Reja: Kirish I bob. Informatika fanini o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim tehnologiyalari. 1-&



Download 1,12 Mb.
bet2/12
Sana08.02.2022
Hajmi1,12 Mb.
#436869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Informatika fanini o’qitishda zamonaviy intellektual qurilmalarni o’qitish metodikasini ishlab chiqish.

KIRISH.

‘’Bizning oliy burchimiz-farzandlarimizni zamanaviy bilimlar egalari qilib tarbiyalash.’’


Islom Karimov.
Kurs ishining dolzarbligi: Davlatimiz istiqboli,bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli,rivojlangan mamlakatlar darajasida, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog’liq.Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilib, Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, Vazirlar Mahkamasining umumiy o’rta ta’lim, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish haqidagi va boshqa qarorlari shu maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgan.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichida (1997-2001 yillar) – “o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish”; ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da – “ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustaxkamlashni davom ettirish, o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash”; uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da – “ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishi” dolzarb vazifalar qatorida belgilangan.
Milliy dasturni ro’yobga chiqarishning yuqori sifat ko’rsatkichini ta’minlash, ta’lim mazmunini Davlat ta’lim standartlaridagi talabalrni amalga oshirildi. Barcha o’quv fanlari bo’yicha Davlat ta’lim standartlarini o’quv jarayonida qo’llab va o’quv yili yakunida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar shu standartlarga mosligini aniqlash bo’yicha maktab, tuman, shahar, respublika darajasida monitoring ishlari olib borilmoqda.Milliy dasturda ko’zda tutilgandek, zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. O’quv, o’quv-uslubiy,ilmiy, innovatsion, zamonaviy texnologiyalar mukammalashib, o’quv jarayoniga tatbiq etib boriladi.
Fikrning bilmaslikdan bilishga qarab, to’la va mukammal bo’lmagan bilimdan to’la va mukammal bilimga qarab harakat qilishdan iborat cheksiz jarayon bilish deb ataladi.Ya'ni bilish-bu avvalo fikrlash, olamni bevosita anglashidir. O’qituvchi mutaxasisligi bo’yicha o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo’lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo’lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o’rganish va baholash, pedagogik ta'sir ko’rsatishning ma’qul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Informatika o’qituvchi ta’lim berish jarayonida qanday natijalarga erishiyapti, u o’z maqsadiga yetdimi, shularni aniqlashi uchun u doimo har bir darsida o’quvchilarni baholab borishi kerak.O’quvchilarni bilimini tekshirish va baholashdan asosiy ko’zlangan maqsad esa o’quvchilarni bilimining sifatini, rivojlantirish darajasini ta’minlash,informatika fanini chuqur o’zlashtirish bilan ularni rag’batlantirishdan iborat bo’lib, bilim olishga qiziqishni takomillashtirishdir.Ta’limda bo’layotgan natijalarni baholash, ta’lim sifatida, o’qituvchi va o’quvchilar uchun ham baho asosiy vosita, sabab bo’lib xizmat qiladi. O’qituvchi qanchalik ahamiyatli, obro’li bo’lsa, uning maktabda asosan baholash va baholarda aks etuvchi maqtovlari shunchalik qadrli va ahamiyatli bo’ladi.
A.Avloniy aytganlaridek: “Ilm insonlarning madori, hayoti,porloq kelajagi, rahbari, najotiga aylangan”. Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas fazilatdir. Shuning uchun ham avvalambor ilmli,tarbiyali bo’lmoq har bir yosh insonning burchi.
Ustozlarimiz o’rgatgan bilimlarni yanada takomillashtirib,biz o’z shogirdlarimizga yetkazamiz, shu bosqich amalga oshirilib borilsa yuksalish albatta bo’ladi, deb aytish mumkin. Prezidentimiz I.Karimov ustoz va murabbiylarga qarata shunday deganlar:”Agar fanni ulkan bir daraxt desak, tadqiqotlar uning ildizini tashkil qiladi.Zero,ildiz qanchalik baquvvat,chuqur ketgan bo’lsa,daraxt shunchalik barq urib yashnaydi,ko’p hosil beradi”.Demak, prezidentimizning bu gaplaridan ko’rinib turibdiki,fan bu ulkan bir daraxt,biz qilgan tadqiqot ishlar natijasi esa bu daraxtning mevalaridir,kelajak avlodimiz bu mevalardan bahramand bo’lmog’i kerak.Shunday ekan hozirgi, biz yosh avlodlar “Talim to’g’risida”gi qonunimizning mazmunini bilishimiz shart va zarurdir.
Bu kurs ishini dolzarbligi shundaki, informatika fanini o’qitishda o’quvchilarni rivojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish, bilim,malaka va ko’nikmalarini oshirishdadir.Hozirda innovatsion tehnologiyalari asri bo’lganligi sababli o’quvchilarni kompyuter savodhonligini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish