REJA:
Kirish
I BOB Rus musiqa madaniyatining XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi rivoji
1.1. Rus musiqa tarixining shakllanishi
1.2. Rus kompozitorlarining ijodiy qarashlari
II BOB XX asr rus musiqa madaniyatining shakllanishi
2.1. Rus musiqasining cholg`u yo`llari
2.2. XIX asr oxiri XX asr rus musiqasining rivojlanish bosqichlar
2.3. Rus musiqa madaniyatining yangi davr islohotlari
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adsaboyotlar
Ilovalar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta`lim tizimida ham keng qamrovli islohotlar, yangilanishlar va o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunda «Ta`lim to`g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», shuningdek keyingi yillarda chiqarilgan bir qator ta`limtarbiyaga oid davlat dasturlari, qaror, farmoyishlar ham huquqiy ham tashkiliy pedagogik asos bo`lib xizmat qilmoqda. Bular o`z navbatida barcha fanlar qatori umumta`lim maktablarining «musiqa madaniyati» fanini o`qitilishida, musiqiy ta`limni milliy asoslarini mustahkamlashda yangi ufqlar ochmoqda. Xususan, musiqiy estetik ta`lim mazmunini milliy negizini yanada boyitish, takomillashtirish, o`quvchilarni g`oyaviy, madaniy, mafkuraviy va estetik madaniyatini barkamol shaxs sifatida shakllantirishga yo`naltirilgan ta`lim mazmunida xalq musiqasining nufuzi, ahamiyatini oshirishga hozirgi kundagi ustuvor vazifa sifatida qaralayotganligi ham e`tiborga molikdir. Musiqiy ta`lim mazmunini milliy xalq musiqa merosiga tayangan holda takomillashtirish vazifalari o`quvchilarda xalq musiqasiga, uning tarixi, an`analari ijrochilik uslublari, shakllari, janrlariga barqaror qiziqishni, ularga muhabbat bilan qarash, o`rganish, kuylash va rivojlantirishga ishtiyoq tuyg`ularini tarkib toptirishni taqozo etadi.
Hozirgi paytda yosh o`sib kelayotgan avlodni musiqa ilmini yuragining tub- tubigacha singdirib borish zarurdir. Musiqadagi turli janrlarni o`quvchilar ongiga alohiga turkum sifatida yetkazib berish kerak. Operaning nima ekanligini yosh avlodga tushintirganimizdan so`ng ularning ongida alohida bir janr paydo bo`ldi. Rus musiqasu ijodi bilan tanishtirar ekanmiz, o`quvchilar ongida judayam katta tushuncha hosil bo`ldi. Ular bu kompozitorning operaning ilk namoyondalaridan ekanligini, operalarining xalqchil, mardonavor, qahramonlik sur`atida yozilgan ularda yana bu asarlarni o`rganishga ishtiyoq paydo bo`ldi. Biz pedagoglar bu asarlarni har birini alohida holatda eshitib va ijrosini ko`rsatib berganimizdan so`ng ular yanada yorqinroq, aniqroq tushnib olishdi. Rus kompozitor Glinkaning ijodi o`chmas tarixga egadir. U o`z davrining ko`zga ko`ringan ijodkorlaridan hisoblanadi. Uning hayoti ijodiini o`quvchi yoshlarga ko`rgazmali metodlar bilan tushintirib berganimizdan so`ng ular yanada bu ijodkor haqida batafsil ma`lumotga ega bo`ldilar.
Mustaqillik yillarida musiqa bo`lgan qiziqish yanada mukamallashib bo`rdi. Muhtarram prezindentimiz tashabbuslari bilan musiqaning yanada kengroq rizojlanishi uning barqarrorligi uchun ko`plab islohotlar olib borilmoqda. Chunki, xalq xalqimiz o`zligining, milliy qiyofasi, ruhiyatini, tili, tarixi, adabiyoti, etnik xususiyatlarini o`zida namoyon etuvchi milliy qadriyatdir. O`sib kelayotgan yosh avlod o`z milliy musiqasini yaxshi bilmas ekan, u o`zga xalqlar va hatto musiqiy ta`lim mazmunini milliy xalq musiqa merosiga tayangan holda takomillashtirish vazifalari o`quvchilarda xalq musiqasiga, uning tarixi, an`analari ijrochilik uslublari, shakllari, janrlariga barqaror qiziqishni, ularga muhabbat bilan qarash, o`rganish, kuylash va rivojlantirishga ishtiyoq tuyg`ularini tarkib toptirishni taqozo etadi. Shu ma`noda mustaqillik yillarida xalq musiqa merosi, jumladan, xalq qo`shiqlari, mumtoz va folklor asarlari vositasida estetik tarbiyani tashkil etish, shu jarayonda o`quvchi-yoshlarni, talabalarni estetik didi, estetik madaniyatini, odob va ahloqiy fazilatlarini shakllantirish borasida salmoqli ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi va natijalar amaliyotga tadbiq etildi. Bu ishlarni tizimli ravishda davom ettirish, estetik ta`lim-tarbiya ishlarida xalq musiqa merosidan maqsadli va unumli foydalanishni davrning o`zi taqozo etmoqda. Shuning uchun ham umumta`lim maktablaridagi musiqa ta`limi jarayonida o`quvchilarni estetik tarbiyalashda xalq musiqa merosidan foydalanishning pedagogik hamda ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab
chiqishni dolzarb pedagogik muammo sifatida tadqiq etish lozim topildi. Respublikamiz musiqa pedagogikasida ushbu muammo «Yosh avlod tarbiyasida xalq musiqa merosidan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari» nomlanishda maxsus tadqiq etilmaganligi tanlangan mavzuni dolzarbligini zamonaviy janrlardagi musiqani ham his qilishi, tushunishi, idrok qilishi qiyin.
Zero, xalq musiqasini his etmasdan, opera musiqani idrok etib bo`lmaydi. Tarixdan ma`lumki, ma`naviyatimizning asosiy bo`g`ini bo`lgan musiqiy madaniyatimiz hamda chet el kompozitorlari hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma`naviy ozuqa sifatida e`tirof etib kelingan. Barcha xalqlar o`g`ir kunlarida musiqadan najot izlaganlar, xursandchilik kunlarida ham, qo`shiq va musiqa ularga hamroh bo`lgan.
Kurs ishi obyekti: Rus musiqan madaniyati
Kurs ishi maqsadi: K. Glinkaning rus musiqasiga qo`shgan xissasi
Kurs ishi vazifalari:
1. Rus musiqasining rivojlanish bosqichlari
2. M.I.Glinkaningning musiqiy qarashlari
3. M.I.Glinkaning ``Ivan Susanin`` operasi
Do'stlaringiz bilan baham: |