Reja: Kirish Ichki auditni tashkil etishning maqsadi va vazifalari Ichki auditning normativ asoslari Ichki audit tizimiga qo’yilgan talablar Ichki audit natijalarini umumlashtirish va baholash Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Ichki auditni tashkil etishning maqsadi va vazifalari



Download 185,18 Kb.
bet2/10
Sana20.06.2022
Hajmi185,18 Kb.
#679223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
audit kurs ishi (3)

1. Ichki auditni tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning raxbar xodimlari va xizmatchilari yuqori saviyadagi kasbiy tayyorgarlikka, iqtisodiy-xuquqiy bilimga, tajribaga ega bo’lishlar lozim. Bugungi kunda Respublikamizda esa yuqoridagi omillar etarli darajada deb bo’lmaydi. Bu masalani kengroq tahlil qiladigan bo’lsak, bizga ma’lumki Respublikamizda mustaqillikka erishganimizdan beri ko’pgina iktisodiy-ijtimoiy isloxatlar olib borildi va bugungi kunda ular chuqurlashtirilmokda. Bu isloxatlar natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos xuquqiy bazani va iqtisodiyotimizning barcha soxalarida samarali faoliyat ko’rsatish uchun anchagina shart sharoitlar yaratildi. Bundan tashqari iqtisodiyotimizdagi soxalarni, xususiy mulkchilikni, tadbirkorlikni umuman xo’jalik sub’ektlarini erkin rivojlanishini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish maqsadlarida, nazorat qiluvchi organlarning ular faoliyatiga asossiz aralashishlarini oldini olish, har xil tekshiruvlarni kamaytirish, xaqidagi me’yoriy xujjatlar qabul qilindi.
Ichki auditning asosiy maqsadi – mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarda buxgalteriya hisobining to’g’ri yuritilishini ta’minlash, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar to’g’ri yuritilishini tekshirish, mulkdorlar manfaatini himoya qilish va boshqaruv organlari tomonidan ularning manfaatlariga zid harakatlar qilinishining oldini olish, bunday holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda mulkdorlarni xabardor etishdan iborat. Ichki audit xizmati korxona xodimlarining o’z vazifalarini yanada samaraliroq bajarishlariga va shu bilan birga korxonaning ichki imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan to’liqroq foydalanishga yordam beradi.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:3

  • kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;

  • ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.

Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:

  • har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq “Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida”gi Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo‘yicha);

  • tuziladigan xo‘jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;

  • buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo‘linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;

  • texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko‘maklashish.

Korxonalar faoliyatini samarali boshkarish uchun kabul kilinadigan konun va karorlarni shakllanishida zarur axborotning mavjudligi, xisobotlarda ma’lumotlarning aks ettirilish darajasi xamda xodimlar va boshkaruvchilarning ish sifatlari bevosita ta’sir kursatuvchi omillardir. Bu omillarning ijobiy ta’siriga erishish uchun korxonada ichki nazorat tizimini yaratish lozimdir. Ichki nazorat tizimi tushunchasi XVIII asr boshlarida paydo bulib evolyutsion rivojlanib kelmokda. Korxona faoliyatida tizim sifatida XX asr boshlarida shakllanib, kuyidagi uch elementdan tarkib topadi: xukuk va majburiyatlarning taksimlanishi, xodimlar rotatsiyasi (urin almashinuvi) xamda xisob ma’lumotlaridan foydalanish va taxlil etish.
Ichki audit - korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to’liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tamoillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish printsiplari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati xisoblanadi.
G’arb mamlakatlarida ichki audit XX asr boshlarida paydo bulib Ikkinchi jaxon urushidan sung korxonalarning ishlab chikarish xajmi keskin oshishi va detsentralizatsiyasi davrida rivojlanish boskichiga erishdi. 1941 yilda AKSh da ichki auditorlar Instituti tashkil etilib, faoliyatning xuquqiy asosi va standartlarni yaratilildi. Xozirda bu Institut dunyoning 120 ortiq mamlakatlarida mavjud va 72 ming a’zoga egadir. Jaxonda faoliyati ichki audit bilan boglik milliondan oshiq mutaxassislar mavjud.
Ichki auditning asosiy jarayonlari rejalashtirish, dalil to’plash, natijalarni umumlashtirish,berilgan tavsiyalarning bajarilishi ustidan nazorat va paydo bo’lgan nomuvofiq holatlarni to’g’rilash hisoblanadi. Ichki auditning asosiy xususiyatidan biri uning oldindan puxta tuzilgan reja asosida olib borilishidir. Buning uchun korxona - tashkilotning ichki auditga bo’lgan zaruriyatlarini o’rganish va quyidagi bosqichlarni amalga oshirish kerak bo’ladi:

  1. Ichki auditni rejalashtirish. Bu bosqichda quyidagi ishlar tartib bilan bajarilishi lozim:

  • tekshiruvga tayyorgarlik;

  • tekshiruvni o’tkazish rejasi va dasturini tuzish.

  1. Ichki auditni o’tkazish. Tekshiruv jarayoniga ichki auditorlarning ishtiroki shunday rejalashtirilishi kerakki, u

  • ishni joyida tashkil qilish;

  • kutilmagan inventarizatsiyani o’tkazish;

  • tekshirilayotgan ob’ektni tekshirish;

  • xo’jalik muomalalarini hujjatli tekshirish (zarur hollarda ekspertlarni jalb qilish);

  • tekshiruvning boshqa jarayonlarini amalga oshirish.

  1. Ichki audit hisoboti – tekshiruvning yakuniy bosqichi va u quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • tekshiruv materiallarini bir tizimga keltirish;

  • tekshirilayotgan ob’ektning mas’ul shaxslari roziligi va imzosi bilan tasdiqlangan tekshiruv hisoboti hujjatlarini tuzish;

  • kuzatuv kengashiga tayinlangan mas’ul shaxslarning tekshiruv natijalari haqidagi axboroti.

  1. Keyingi auditorlik tekshiruvini o’tkazish – bu kelgusi hisobot davri uchun amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, u quyidagilarni ta’minlashi zarur:

  • Xatolarni, kamchiliklarni, noaniqliklarni bartaraf etish;

  • Bartaraf etilishi lozim bo’lgan kamchiliklar yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

Ichki audit tizimi amaliyotda quyidagilarni qamrab oladi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish