Kafedra tarixi:
2021 yilda Toshkent davlat texnika universitetining Elektr energetikasi fakulteti qoshidagi «Elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasiga (avvalgi nomi «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasiga) 88 yil to‘ldi.
Ushbu davr ichida kafedra O‘zbekiston respublikasi, MDH va boshqa davlatlari xalq xo‘jaliklarining turli tarmoqlari uchun nihoyatda zarur bo‘lgan minglab muhandis-elektromexanik kadrlarni tayyorlab berdi. Kafedra tayyorlagan mutaxassislarni bugungi kunda respublikaning eng yirik ishlab chiqarish korxonalari bo‘lmish – OAJ «O‘zbek metallurgiya kombinati», OAJ «Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati», OAJ «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» va boshqa mulkchilik turlari har xil bo‘lgan yuzlab korxonalarida respublika uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. Bundan tashqari kafedra tayyorlagan mutaxassislar loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlarida munosib xizmat qilmoqdalar. Ularning orasida o‘z sohasining yirik mutaxassislari, sanoat korxonalarining rahbarlari va yirik olimlar bor.
88 yil mobaynida kafedraning rivojlanishida, o‘quv jarayonini tashkil qilishda va takomillashtirishda, kafedraning o‘quv-ilmiy bazasini mustahkamlashda va malakali mutaxassislarni tayyorlashda kafedrada uzoq yillar mehnat qilgan ustozlar: professorlar T.P. Gubenko, M.Z. Homudxonov, V.L. Anximyuk, H.G‘. Karimov, N.H. Bozorov; dotsentlar R.L. Kraevskaya, O.P. Ilin, E.N. Bedrin, K.V. Sokolovskiy, V.P. Shevyakov, T.J. Ortiqov, A.E. Serov, A.A. Imas, X.S. Minikeev, S.S. Saidahmedov, A.T. Imomnazarov, A.O‘. Mirisaev, N.S. Savriddinov. Xozirgi kunda shu kafedrada ishlayotgan ustozlar: professor X.B.Sapayev, SH.B. Umarov; dotsentlar A.O. Po‘latov, M.M. To‘laganov, S.S. Xolikov, V.V.Sipkina, M.M. Mirhaydarov; katta o‘qituvchilar: M.M. Mirsaidov, I.A.Abdullabekov, D.N.Isamuxamedov; assistentlar: F.A.Akbarov, X.A.Mo’minov, N.U.Ishanxjdjayeva, A.U.Turabekov, D.D.Raxmatov, U.A.Bokijonov, Sh.M.Atajiyev va boshqalarning.
«Elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar» kafedrasi avval 1933-yili O‘rta osiyo politexnika institutining energetika fakulteti qoshida «Elektr yuritma, umumsanoat qurilmalari va texnologik majmualarni avtomatlashtirish» nomi bilan faoliyatini boshlagan edi.1978-yilga kelib kafedra «Elektr yuritma va sanoat qurilmalarini avtomatlashtirish (EYU va SQA)» nomi bilan atala boshladi. 2005-yilda esa «EYU va SQA» kafedrasi negizida bugungi kunda ToshDTUning yetakchi kafedralaridan biri bo‘lmish «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasi tashkil etilgan.Bu kafedrada bakalavriaturaning 60710700-«Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo`nalishi va magistraturaning 70710703-«Elektr texnik majmualar va tizimlar» va 70710901 – «Energiya tejamkor va energiya auditi» (sanoat) mutaxassisliglari bo‘yicha ta’lim berish va kadrlarni tayyorlash amalga oshiriladi.
Kafedrada 17 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan tarkib mehnat qiladi, shundan 2ta texnika fanlari doktorlari, 5ta fanlar nomzodi, dotsentlar, 3ta katta o‘qituvchilar, 7ta assistent va 2ta O‘zbekenergo Ilmiy – texnika markazi va sanoat korxonalaridan yetakchi mutaxassislar.
Talabalar amaliyoti «Uzbekenergo» AK, «O’zelektroapparat-Electroshield» singari va boshqa O‘zbekiston Respublikasining yetakchi korxonalarida o‘tkaziladi. Kafedra va ilmiy tashkilotlarning yetakchi olimlariga biriktirilgan iqtidorli talabalarni tayyorlashga katta e’tibor beriladi. Kafedra zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va qo‘llanmalar hamda tegishli laboratoriya bazasi bilan ta’minlangan. Kurs loyihalari va talabalarning bitiruv ishlari mavzulari sanoat korxonalari va akademik institutlarining muammolari bilan uzviy bog‘liq. Kafedra Yevropa (Germaniya, Gretsiya va boshq.), Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va boshqa chet davlatlarining universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Kafedra malakali kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy va o‘quv-metodik ishlarda O‘zbekiston viloyatlarining OTMlariga munosib ko‘mak ko‘rsatadi. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari (prof. O.O. Hoshimov rahbarligida) «Oliy ta’lim to‘g‘risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash to‘g‘risidagi Milliy dastur» asosida energetika sohasidagi oliy ta’lim tizimidagi 60710700-«Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo`nalishi va 70710703-«Elektr texnik majmualar va tizimlar» va 70710901 – «Energiya tejamkor va energiya auditi» (sanoat) magistratura mutaxassisliklarining o‘qish rejalarini, mutaxassislik fanlaridan o‘quv dasturlarini tuzishda, me’yoriy hujjatlarini tayyorlashda va amaliyotga tatbiq etishda faol ishtirok etdilar.
Darslar o‘zbek va rus tilida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |