Mavzuning dolzarbligi. Tarjimachilik xalqlar ortasidagi madaniy, ijtimoiy, dostlik aloqalari va munosabatlarini yolga qo`yish, mustahkamlash, taraqqiy ettirshga xizmat qiladi. Tarjima vositasida dunyodagi turli xalqlarning madaniyatlari bir-biriga yaqinlashadi, boyib, chuqurlashib boradi. Avaz otar ogli til vositai robitai olamiyondir degan teran fikrni aytgan edi. Til tarjima quroli desak, tarjima vositai robitai olamiyondir. Tarjima insoniyat tarixida juda katta salmoqli orin tutadi. Malumki mamlakatimizda talim sohasida chet tillarini orgatish va organish tizimida ozgarishlar shiddat bilan amalga oshirilmoqda. Shunday ekan chet tillaridan tarjima qilish masalalarini har tomonlama organish va izlanishlar olib borish juda dolzarbdir.
Tadqiqotning organilganlik darajasi. Tarjima nazariyasi fani va tarjima jarayonida duch kelish mumkin bolgan muammolari masalalarining oziga xos xususiyatlari, aynan boshlovchi tarjimonlar uchun qiyinchiliklarni yuzaga keltiruvchi tarjimaning Grammatik murakkabliklari xorijiy va ozbek tilshunos olimlari A. Fyodorov, V. Komissarov, A. Shveytser, L. Barxudarov, G. Salomov, J. Sharipovlar tomonidan ularning ilmiy asrlarida va darsliklarda yoritilib berilgan.
I Bob. . Tarjima nazariyasi fan sifatida
1.1. Ingliz tilidan ozbek tiliga tarjima metodikasi va uning mohiyati.
Tarjimaning asosiy koida va prinsiplari dastlab mashxur adabiy tankidchi V.G.Belinskiy tomonidan aniklanib, keyinchalik boshka tarjimashunos olimlar tomonidan takomillashtirilgan. Tarjima nazariyasining ilmiy asoslari, katta ilmiy axamiyati mashxur olim-tarjimon, akademik I.Yu. Krachkovskiy, professor Ye.E. Bertels, M. Morozov, A. Fedorov, N. Baskakov va boshkalar asarlarida aloxida ta’kidlangan. Tarjima nazariyasi umuman e’tirof etgan olimlar urtasida xam uning mazmuni, tabiati va yunalishi masalalarida ba’zi karashlar mavjud. Bu boradagi turli karashlar makolalarda, ilmiy tuplam va darsliklarda uz aksini topgan. Professor A. Reformatskiy shunday degan «turli-tuman tillar mavjud ekan, tarjimada xam zarur va u zarurligicha koladi, binobarin borgan sari uning roli oshib boraveradi.»
Birok professor A. Reformatskiy uzining shu makolasida tarjima nazariyasi maxsus fan emas, balki u tilshunoslikning bir urganish obyektidir degan masalani olg'a surgan. Olim A.Fedorov esa uzining «Tarjima nazariyasiga kirish» nomli asarida bunday karashni inkor kilib, tarjima nazariyasi tilshunoslik soxasida urganiladigan maxsus fandir degan ilmiy fikr bilan chikdi.
Tarjima nazariyasi adabiyetshunoslik va lingvistika bilan uzviy alokada bulganidan tashkari u grammatika, leksikodogiya, nutk madaniyati, til tarixi, stilistika kabi tilshunoslik fanlari bilan boglik bulib, tarjima nazariyasining ilmiy metodologik asosini tashkil etadi.
Bundan ming yillar ilgari ulug olimlarimiz Ibn Ruid, Aќmad Fargoniy, Marvoziy, al Beruniy va boshka shu kabi ajdodlarimiz dunyoga mashxur original asarlarni yaratish bilan birga tarjima ishlari bilan xam shugullanganlar.
"Uzbek tilini izoxli lugati"da "tarjima" suzi "biror tildan ikkinchi bir tilga agdarilgan tekst» deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda "tarjima" suziga «ma’lum bir jarayon natijasi» sifatida karaladi. Buni
" tarjima" suzining birinchi ma’nosi deb xisoblasak, ikkinchi ma’nosi sifatida «ugirish jarayonini» tushunish mumkin. Albatta, ushbu jarayonda fiziologik va psixologik tomonlari xam mavjud, ammo bizni bu tomonlar emas, balki fakat lingvistik, tilga oid tomoni kiziktiradi. Boshkacha kilib aytganda tarjimaga oid "jarayon" ni biz sof lingvistik ma’noda, biror matnni bir tildan ikkinchi tilga ugirish, transformatsiya kilish, uzgartirish ma’nosida tushunamiz.
Tarjima nazariyasining predmeti matnlarni bir tildan ikkinchi tilga ugirish jarayoni xisoblanadi, uning obyekti esa yozma yoki ogzaki nutkdir. Ushbu fanning vazifasi tarjima jarayonining adabiy xamda lingvistik konuniyatlarini urganishdan iboratdir.
Tarjima jarayonini biz yukorida biror tildagi matnni ikkinchi bir tildagi matnga transformatsiya kilish, uzgartirish deb ta’riflab utdik. Demak, tarjima jarayonida albatta ikkita matn mavjud buladi. Bulardan bittasi boshlangich, dastlabki matn xisoblanadi va ikkinchi matnga boglik bulmagan xolda yaratiladi. Ikkinchi matn esa birinchi matn asosida ma’lum uslubiy-lisoniy operatsiyalar, ishlar bajarish yuli bilan vujudga keladi. Birinchi matn asl matn yoki original nusxa deb aytilsa, ikkinchi matn tarjima matni yoki tarjima deb ataladi . Asl matn kaysi tilda aytilgan yoki yozilgan bulsa, usha tilni asl matn tili deb ataymiz. Tarjima matni kaysi tilda yaratilgan bulsa, usha tilga tarjima tili deb nom kuyamiz.
Tarjima moxiyatini aniklashda kuyidagi savolga javob berish uta muxim xisoblanadi: nimaga asoslanib biz tarjima matnini asl matnga adekvat tarzdagi ekvivalent, xar jiќatdan teng yoki mukobil deb topamiz Masalan, nima uchun "Mening akam Londonda yashaydi" gapi ingglizcha (1) "My brother lives in London" gapining tarjimasi deb ayta olamizu, "Men universitetda ukiyman" gapi yukorida keltirilgan inglizcha gapning tarjimasi deb ayta olmaymiz?
Ma’lumki, tarjima jarayonida biror tildagi matnni ikkinchi tildagi xoxlagan matn bilan almashtirib bulmaydi. Tarjima jarayoni ixtiyoriy ravishda emas, balki ma’lum bir koidalar asosida sodir buladi. Agar ushbu koidalarga rioya kilinmasa, tarjima xakida gapirishga urin kolmaydi.
Asl matn tilidagi matnni tarjima tilidagi matnga almashtirishda ma’lum bir invariant saklanib kolishi shart; ushbu invariantning saklanib kolish darajasi tarjima matnining asl matnga nisbatan mukobillik yoki adekvatlik darajasini aniklanib beradi. Tarjima jarayonida nima invariant bulib saklanib koladi? Bu muammoni yechishda kuyidagilarni inobatga olish kerak. Xar bir belgining ikki tomoni buladi: shakl va mazmun (mano). Til uziga xos belgilar sistemasi bulganligi sababli til birliklari xam ikki tomonga ega: xam shaklga, xam manoga. Bu borada tarjima uchun kuyidagi fakt xal kiluvchi rol uynaydi: turli tillar shakl jixatdan fark kiluvchi, ammo mano jixatdan bir xil bulgan til birliklariga ega.
Tarjima deb bir tildagi nutk asarini ikkinchi tildagi nutk asariga ugirish, uzgartirish jarayoniga aytiladi; ushbu jarayonda nutk asarining ma’nosi uzgarmasdan saklanib kolishi shart.
Tarjima bu, boshqa tildagi badiiy go‘zallikni o‘z xalqi uchun ijodiy o‘zlashtirish, yangi tilning quvvati va qudratini namoyish etib, asarni shu tilning san’at hodisasiga aylantirish demak. Til – muayyan millatning atrofdagi borliqni qanday his etayotganligini ifodalovchi, ushbu olamning o‘ziga xos tomonlarini tegishli mamlakatning geografik jihatdan joylashuvi, tarixi, dini va an’analariga bog‘liq holda millat nuqtai nazariga asoslanib aks ettiruvchi vositadir. Til vositasida insonlarning har qanday uyushmasi o‘z niyati, xohish va istagini izhor qiladi. Xalqaro munosabatlar amaliyotida dunyo tillarining oltitasi yetakchilik qilishi e’tirof etilgan. Ulardan biri shubhasiz ingliz tili bo‘lib, u to‘rt yuz million kishi uchun ona tili hisoblanadi. Bundan tashqari, uch yuz millionga yaqin kishi ushbu tildan millatlararo munosabatlar vositasi sifatida foydalanadi. Jahonning yana bir yarim milliard aholisi o‘z ishi va hayotida ingliz tilini ikkinchi yoki uchinchi til sifatida qo‘llaydi.
Tilni professional darajada o‘zlashtirib, tarjimon bo‘lib ishlash
deyarli keng yoritilmaydigan, o‘ziga xos va yetarlicha nozik masaladir.
Tarjimonlik kasbi – dunyoda juda keng tarqalgan eng ijodiy kasblardan biridir. Ommaviy axborot vositalarida tarjimonlar haqida juda kam yoziladi (gapiriladi). Shuning uchun ham, odatda, ushbu kasb to‘g‘risida hammada har xil, aksariyat hollarda yanglish tasavvurlar shakllanadi.
Tarjima qiyofasi turli-tuman bo‘lib, unda reklama matnidan
shifokorlar qo‘llaydigan atamalarga, olim kishining falsafiy mulohazalaridan chim ustida o‘ynaladigan xokkeyning xalqaro matchiga oid
e’tiroz muhokamasiga va shu kabi cheksiz mavzularning biridan ikkinchisiga o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bu esa professional tarjimondan nafaqat tilga, balki og‘zaki nutqqa oid bilimlarga ham ega bo‘lishni talab qiladi. Tarjima – juda murakkab ishdir. Sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan avtomatik tarjima tizimlari paydo bo‘lib borishiga qaramay tarjima har doim ijodiy ish bo‘lib kelgan va shundayligicha qoladi. Agar kishi tarjima haqidagi zaruriy ma’lumotlarning loaqal minimumidan boxabar bo‘lsa, tarjima oldida turgan vazifa yechimini yengillatishi mumkin, zero ushbu minimum tarjimonga vazifani to‘liq anglab yetish, tarjima qila olishiga doir real qobiliyatini to‘g‘ri belgilash imkoniyatini beradi. Buning uchun professional tarjimonlarda shakllangan ko‘nikma va usullarni o‘zlashtirish darkor. Materialni bayon etish uslubi, yo‘sini, shakli va tarzi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mohir tarjimonlarning mehnati tufayli jahonning buyuk shoir va yozuvchilari tomonidan yaratilgan asarlardan ajdodlarimiz huzur qilib kelganlar, hozir esa o‘zimiz ham farzandlarimiz bilan birgalikda bahramand bo‘lib kelmoqdamiz. Muayyan ixtisoslikka doir ma’lumotga va yillar davomida to‘planadigan tajribaga ega bo‘lmay turib, tilga oid ma’lumoti bo‘lmagan kishi, chet tilini yaxshi bilsa ham hech qachon yaxshi tarjimon bo‘la olmaydi. Professional tarjimon nafaqat chet tilini, balki ona tilida to‘g‘ri so‘zlash va yozishni yaxshi biladi, u so‘z boyligiga ega bo‘libgina qolmay, ushbu boylikdan to‘g‘ri va mohirona foydalanishni biladi,muayyan kishining tarjima qilinishi kerak bo‘lgan nutqini tarjima tilida talab darajasida bayon eta oladi. Axir ko‘p hollarda xorijliklarning jonli tili adabiy bo‘lmagan o‘zbek tiliga emas, balki kitob tiliga tarjima qilinadi. Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, tarjimon matnni g‘ri tarjima qilishi uchun gap nima to‘g‘risida borayotganligini yetarlicha aniq tasavvur qilishi, teran bo‘lmasa ham bayon etilayotgan mavzuga doir bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Shu bois umumiy barkamollik, allomalik, keng saviya – yaxshi tarjimon tabiatida shakllangan sifatlar bo‘lishi darkor. Kishining o‘z ixtisosligiga oid bilimlari, agar u tarjimon sifatida tayyorgarlikdan o‘tib, yetarlicha katta tajriba to‘plasa, tegishli matnlarni tarjima qila olishiga omil bo‘ladi.
Mashhur Jeneva tarjimonlar maktabi asoschilarining «Xalqaro
konferensiyalarda tarjimonga tarjima qilgani uchun emas, chiroyli
gapirgani uchun haq to‘lanadi», - degan purma’no so‘zlarini unutmaslik
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |