2.1. Zamonaviy pedagogikada axborot texnologiyalaridan
foydalanish
Oquv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini qollash talim
metodlarining samaradorligini oshirishga, oqituvchilar mehnat faoliyatining
ozgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarining takomillashuviga olib keladi. Bu
esa o’z navbatida pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va
boshqarishga o’ziga xos vazifalarni qo’yadi:
─ masofaviy o’quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa
o’qituvchilar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birgalikda
faoliyat olb borishni;
─ o’qituvchilar o’rtasida vazifalarning bir maromda to’g’ri
taqsimlanganligini;
─ ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni
takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini
tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
Talim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda
oqituvchilarning konikma va malakalarini oshirish togrisida Ozbekiston
Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasining jamoat talim axborot
tarmogini tashkil etish togrisidagi 2005 yil 28 sentabrdagi PQ-191 sonli qarori,
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora
tadbirlari togrisidagi 2002 yil 6 iyundagi 200 sonli ,Oqituvchi kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
togrisidagi 2006 yil 16 fevraldagi 25 sonli qarorlarining qabul qilinishi mazkur
masalada davlat siyosatining ustivor yonalishi sifatida etibor berilayotganligidan
dalolat beradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oqituvchining pedagogik
faoliyatida :
─ ta’limning texnologik asosini zamon talablari darajasida rivojlantirish
bilan bog’liq bo’lgan murakkab jarayon yengillashadi.
─ dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish uchun
maxsus ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.
─ masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo’lgan talablar
va o’quv materialining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj paydo bo’ladi.
─ ta’lim jarayonida o’quvchilarning mustaqil faoliyati takomillashadi, dars
jarayoninig samaradorligi o’qituvchidan o’quvchiga ko’chadi.
─ o’quv jarayonini tashkil etishda o’quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy
ishtiroki ortadi.
─ zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida
o’qituvchi pedagogik faoliyatida har bir oquvchi bilan teskari aloqa vujudga
kelishi taminlanadi.
Hozirgi kunda jamiyatning har bir azosi, ozining kundalik faoliyatida
uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib
borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga
xizmat qiladi. Zamon talabi shunday ekan, oqituvchi ham oz kasbiy va pedagogik
mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oshirib borish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalari oz muhitida axborot obyektlarini ularning
ozaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, toplash
texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va
huquqiy tarkibini mujassamlantiradi.
Oqituvchilar talim va tarbiya jarayonida oquvchilarning imkoniyatlari va
talablarini inobatga olish zarur. Oqituvchi tomonidan targib etilayotgan talim va
tarbiya jarayoni shaxsga yonaltirilgan xarakterda bolishi, yani shaxsning har-xil
xususiyatlari va sifatiga etibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bolishi kerak