Reja: Kirish Moliya tizimi va uning sohalari Moliya tizimida davlat moliyasining tutgan o`rni Davlat krediti va davlat qarzlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


DAVLAT KREDITI VA DAVLAT QARZLARI



Download 1,51 Mb.
bet10/17
Sana23.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#404647
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Kurs ishi The Sardorbek

3.DAVLAT KREDITI VA DAVLAT QARZLARI

XX asr jahon amaliyotida byudjet taqchilligi muammosiga turlicha yondashish natijasida bir qancha g‘oyalar va qarashlar yuzaga keldi. Bu qarashlarda byudjet taqchilligining asosiy tamoyillarini, uning rivojlanish tendensiyalarini,uni tartibga solish usullarini va moliyalashtirishning asosiy manbalarini yoritib berishga harakat qilgan. Mazkur qarashlarda 3 guruhga bo‘lish mumkin, jumladan: doimiy balanslashtirilgan byudjet, doiraviy asosda balanslashtirilgan byudjet va funksional moliya g‘oyasi asoslari.

Doimiy balanslashtirilgan byudjet g‘oyasiga ko‘ra, byudjet har yili daromadlar va harajatlarning tengligi asosida to‘zilishi shart. Lekin, har yili byudjetni balaslashtirish iqtisodiy tanglik tebranishlarini kuchaytiradi. Bunday sharoitda soliqlar tushumlari o‘z o‘zidan qisqaradi.Byudjetni balanslashtirish maqsadida hukumat birinchidan, soliq stavkasini oshiradi, ikkinchidan, davlat harajatlarini qisqartiradi va uchinchidan ikkalasini uyg‘unlikda amalga oshiradi. Bu tadbirlar iqtisodiyotdagi yalpi talabni rag‘batlantirish emas, balki uni qisqarishiga olib kelishi mumkin. Har yili balanslashladigan byudjet inflyatsiya sur’atlarini tezlashtiradi. Iqtisodiy o‘sish davrida pul daromadlari ortadi, o‘z-o‘zidan bu soliq tushumlarining ham ortishiga olib keladi. Byudjetdagi ijobiy qoldiqni yo‘qotish uchun hukumat birinchidan, soliq stavkalarini pasaytirish, ikkinchidan, davlat harajatlarini oshirish, yoki ikkala yondashuvni hamkorlikda amalga oshirish kerak. Bu yondashuvlardan qaysi birining qo‘llanilishidan qat’iy nazar, iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoni yuz beradi. Mazkur g‘oya tarafdorlari byudjet taqchilligini iqtisodiyot uchun xavfli holat hisoblaydilar va uni moliyalashtirishda davlat qarzlaridan foydalanish mamlakatning likvidliligini yo‘qolishiga va davlat qarzlarini amortizatsiyasi hamda foizlari bo‘yicha xarajatlar ko‘rinishidagi davlatning qo‘shimcha byudjet xarajatlarini ko‘payishiga olib keladi deb fikrlaydilar.

Iqtisodiy pasayishni oldini olish uchun hukumat soliqlarni pasaytirish hamda davlat xarajatlarini oshirishi zarurligidan byudjet taqchilligini o‘zi bilgan holda vujudga keltiradi. Buning natijasida yuzaga keladigan inflyatsiyali iqtisodiy o‘sish davomida soliqlar oshiriladi va davlat xarajatlari kamayadi. Shu asosda xosil bo‘ladigan ijobiy qoldik, iqtisodiy pasayish yillarida yuzaga keladigan taqchillikni qoplashga o‘tiriladi. Bu g‘oyaning asosiy muammosi shundan iboratki, iqtisodiy o‘sish va inqirozlar iqtisodiy doirada bir xil bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosi byudjetni barqarorlashtirish muammosiga qarshi chiqadi.

Davlatning kredit munosabatlari natijasida qarz munosabatlari kelib chiqishi mumkin.Davlatning olgan kreditlari o‘z vaqtida qaytarilmagan sharoitda davlat qarzlariga aylanadi.

Davlat qarzlari va uning foizlarini to‘lash davlat byudjeti uchun qo‘shimcha harajatlar hisoblanadi.

Davlat krediti milliy boylikning va yalpi ichki mahsulotning qiymatining ikkilamchi taqsimlanishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi to‘g‘risidagi qonunda «Davlat ichki qarzlari –davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston respublikasining majburiyatlari yigindisidir»12- deb ko‘rsatib o‘tilgan.

Davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish- aktivlarni ichki manbalarda jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarini vujudga kelishi hisoblanadi.

Shuni ta’qidlash joizki, davlat qarzlari bizning fikrimizcha olingan kreditlar fakat o‘z vaqtida to`lanmagan hollardagina davlat qarzlariga aylanadi. Shuning uchun ham har qanday kreditlarni biz davlat qarzlari sifatida ko‘rishimiz mumkin emas. Haddan ziyod ko‘p kredit olish olingan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlarni to‘lash va kredit amortizatsiyasini qaytarish imkoniyatini yo‘qolishiga olib keladi va natijada davlat qarzlari vujudga keladi.

Albatta, davlat qarzlari davlat moliyasi uchun tashvishli bo‘lishi mumkin. Chunki, o‘z vaqtida qaytarilmaydigan kreditlar milliy daromadni taqsimlanishi natijasida davlat daromadlari hisobiga qoplanadi. Bu qo‘shimcha xarajatlar byudjet uchun moliyaviy girlik qilmasligi lozimdir.




Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish