Reja kirish I. Bob rim imperiyasida siyosiy inqiroz va uning oqibatlari


II. BOB GERMAN QABILALARINING BOSQINLARI



Download 119,5 Kb.
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi119,5 Kb.
#232047
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
asqarali

II. BOB GERMAN QABILALARINING BOSQINLARI .

2.1. Rim imperiyasining ikkiga bo‘linishi. Diokletian va Maksimian 305-yil 1-mayida hokimiyatdan voz kechdilar.Taxtdan voz kechgan Diokletian Salonaga ko‘chib borib gul va sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullandi. 313-yilda 68 yoshida vafot etdi. Konstansiy I Xlor va Galeriy imperatorlar deb e’lon qilindilar. Vorislar o‘rtasida taxt uchun kurash boshlanib, bu kurashda Diokletianning yordamchilaridan birining o‘g‘li Konstantin (306—337-yillar) g‘olib chiqdi. U raqiblari bilan bir necha yil kurash olib borib Rim imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi. Konstantin imperiyani 4 ga bo‘linishini saqlab qoldi, lekin boshqaruvni birov bilan baham ko'rish tizimini yo‘q qildi. Endilikda imperiya qismlarini unga bo‘ysunadigan prefektlar boshqardilar.

Konstantin uzoqni ko‘ra oladigan, aqlli siyosatchi edi. U 200 yildan beri ta’qib etilayotgan nastoniy dinini kuch-qudratini davlat hokimiyatini mustahkamlashdagi muhim o‘rnini anglab yetdi. Shu sababli 313-yilda u o‘zining Milan edikti bilan nasroniylik dinini boshqa dinlaiga tenglashtirdi. Shu lahzadan boshlab xristian cherkovi imperator hokimiyatining ittifoqchisi va himoyachisiga aylandi.

Imperator 330-yil 2-may kuni poytaxtni sharqiy qism Bosfor qirg‘og‘iga tantanali ko‘chirdi. Eski yunon koloniyasi Vizantiy qayta qurilib kengaytirildi. Yangi poytaxtni qurilishi va bezatilishi uchun ulkan miqdorda mablag‘ saflandi. Saroylar, stadion, ippodrom, termalar va kutubxonalar qurildi. Rimdan ulkan miqdorda haykallar olib kelindi. Shahar imperator sharafiga yangi nom Konstantinopol deb ataldi.

Poytaxtni sharqqa ko‘chirilishi tasodif emas edi. Sharqiy provinsiyalar g'arbdagilarga qarganda madaniy va boyroq edi13.

Konstantinning o‘limidan so‘ng taxt uchun yana kurash boshlandi. Hokimiyat uning o'g‘li Konstansiy qo‘liga, keyin esa uning nevarasi Yulianga o‘tdi. Yulian eski Rim dinini tiklashga urindi, lekin muvaffaqiyatga erishmadi.Hokimiyatni uning o'gii Konstansiy egalladi. Uning o‘rniga kelgan Flaviy Klavdiy Yulian (361—363-yillar) eski Rim dinini tiklashga urinib xristian cherkovini imtiyozlarini bekor qildi. Keyingi imperatorlar Valentinian I va Valent bir vaqtning o‘zida imperiyaning g‘arbiy va sharqiy qismlarini boshqardilar. Ularning davrida germanlarning hujumi kuchaydi. 378-yilda Frakiyadagi Adrianopol shahri yonida vesgotlar Rim qo‘shinlariga kuchli zarba berdilar. Qaysiki shundan keyin Rim imperiyasi hech qachon tiklana olmadi. Imperator Valent jang maydonida halok bo‘ldi, eng yaxshi zobitlar qurbon bo‘ldilar. Endilikda Rim imperiyasi hech qachon chegaralarini himoya qilish uchun yetarlicha qo'shin to‘plash imkonoyatidan mahrum bo'ldilar. Endi chegaralarni qo‘riqlash germanlardan olinadigan ishonchsiz qismlarga topshirila boshlandi. Germanlar ko‘plab miqdorda rim qo‘shiniga olina boshlandi. Ular oliy harbiy mansablarni egallay boshladilar.

Imperator Feodosiy I vestgotlarga Illiriya viloyatini bo‘shatib berib, shu bilan Konstantinopolni bosib olishidan saqlab qoldi, Feodosiy 394- yilda tarixda so‘nggi marta imperiyani har ikkala qismini ham bir qo‘lga to'pladi, lekin u bir yildan so‘ng vafot qildi va rim imperiyasi batamom ikkiga bo‘lindi. Imperiyaning g‘arbiy qismini uning II yoshli o‘g‘li Gonoriy, sharqiy qismini uning 28 yoshli ukasi Arkadiy boshqara boshladi. Gonoriy (395-yillar) davrida imperiyaning g‘arbiy qismi germanlarning hujumlari bilan to‘la yemirilishi davri bo’ldi. Alarix Rimdan, vestgotlar Galliyaga chekindilar. Ammo g‘arbiy Rim imperiyasi bu paytda o‘z umrining oxirgi lahzalarini boshdan kechirar edi. 407- yilda rimliklar Britaniyani tashlab ketdilar. 409-yilda vandallar, sveblar va allemandlar Ispaniyani bosib oldilar. 415-yilda vestgotlar Rimdan Galliyani ajratib oldilar. 429-yilda vandallar va boshqa german qabilalari Ispaniyadan Afrikaga o‘tdilar. Vandallar qirol Geyzerix boshchiligida 455-yilda Rim shahrini egallab uni buzib tashladilar.

Odoakr imperator hokimiyani ramzlarini Konstantinopolga jo'natdi. Bu voqea G‘arbiy Rim imperiyasining tugashi deb hisoblanadi. Sharqiy Rim imperiyasining hukmdorlari germanlarning hujumlarini bartaraf qilib o’z boshimcha qo‘mondonlarni yo‘q qildilar. Sharqiy Rim imperiyasi yana ming yil yashab, tarixga Vizantiya imperiyasi nomi bilan kirdi.Diokletian va Konstantinning islohotlari imperiyaning yemirilishi jarayonini sekinlashtirdi, lekin uni to‘xtata olmadi. IV asrda jonlangan ichki savdo to'xtadi. Ko‘p shaharlar tushkunlikka yuz tutdi. Butun imperiya bo‘ylab natural xo'jalikka qaytish boshlandi.14

Pul tizimi ishdan chiqdi. Soliqlarni to‘lash qiyinlashdi. Shaharlardan aholi ko‘chib keta boshladi. Konstantin shahar aholisini ko‘chib ketishini kolonlami o‘z yerlarini tashlab ketishlarini rasman taqiqladi.

Yirik yer egalari latifundistlar barcha soliqlarni natural tarzda to‘lashni yuklatdi. Ularning hokimiyati kengaydi. Shaxsiy erkin kolonlarning ahvoli qullarning ahvolidan kam farq qildi. So‘ngi imperiya davrida yirik yer egalari o'zlariga qaram bo’lgan mahalliy aholi ustidan o‘z amaliy hokimiyatlarini amalga oshirdilar. Ular o‘z qo‘shin va qamoqxonalarini tashkil qildilar. Ijtimoiy aloqalarning bunday yangi ko‘rinishini shakllanishi so‘nggi Rim jamiyatini sekin-asta feodallashuvini bildirar edi. Severlar sulolasining so'nggi imperatori Aleksandr 235-yil o‘Idirilganidan so‘ng qo'shin davlat nazoratidan chiqdi. Legionerlar birin-ketin tarixshunoslikda «askar imperatorilari» deb atalgan hukmdorlami taxtga chiqardilar. Ular taxtda uzoq o‘tira olmadilar.

Imperator Filipp Arab (244—249-yillar) davrida 248-yil aprelida abadiy shahar deb atalgan Rimning 1000 yilligi hashamatli bayram qilindi. Publiy Litsiniy Valeriyan (253—260- yillar) va uning o‘g‘li 35 yoshli Gallien (253—268-yillar) davrida tushkunlik eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, imperiya amalda bir necha qismlarga parchalandi. Galliya, Ispaniya va Britaniyada hokimiyatni Kassian Postum (258—268-yillar) bosib olib Gall imperiyasini, Sharqda Septimey Odinat (26I—267-yillar) qudratli Palmira podsholigini tuzdilar. Dunay provinsiyalari Bolqon va Misrda ham markazga bo'ysunmagan hukmdorlar paydo bo’ldi.15

Faqat Illiriyalik 49 yoshli Mark Avreliy Klavdiy (268—270- yillar) imperator boMganidan so‘ng imperiyani qayta tiklash boshlandi. U alleman va gotlaming hujumlarini qaytardi, Dunay provinsiyalarini qayta tuzdi. Tez orada Klavdiy vabo kasalligidan vafot etdi, uning o‘miga yana bir illiriyalik 55 yoshli harbiy boshliq lutsiy Domitsiy Avrelian (270—275-yillar) taxtga o‘tirdi. Avrelian uzoqni ko‘ra oladigan, g‘ayratli siyosatchi bo‘lib, 27I- yilda u Shimoliy Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari hujumini qaytardi va Rim atrofini 18—18 km. uzunlikdagi mustahkam mudofaa istehkomlarini qurishga buyruq berdi. Shu yilda imperator Dakiya provinsiyasiga safar qilib, imperiyaning Dunay chegaralarini barqaror qilishga harakat qildi.Palmirada Odinatning bevasi Zenobiya hukmronlik qilar edi. Zenobiya qo'shinlari Suriya, Falastin, Kichik Osiyo va Mismi nazorat qilar edi. Avrelian 272—273-yillarda Zenobiya qo'shinlarini tor-mor qilib, Sharqiy provinsiyalarda Rim hokimiyatini tikladi.

U Gall imperiyasini ham nisbatan qiynalmay bo‘ysundirdi. Shundan so‘ng Rim imperiyasining yaxlitligi tiklandi. Hukmdor davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun pul islohotini o‘tkazdi va o'zini ilohiy homiysi sifatida «yengilmas quyosh» xudosini joriy qilib, unga e’tiqod qilishga buyruq berdi (274-yil). Avrelianning hokimiyati mutlaq edi. U «janob va xudo» deb ulugianib, «davlatni qayta tiklovchi» unvoniga ega edi. Qattiqqoi imperator forslarga qarshi yurish vaqtida uyushtirilgan fitna natijasida 275-yilda o‘ldirildi.16

Imperiyada yana siyosiy beqarorlik, tartibsizliklar boshlandi. Davlat tizimini yemirilishi, ichki o‘zaro nizolar, german qabilalari hujumi va III asrda sharqda tashkil topgan qudratli Sosoniylar davlati bilan uzoq muvoffaqiyatsiz olib borilgan urushlar Rim imperiyasining tushkunligiga olib keldi.

Ishlab chiqarish hajmlari keskin kamayib ketdi. Provinsiyalar o‘rtasidagi savdo aloqalari buzildi. Imperiyaning turli hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar zaiflashdi. Xo‘jalik tobora natural xususiyat kasb eta boshladi. Markaziy hokimiyat boshqaruv apparati va qo'shinini saqlab turish uchun juda katta sarf-xarajatlar qilib, davlat xazinasini barbod qildi.





Download 119,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish