Yuza nazariyasiga binoan, maydalash jarayonidagi ish, materialni parchalanish yuzasi bo`yicha molekulalar tortishiщ kuchini engishga sarflanadi. Ushbu nazariyaga ko`ra, maydalash uchun zarur ish, maydalanish natijasida yangi hosil bo`layotgan yuzalarga proportsionaldir.
Hajmiy nazariyaga binoan, maydalash jarayonidagi ish material deformatsiyasiga, ya’ni eng yuksak parchalanish deformatsiyasiga etkazish uchun sarf bo`ladi.
Maydalash jarayonida tashqi kuchlar ta’sirida bajarilgan hamma ish A Rittinger tenglamasi orqali aniqlanadi:
bu erda AD - parchalanayotgan bo`lak hajmining deformatsiyasiga sarflanayotgan ish, J; Ayu - yangi yuza hosil qilish uchun sarflanagan ish, J; K1-jismning hajm birligini deformatsiya qilish uchun sarf bo`lgan ishga teng proportsionallik koeffitsienti; K2-yangi yuza hosil kilish uchun sarflangan ishga teng proportsionallik koeffitsienti; V - parchalanayotgan jism hajmining o`zgarishi; F- yangi hosil bo`lgan yuza.
Rittinger maydalash gipotezasiga binoan, ish maydalash paytidagi hosil bo`lgan yuza qiymatiga to`g`ri proportsionaldir.
Maydalash darajasi katta maydalash jarayonida jism bo`lagi deformatsiyasiga sarflanayotgan ishni hisobga olmasa bo`ladi. Unda FD2 ekanligini nazarda tutib, ushbu formulani olamiz:
bu erda D - jism bo`lagining o`lchami; - proportsionallik koeffitsienti.
Rittinger nazariyasi quyidagi holatlardan kelib chiqadi: masalan, kub qirrasining uzunligi n, maydalangandan so`ng esa 1/n bo`ladi.
M aydalash jarayonini tashqi kuchlar ta’sirida jism qirralarga parallel tekisliklar bo`ylab parchalanadi deb qarash mumkin.
Agar parchalanish aa, vv va ss tekisliklar bo`yicha parchalansa, unda 8 ta n/2 uzunlikka ega qirrali yangi kublar hosil bo`ladi (7.2-rasm).
Agar, n/3 bo`lsa 27 ta, n/4 da esa 64 yangi mayda kublar olish mumkin.
Demak, maydalash uchun sarflanayotgan ish, maydalash darajasiga proportsional:
bu erda
Unda, maydalash uchun sarflanayotgan ish, maydalash natijasida hosil bo`layotgan bo`laklarning chiziqli o`lchamlariga teskari proportsional:
Maydalash darajasi kichik, lekin yirik maydalash jarayonida yangi yuza hosil qilish uchun sarflanayotgan ishni hisobga olmasa bo`ladi. Unda, V D3 ekanligini inobatga olsak, quyidagi formulani olamiz:
tenglama Kik-Kirpichev gipotezasini ifodalaydi, ya’ni maydalash jarayonidagi ish, maydalanayotgan bo`lak hajmiga to`g`ri proportsional.
(.9) formuladagi qo`shiluvchilarni hisobga olmaslikning iloji bo`lmasa, quyidagi tenglamani keltirib chiqarish mumkin:
Ushbu tenglama Bond tenglamasi deb nomlanadi, ya’ni maydalash jarayonidagi ish, hajm va yuzalarning o`rtacha geometrik qiymatiga to`g`ri proportsional.
Mahsulotlarni kesib maydalashdan maqsad, unga zarur shakl, o`lcham va yuzalarini sifatli qilishdir. Materiallarni kesish jarayonida chegaraviy qatlam buziladi va natijasida bo`laklarga ajraladi. Material parchalanishdan avval elatsik va qayishqoq deformatsiyalarga duchor bo`ladi. Ushbu deformatsiyalar kesuvchi asbobga ko`rsatilayotgan ma’lum kuch ta’sirida hosil bo`ladi. Ta’sir etayotgan kuchlanish materialning vaqtincha qarshiligiga teng bo`lgan holdagina materialning parchalanishi boshlanadi.
Kesish uchun sarflangan ish elatsik va qayishqoq deformatsiyalar, hamda kesish asbobining materialga ishqalanishini engishga sarflanadi.
Jismlarni kesish uchun sarflangan ish A akad.Pryachkin V.P. formulasi orqali ifodalanishi mumkin:
bu erda As-mahsulotni siqish uchun sarflangan ish, J; Af-kesish foydali ishi, J. Siqish uchun sarflangan ish As = Ehs/h, bu erda E - kesuvchi pichoq bilan materialni siqish shartli moduli, J; hc - siqilgan qatlam balandligi, m; h - qatlamning boshlang`ich balandligi, m; Foydali ish Af=Fkes(h-hc), bu erda Fkes-kesish kuchlanishi.
Oziq-ovqat sanoatida kesish uchun turli xil va shakldagi pichoqlar qo`llaniladi: to`g`ri burchakli, diskli, lentali, o`roqsimon va boshqalar. Kesish asboblari qo`zg`almas, tebranma, aylanma, ilgarilama-qaytma harakatli bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |