Reja: Kirish
1. Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil etishning asosiy yo’nalishlari
2. Investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari tahlili va uni baholash
3. Investitsiya loyihasining xarajatlari tahlili
4. Investitsiya loyihalari samaradorligini an’anaviy va diskontlash usullari asosida baholash
5. Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalari tahlili
6. Qarz oluvchi korxonaning to’lovga qodirlik va moliyaviy barqarorlik tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Men Almosova Shohista Jobirovna 2021-yilning 6-dekabrdan 2022-yilning 19-martigacha “Hamkorbank” ATB Buxoro filialida korparativ xizmatlar bo’limida amaliyot o`tadim. Amaliyot davomida tashkilotning faoliyati, tuzilishi, moliyaviy holati bilan yaqindan tanishdim. O’n uch haftalik amaliyot davomida men tashkilotning kredit hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, kirim, chiqim, tashkilot faoliyatini kengaytirishdagi moliyaviy rejalar, investitsion loyihalarni tuzish, valyuta operatsiyalarining kunlik so`rovlarini ro`yxatdan o`tkazish ishlari bilan tanishdim. Institut tomonidan belgilangan dastur bo`yicha o’n uch haftalik amaliyotim davomida o`rgangan bilimlarim va dastur rejasi bo`yicha amalga oshirgan ishlarim yuzasidan hisobot tayyorladim. Tanishuv amaliyoti davrida mutaxassislik fanlardan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, tegishli ishlab chiqarish jarayonlaridagi texnologiyalarni (ishlarni) bajarish hamda sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni mustahkamlashga harakat qildim.
Tanishuv amaliyotining maqsadi -“Investitsion loyihalarni moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishi talabalarining mutaxassislik fanlardan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, tegishli bitiruv oldi jarayonlaridagi texnologiyalarni (ishlarni) bajarish, hamda sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Tanishuv amaliyotimaqsadini amalga oshirishdagi vazifalar:
nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirish;
sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirish;
amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'play olish, ulardan unumli foydalanish hamda tizimlashtirish;
amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilish va omilli bog'liqlikda xulosalar yasash;
amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish.