek qo’yildi, ammo mamlakat Usmonlilar mulki bo’lishi hamda turklar, mag’ribliklar va albanlar Misrda turli lavozimlarni egallashda davom etdi.
Xalq ushbu holatdan qutulish yo’llarini izlab, Shayx Umar Makram va Shayx ash-Sharqoviy hamda al-Azharning boshqa ulamolari rahbarligida kurashni boshlagan. Bu kurashda xalq va uning liderlari xalq manfaatlarini ko’zlovchi hamda himoya qiluvchi shaxs sifatida Muhammad Alini e’tirof etib, uni hokimiyatni olishga da’vat etgan. Muhammad Ali 1805-yilning 13-mayida hukmronlikni qo’lga kiritgan, ya’ni Misr hokimiyati tepasiga kelgan. Bu voqea adolatni o’rnatish uchun birinchi bor xalq irodasi bilan Usmonlilar sultoniga murojaatni rasmiylashtirish va Muhammad Alini hukmdor etib tayinlanishi borasidagi qadam bo’lgan. Usmonlilar sultoni Salim III Misr xalqining xohishini qabul qilib, 1805-yil9-iyulida Xurshid posho o’rniga Misr voliysi etib Muhammad Alini tayinlash yuzasidan Farmon chiqargan.
Muhammad Alining hokimiyat tepasiga kelishi
Muhammad Ali – 1769-yilda Makedoniyaning kichik shaharlaridan biri, makedoniyalik Iskandar va Ptolomey I tavallud topgan Kavalada tug’ilgan. Uning otasi Ibrohim og’a yo’llarni qo’riqlovchi guruhlar jamoasini rahbari bo’lgan. Ibrohim og’aning 17 farzandidan faqatgina Muhammad Ali tirik qolgan. Muhammad Alining yoshligida ota onasi vafot etgan . 14 yoshlik Muhammad Ali avval amakisi Tusun qo’lida o’sgan. So’ngra otasining do’sti Ismoil qo’lida tarbiya olgan. Shuning uchun farzandlariga ularning ismini qo’ygan. Usmonlilar Misrni fransuzlardan ozod qilish uchun yuborgan harbiylar ichida Muhammad Ali o’sha batalyonga komandir – “bekboshi” bo’lib qolgan. Muhammad Ali 1849-yilda Qohirada vafot etgan. Ilmiy manbalarda uning ismi Muhammad Ali posho tarzida ham berilgan ( K. Bosvort “Musulmon sulolalari”). Usmonlilar tomonidan berilgan “posho” unvoni arab tilida “p” harfi bo’lmaganligi uchun “bosho” shaklida talaffuz etilgan.

Muhammad Ali hokimiyatga kelgandan so’ng dastlabki yillarda unga Misrdagi muhit, ya’ni bir tomondan Usmonlilar, ikkinchi tomondan inglizlar va uchinchi tomondan – inglizlarning qo’g’irchoqlari – mamluklarning fitna nayranglariga qarshi turish hamda ular bilan murosa qilish katta qiyinchiliklar tug’dirgan.


Xalqning turli rahbarlari Muhammad Ali har tomonlama qo’llab quvvatlagan va bu mavqe u hukmdorlik qilgan dastlabki bir necha yil mobaynida davom etgan. Bu borada xalq liderlarining boshlig’i – Umar Makram tomonidan unga katta dastak berilganini alohida aytish lozim. Mamluklar bilan bog’liq jarayonlar va inglizlar hujumi xalq liderlari qo’llashi orqali o’z mavqeini yanada mustahkamlab olgach, uni taxtga keltirgan va shon sharafga ega bo’lgan mazkur shaxslardan qutulish yo’llarini izlay boshladi.
1808-yilda Nil toshishi natijada hosilning kamayishi va narx-navoning oshib ketishi, hukumat g’aznasida mablag’ning kamligi hamda yangi soliqlar solinishi aholining shikoyatlar bilan ulamolarga murojaat etish holati katta tortishuvlar va pirovard natijada, Muhammad Ali bilan Umar Makram o’rtasida nizoga olib kelgan.
Shu kabi va boshqa kelishmovchiliklar Muhammad Alini liderlardan halos bo’lish fikrini mustahkamlagan va bu tadbirni amalga oshirgan. Umar Makramning surgun qilinganligi bunga misoldir.
Muhammad Ali o’g’li Tusunni taxtga vorisligini e’lon qilinishi tantanasi munosabati bilan 1811-yilning 1-martida barcha amirlar, ko’zga ko’ringan ulamolar va mamluklarni qal’aga taklif etgan. Mamluklar buni ular bilan aloqalarni yaxshilash belgisi deb qabul qilgan va zeb ziynatlarini taqib, Muhammad Ali huzuriga –Qal’aga borgan. barchasini qurshab olib, o’ldirtirgan. Qal’aga kirgan 470 mamluk va ularga hamrohlik qilganlarning barchasi o’ldirilgan. O’sha kuni o’lgan;larning soni 1000 nafardan oshgan.
Muhammad Ali davrida Misr bir necha urushda ishtirok etishining ijobiy natijalari – Misr milliy harakatining muvafaqqiyat qozonishiga xizmat qilganligida aks etgan. Ba’zi tarixchilar fikricha, mazkur urushlar bo’lmaganda, balki Misrning Usmonlilar istibdodidan qutulishi ham ancha mushkul bo’lar edi.
Muhammad Ali hukmronligi davrida tashqi siyosat

Muhammad Ali davrida Misr ishtirok etgan urushlarning birinchisi – 1807 yilda misrliklar inglizlar hujumidan o’z diyorini himoya qilgan urush bo’lgan. Bu urushda inglizlar mag’lubiyatga uchragani bois u Misr uchun birinchi g’alabani ta’minlagan urush hisoblanadi.


Muhammad Ali turk sultoni Mahmud II ning vahobbiylarga qarshi jazo yurishida qatnashish haqidagi taklifini jon deb qabul qildi va shu yo’l bilan Arabiston yarim orolida o’rnashib olishni rejalashtirdi. Arabistonga qarshi yurish uzoq davom etdi ( 1811-1818 ). Vahobbiylar qo’shini tor-mor etilib, Arabiston yana Usmoniylar davlati tarkibiga qo’shildi, lekin u amalda Misr tomonidan zabt etildi.
1820-1822-yillarda Sudan zabt etilgan. Sudan zabt etilishining sabablari:

  • 1820-yilga kelib, Muhammad Ali arabiston yarim orolidagi urushi natijasida iqtisodiy sharoiti murakkablashgan mamlakatni kuchaytirish va boyitish uchun Nil daryosining boshlanishigacha bo’lgan mintaqani egallash niyati bo’lgan;

  • Misr mulkini janub tomon hisobiga kengaytirish va mzakur mintaqani iqtisodiy jihatdan Misr bilan bog’lash hamda o’z manfaati yo’lida xizmat qildirish bo’lgan;

  • Muhammad Alining asosiy mo’ljali Nil daryosini boshidan to deltasigacha bo’lgan hududni Misrga qaratish, chunki u Nil Misr uchun tom ma’noda hayot ekanligini yaxshi bilganligidadir.

1826-yilga kelib Muhammad Ali Sudanni to’liq bosib oldi. Misrning Sudanda hukmronlik yillarida madaniylashuv amalga oshirildi. Xartum, Kassala, Fomkax kabi shsharlar ta’sis etilgan. Mamlakatda qishloq xo’jaligi rivojlantirilgan, geografik ekspeditsiyalar, tadqiqotlar. izlanishlar amalga oshirilgan.
Muhammad Ali 1831-1833-yillardagi turk-misr urushi davomida Suriya, Livan, Falastinni o’ziga bo’ysundirib oldi. Endilikda nomiga bir butun hisoblangan Usmoniylar imperiyasi ichida Muhammad Alining o’ziga xos imperiaysi shakllandi, ya’ni, Misr “imperiya ichidagi imperiayaga aylandi. Lekin bu holat Misrni mustahkamlanishiga olib kelmadi aksincha zaiflashdi. Ko’p o’tmasdan Livan, Suriya va Falastin arablari Muhammad Aliga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar. Qo’zg’olon shafqatsizlik bilan jazolandi.
Yevropa davlatlarining uzoq davom etgan muzokaralridan so’ng sultonning 1841-yil 1-iyundagi farmoni bilan Misrning maqomi qonuniylashtirilib qo’yildi. Muhammad Ali Misr va Sudandagi hukmronligini saqlab qoldi, lekin boshqa hududlarni boy berdi.


Muhammad Ali hukmronligi davrida armiya, ta’lim, ilmiy taraqqiyot, iqtisodiy munosabatlar
Muhammad Ali qudratli mamlakatni kuchli tartibli armiyaga tayangan holda boshqarish lozimligi va turli agressiyalardan himoyalanish mumkinligini tushunib yetgan. Misr ichki mustaqillikka erishishdagi asosiy faktorni armiya tashkil etib, Muhammad Ali tayangan birinchi ustun bo’lgan. Armiya mamlakat mustaqilligini ta’minlagan va uni 60 yildan ko’proq vaqt mobaynida muhofaza qilib kelgan. 1820-yilda Misrda armiya uchun meditsina idoralari tashkil etilgan va ularga xorijiy mutaxassislar takilf etilgan.
Ushbu armiya bo’lmaganida Turkiya allaqachon Misrni butunlay bosib olgan, Yevropa davlatlari ham Angliya 1882-yilda amalga oshirganidek, uni ancha ilgari okkupatsiya qilgan bo’lar edi.

Download 22,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish