Reja: Kirish I bob. Informatika fanini o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim tehnologiyalari. 1-&


II BOB.INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA TANQIDIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH



Download 1,12 Mb.
bet6/12
Sana08.02.2022
Hajmi1,12 Mb.
#436869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Informatika fanini o’qitishda zamonaviy intellektual qurilmalarni o’qitish metodikasini ishlab chiqish.

II BOB.INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA TANQIDIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH.

2.1-&. Tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi faol metodlar.

O‘quvchilar tanqidiy fikrlashini o‘rganishda zamonaviy didaktika o‘qish jarayonida o‘quvchilar psixik tanqidiy fikrlashi bilan shug‘ullanuvchi ta’lim psixologiyasi yutuqlaridan foydalanadi. O‘quv materiali yosh va mazmunga bog‘liq holda bu faoliyatning o‘ziga xosligi ta’lim jarayoni psixologik qonuniyatlarini o‘rnatadi, tanqidiy fikrlashida o‘quvchilarning individual va tipik xususiyatlarini ko‘rib chiqadi.O‘zlashtirish jarayonida tahliliy-sintetik faoliyat, shuningdek qiyoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish va aniqlashtirish kabi fikriy operatsiyalar muhim rol o‘ynaydi.


Tahlil - bu, predmetni qismlarga fikran bo‘lishdir.
Sintez - alohida elementlar yoki qismlarni bir butunga fikran birlashtirishdir.
Jumladan, qaysi o’fis dasturlarni bilasan degan o‘qituvchining savoliga javob berib, o‘quvchilar sintezdan foydalanadi (Microsoft Word, Microsoft Exsel, Microsoft Acsess, Microsoft Pover point ); Microsoft Exsel2003 dasturi nechta qatordan iborat degan savolga javob berib, o‘quvchilar sonlar tahlilini amalga oshiradi.
Taniqli psixologlar (N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiy, M.G.Davletshin, E.G‘oziyev, G‘.Shoumarov va boshqalar) o‘quvchilar tahliliy - sintetik tanqidiy fikrlashining umumiy qonuniyatlarini tadbiq etib, shuni ko‘rsatdilarki, ta’limning boshlang‘ich bosqichida tahlil sintezdan ortda qoladi yoki, aksincha, oldin keladi, mohiyat ko‘rinishini qamrab olmaydi. Buning natijasida umumlashtirish ham to‘laqonli bo‘lmaydi, nomuhim, tasodifiy belgilarga asoslanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘pincha ahamiyatli belgilar sifatida tashqi, tasodifiy, eng yorqinlarini ajratishadi.
Ta’lim bosqichlarining murakkablashib borishi bilan o‘quvchilar tahliliy - sintetik darajasining oshishi kuzatiladi. Tahlil sekin-asta ko‘rgazmali - amaliydan (obyektlarni fikran , mazkur obyektlar bilan amaliy harakatlar jarayonida amalga oshirilayotganda) ko‘rgazmali obrazli ( ko‘rgazmali obrazlar yordamida amal­ga oshirilayotganda) va so‘zli - mantiqiyga ( mavhum tushuncha va mulohazalar shaklida amalga oshirilganda) tomon rivojlanadi. Sintez, shuningdek, ancha to‘liq va ko‘p tomonlama bo‘ladi.
Qiyoslash - bu, informatika fanini o’qitishda o‘xshashliklar (umumiy xususiyatlarni ajratish) va tafovutlarni (har bir qiyoslanayotgan obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratish) ular o‘rtasida obyektlarini qiyoslash. Bu operatsiya boshqa barcha asosiy fikriy operatsiyalar asosiga yotadi.
Umumlashtirish – informatika fanini o’qitishda o‘rganilayotgan obyektdan umumiy, muhimni va mavhumdan nomuhimni ajratishdir.
Yetakchi psixologlar tomonidan umumlashtirishni shakllantirishga oid quyidagi qoida ishlab chiqilgan: o‘quvchilarda to‘g‘ri umumlashmalarni shakllantirishning zaruriy qoidasi, xususiyat va dalillarning nomuhim belgilarini o‘zgartirishdir. Bu qoida tasavvur va tushunchalarni shakllantirishda o‘ta muhim ahamiyatga ega. Jumladan, o‘quvchilarga sistemali blok haqida tasavvur berish uchun bu tushuncha uchun nomuhim bo‘lgan belgilarni: o’lchami (honadagi biror sistemali blokni olish ) u tayyorlangan materiali, unda nimalar joylashganligi, uning vazifasi tushuntirish kerak. Keyin ichki qurilmalarini birma bir ko’rsatib o’tib, bazi elementlar o’zgartiriladi.Barcha muhim elementlarni o‘zgartirmay qoldirish zarur.Faqatgina qo’shimcha elementlar o’rni almashtirilib qo’yiladi.Shunda o’quvchi o’z zehni va aqlini ishlatib ularni topishga harakat qiladi va bilimlarini umumlashtiradi. Umumlashtirishlar qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan oddiy shakllardan to ilmiy umumlashtirmalarga qadar rivojlanadi. Umumlashmalar to‘g‘riligi va uni o‘quvchilar egallashining mezoni bo‘lib o‘zlashtirilgan operatsiyalarni ko‘chirib o‘tkazish, ya’ni ulardan yangi sharoitlarda foydalanishda xizmat qiladi.Zamonaviy didaktika va psixologiya mana shu ko‘chirib o‘tkazish muammosiga katta e’tibor beradi.Umumlashtirish mavhumlashtirish obyektidan bir xususiyatini chiqarib tashlash va boshqasini ajratib olishdan iborat fikriy operatsiya bilan yaqin aloqadadir, bu xususiyatlar o‘rganilayotgan predmet va hodisalar mohiyatiga kirishga imkon beradi. Jumladan, o‘quvchilarda "operatsion tizim" tushunchasini shakllantirishda operatsion tizimning ishlash prinsipi, qanday kodlar yordamida yaratilganligi va boshqa shu kabi belgilar chiqarib tashlanadi, faqat bittasi – u biz bilan kompyuter o’rtasidagi vositachiligi ajratib olinadi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi faol metodlar.
Tanqidiy fikrlashni o‘stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta’lim uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun o‘qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima?
Fikrlash – o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U shunday faol, muvofiqlashtiruvchi jarayonki, uning tarkibida biror haqiqat yotadi.
Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan ko‘nikma emas.
Tanqidiy fikrlash ta’limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda o‘rganilishi lozim bo‘lgan hodisa ham emas.
Braun (1989) ta’kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlariga bog‘lanmagan o‘quv ko‘nikmalari ta’lim oluvchilarga obyektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu ko‘nikmalarni yangi vaziyatlarda qo‘llay olmaydilar.
Rixer ta’biri bo‘yicha informatika fanini o‘rganish va fikrlashning ta’rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta’limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
1. Samarali va muttasil o‘rganish asosida talabalarning axborotlarni, informatika fanini yangiliklarni o‘zlashtirishi, sintezlashi va ularni to‘la egallash faolligi yotadi.
2. Informatika fanini o‘rganish jarayoni fikrlash faoliyatining turli tuman ko‘rinishlaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Bunda jarayon yanada ongli ravishda o‘zlashtiriladi.
3. Informatika fanini o‘rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi bilimlarni qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘lgan taqdirda rivojlanadi.
4. Informatika fanini o‘rganish talabalarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina mustahkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan bog‘lash imkoniyatini beradi.
5. Tanqidiy fikrlash va o‘rganish g‘oya va tajribalarning turli-tumanligini pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash «yakkayu yagona to‘g‘ri javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish