Reja: Kirish I bob Tarjima nazariyasi fan sifatida


Tarjimaning sintaktik qiyinchiliklari o'rganishda grammatik tarjima metodikasi



Download 159 Kb.
bet6/7
Sana03.02.2023
Hajmi159 Kb.
#907293
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Darslardagi grammatik tarjima metodikasi yoki usullari

2.2. Tarjimaning sintaktik qiyinchiliklari o'rganishda grammatik tarjima metodikasi.
Ko’plab Grammatik muammolar aynan Grammatik bo’lmay, leksik muammolar bilan ham bog’liq. Shuning uchun ham ularni leksik Grammatik deb hisoblash o’rinliroq. Ushbu paragrifda tarjima jarayonida qiyinchilik tug’diruvchi so’z turkumlari bilan bog’liq savollar ko’rib chiqiladi.
Tarjimonlarga shuni yodda tutishi kerakki, ingliz va o’zbek tillaridan otlardagi birlik va ko’plikning qo’llanilishi har doim ham mos kelavermaydi. Ba’zi mavhum otlar ingliz tilida konkret manoda ishlatilib, sanaladigan ot bo’lib, ko’plik shaklda ishlatiladi. Masalan
A finely written novel about the lives and struggles of the people of Trinidad (D.W)
Trinidad xalqi hayoti va kurashi haqida yozilgan ajoyib roman. O’zbek tilida hayot so’zi ko’plik shaklda ishlatilmaydi.
Quyidagi misollar ham shunga o’xshash. Masalan
“Never have we tasken so many peaceful initiatives as in the past three years” Mr Gromyko said (D.W)
Bu hali hech qachon ohirgi uch yildaGI kabi ko’p marta tinchlik tashabbusi bilan chiqmaganlik dedi Tromiko.
O’zbek tilida tashabbus so’zi ko’plikda qo’llanilmaydi.
This policy of strength involves serious risks.
Bu siyosat jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Tavakkal mavhum oti ko’plik shaklda qo’llanilmaydi, va gapning tarjimada mazmunini berish uchun oqibat so’zi ishlatilgan.
Agar fikrni to’g’ri ifodalash uchun ko’plik son zarur bo’lsa, tarjimon ko’plik sondagi qo’shimcha so’z kiritish mumkin. Masalan tarjimada industries, polices kabi ko’plik sondagi so’zlarga duch kelish mumkin.
Ba’zan ingliz tilidagi birlik sondagi ot o’zbek tiliga ko’plikda bo’lishi mumkin. Ingliz tilida eye, lip,ear, cheek, hand, foot so’zlari birlik sonda ishlatiladi.
Masalan Her cheek blanched – uning yanoqlari oqarib ketdi.
Young Jolyon’s eye twinkled (J.G)
Yosh jollonning ko’zlari charaqlab ketdi.
Your lip is trembling and what is there upon your cheek? (Ch.D)
Lablaringiz titrayapdi, yanoqlaringizdagi nima?
Ingliz tilida Every olmoshi birlik sondagi otrlar bilan ishlatiladi. O’zbek tilida esa every (hamma) olmoshi ko’plik sondagi ot bilan ishlatiladi.
Har bir tilda aniqlik va noaniqlik tushunchaski bor, ammo bu aniqlik va noaniqlik Grammatik vositalar, yordamchi so’zlar, yani artikllar bilan berilmaydi. Inliz tilida esa artikl o’z o’rniga ega. O’zbek tilida artikl tushiunchasi mavjud emas. Quyida berilgan misollarda ingliz tilidagi artiklning turlicha manolarini tarjimada berilishini ko’rish mumkin.
He had not an enemy on earth.(G.Sh) – u dunyoda birontayam dushmani yo’q edi.
Bu holatda noaniq artikl “bir” “biron” manosida kelgan.
She is a Mrs Erlynne. ( O.Wilde) – bu qandaydir leksik Erlin bu misolda noaniq artikl “allaqanday, qandaydir “ manosida kelgan.
Now that the low has been passed… the friendly recommendation of a foreign government …. can only be regarded as intefrference in the internal affairs of Persia.
Endi qonun qabul qilingach, har qanday xorijiy hukumatning do’stona tafsiyalari Eron ichki ishlariga aralashuv sifatida ko’riladi.
Bu misolda noaniq artikl any noaniq artikli manosida kelgan. Noaniq artikl atoqli otlar oldidan kelganda tarjimada berilishi lozim. Masalan:
This was a Guernica a Goventry, a Lidice. (D.W)
Bu Ternik, Kobentri, Midisning takrori edi. Yoki tarjima
Bu yangi Ternika yangi Kobentri, yangi Lids edi.
Bu misollarda noaniq artikl metonimiya sifatida berilgan.
Aniq artikl ko’rsatish olmoshi vazifasini bajarib, atoqli va turdosh otlar oldidan ishlatiladi.
There is no harmony between the two foregn powers in Persia. Eronga nisbatan ushbu ikki hukmronlik o’rtasida uyg’unlik yo’q.
Ingliz va o’zbek tillaridagi egalik, noaniq olmoshlarining qo’llanilishida o’xshashliklar mavjud. Masalan;
He has a large family; he had a large family. Uning katta bolasi bor; uning katta oilasi bor edi.
Majhul nisbatdagi gaplarda olmoshlar tarjimadfa turlari o’zgaradi.
Masalan I am told – menga aytishdi, She was expected – uni kutushgan edi.
He was sent for – unga jo’natishdi.
Misollarda ingliz tilidagi kishilik olmoshlari o’zbek tiliga tarjima qilinganda tushum kelishigidan olmosh bilan almashtirilgan.
It olmoshi tarjimada ba’zi qiyinchiliklar tug’diradi, chunki It olmoshining vazifasi turlicha “ It is known”, “It seems” “It is essential” kabi shaxssiz gaplarda “ma’lumki” “muhimi”, “ko’rinib turiobdiki” so’z birikmalari bilan tarjima qilinadi.
Ingliz tili boshqa tillardan farqli ravishda, turli kostruksiyalarga boy bo’lib, ular yordamida so’zlovchi ish-harakatga, hodisaga o’z munosabatini (ya’ni xoxish, istak, ehtimollik, noreallik tushunchalari bilan bog’liq bo’lgan) ifodalashi mumkin. Lingvistik nuqtai-nazardan noreallikni ifodalashniikki asosiy usullari mavjud: grammatik va leksik. Noreallikni ifodalashning grammatik vositalariga modal fe’llar va naklonenie kiradi. Leksik vositalarga ravish va ega qo’llanilishi kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, ingliz tilida shartlilikni ifodalashda nafaqat shartli tuslanish qo’llaniladi, balki keng spektrdagi turli-tuman konstruksiya ishlatiladi, ular umumiy nomga ega- noreallikni ifodalovchi shakllar (Forms Expressing Unreality). Masalan, should (1-shaxs birlik va ko’plik uchun) va would (boshqa shaxslar uchun) infinitive kelgan hollarda quyidagicha tarjima qilinadi: I should be glad if you would tell me. What progress you have made . Men xursand bo’lar edim, agar menga qanday muvaffaqiyatga erishganinnizni aytib bersangiz.
Should (1 shaxs birlik va ko’plik uchun) yoki would ( boshqa shaxslar uchun) perfekt infinitive bilan ishlatilganda quyidagicha tarjima qilinadi.
Ah, no, that would have been too careless!
Oh,yo’q, bu o’ta juda ehtiyotsizlik bo’lgan bo’lardi.
Ushbu shakl ingliz tilida noreallikni ifodalaydi, o’zbek tilida esa hech qachon sodir bo’lmaydigan ish- harakatni ifodalab, buni o’zbek tilida berishni grammatik jihatdan iloji yo’q. Should ( hamma shaxslar uchun ) infinitive bilan kelganda quyidagicha tarjima qilish mumkin.
One more question, Doctor: Would it be possible to introduce a total dose of poison into a chocolate?
Yana bir savol, Doktor : shokoladga o’lim dozasidagi zaharni solishni iloji bormi?
Would (hamma shaxslar uchun ) infinitive bilan ishlatilganda:
“Oh, I say, I wouldn’t do that if I were you,” cried Mr Parker in some concern. “O, men aytyapman, sizni o’rningizda bunday qilmagan bo’lardim” , - janob Parker tashvishlanib baqirdi.
May (might ) infinitive bilan kelganda :
I might not be a clue to Mr.Deroulard’s death, but here at least was something that was not normal.
Bu janob Doroulardning o’limiga kalit bo’lolmaydi, ammo bu yerda , hech bo’lmaganda nimadir bo’lgan.
Can, could infinitive bilan kelganda :
O, Life and Love ! O happy throng of thoughts , whose only speech is song! O heart of man! Canst thou not be Blite as the air , and as free? O , hayot! sevgi!
Хулоса
Chet tilidagi matnni tushunish va to‘g‘ri tarjima qilishda gaplarni grammatik tahlil qilish ahamiyati. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga to‘g‘ri va tez tarjima qilish uchun ingliz tili grammatikasini bilish va ma’lum miqdorda so‘z boyligiga ega bo‘lish yetarli emas. Gapni tarjima qilishda lug‘at orqali topilgan so‘zlarni tartib bilan joylashtirish orqali tarjima qilish yaxshi natija beravermaydi.Buning sababi shundaki, xar bir tilda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanishi va birgalikda qo‘llanilishi xar bir tilning o‘ziga xos bo‘lgan qonun-qoidalariga asoslanadi. Shu sababli boshqa tildagi matnni tushunish va tarjima qilishda ushbu tilda so‘zlarning gapda joylashish tartibi va qoidalarini bilish muxim o‘rin kasb etadi va so‘z boyligi hamda grammatika qoidalarini bilishdan ham muhimroq o‘rin egallaydi. Shunday qilib, ingliz tilidagi matnni tarjima qilishdan avval kerakli miqdorda so‘z boyligiga ega bo‘lish, ayniqsa turli soxa terminlari tushunish va ingliz tili grammatikasi asoslarini bilish talab etiladi. Faqat shundagina chet tilidagi gaplarni tarjima qilish qoidalarini bilish orqali ushbu tilni mukammal o‘rganish hamda mustaqil ravishda ilmiy, texnikaviy va badiiy adabiyotlarni tarjima qilish mumkin.Gap mazmunini to‘g‘ri tushunish va tarjima qilish uchun gapni sintaksis tahlil qilish, ya’ni gapdagi bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarni topish va ularning o‘zaro bog‘lanishini aniqlash kerak. Bu ayniqsa, so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanishini tushunmaganda juda kerak bo‘ladi.
Gapni grammatik tahlil qilish, bir qarashda juda murakkab va ko‘p vaqt talab etadigandek tuyuladi. Ammo gapda muhim so‘zlarni tez va to‘g‘ri topa bilish, ularni ikkinchi darajali so‘zlardan ajrata olish ko‘nikmasi hosil bo‘lgach, ingliz tilida gaplarni tuzish qoidalaridan foydalanib tarjima qilinsa, bu matnni tushunish va tarjima jarayoni osonlashadi va tezlashadi. Yoki aksincha, talaba gapni grammatik taxlil qilishni bilmasa, u qancha kuch va vaqt sarf etib so‘zlarni tarjima qilib chiqsa ham matn mazmunini tarjima qila olmaydi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, gapni taxlil qilish, bu matnni shununish uchun kerakli asosdir. Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, chet tilida gapni taxlil qilish ona tilida taxlil qilishdan farq qiladi. Chunki, ona tilida gapning mazmuni uni o‘qish jarayonida tushuniladi. Chet tilida esa, gapning mazmunini tushunish va tarjima qilish avval joylashish tartibi, ularning bog‘lanishi, predloglar, artikllar, suffikslarga e’tibor qaratish orqali amalga oshiriladi. Barcha so‘z guruxlari ko‘p xollarda yordamchi so‘zlardan boshlanadi, ya’ni predlog, artikllardan boshlanadi.Bundan tashqari so‘zlarni guruxlarga ajratish qaysi so‘zlar gapda muhim o‘rin egallaganligini, qaysi so‘zlar ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini tushunishga yordam beradi.Gaplarni mazmun bo‘yicha guruxlarga ajratish yordamchi so‘zlarni bilishni talab etadi. Gapni grammatik taxlil qilishning keyingi etapi, bu gapdagi bosh bo‘laklarni, ya’ni ega va kesimni topishdan iborat. Avvalo kesimni topish lozim bo‘ladi. Chunki kesim gapdagi asosiy mazmunni tashkil etadi va boshqa gap bo‘laklarini aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib, gaplarni grammatik taxlil qilish, bu chet tilidagi matnni to‘g‘ri tushunish va tarjima qilish uchun zarur usuldir



Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish