2.Ichki auditning normativ asoslari O’zbekiston Respublikasida davlatning tashabbusi bilan qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish va davlat korxonalarida korporativ boshqarish samarasini oshirish maqsadida ichki audit instituti shaklantirila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №215 sonli “Ustav fondida davlatning ulushi bo’lgan korxonalarni boshqarish samaradorligini ta’minlash va davlat mulkining mutanosib hisobini olib borish choralari to’g’risida”gi Qarori bilan Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom tasdiqlangan bo’lib, u ichki audit va auditorlar xizmat faoliyatini belgilovchi birinchi me’yoriy hujjatdir. Islohotlar iqtisodiyotning nodavlat sohasini ham qamrab oldi. O’z vaqtida “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsionerlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” va “Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonunlariga tegishli o’zgartirishlar kiritildi. Natijada ichki audit xizmatini shakllantirish zarurligi to’g’risidagi me’yoriy talablar nafaqat ustav kapitalida davlat ulushi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlargagina emas, balki respublikaning boshqa yirik nodavlat korxonalariga ham taalluqli bo’lib qoldi.
Qarorga muvofiq Ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom matniga ba’zi o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilib, ularga ko’ra ichki audit xizmatida ishlash uchun nomzodlarga malakaviy talablar qaytadan ko’rib chiqildi. Bu o’zgarishlar bo’yicha ichki audit xizmatida ishlashga da’vogarda ichki auditor sertifikati bo’lishi lozim. Shuningdek, ichki audit xodimlari sertifikatlash tartibi auditorlarning respublika professional jamoat birlashmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanishi ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasida ichki audit Vazirlar Mahkamasining 2006- yil 16-oktyabrdagi 215-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga egadir: ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxona mansabdor va mas’ul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish; ichki auditni o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.
Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
Ichki auditorning malaka sertifikatiga ega bo’lish;
ichki auditor sertifikati — ichki audit xizmatida faoliyat olib borish uchun ichki auditorning professional malakasini tasdiqlovchi hujjat.5
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish.
Ichki audit xizmatiga tegishli auditor sertifikatiga ega bo’lgan uning rahbari boshchilik qiladi.
Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga taqdim etadi.
Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega bo’lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak.
Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuvchi kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o’tkazilishi kerak.
Quyidagilar ichki audit xizmati mustaqilligining asosiy shartlari hisoblanadi:
1) ichki audit xizmati rahbarini va uning xodimlarini lavozimga tayinlash va egallab to’rgan lavozimidan ozod etish, korxona kuzatuvchi kengashining qarorlari bo’yicha ularga ish haqi miqdorini va boshqa to’lovlarni belgilash; 2) korxona kuzatuvchi kengashiga bevosita bo’ysunish.
Davlat tomonidan quyidagi turkumdagi korxonalarda ichki audit o’tkazilishi majburiy talab hisoblanadi: