Reja: Kirish I bob. Informatika fanini o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim tehnologiyalari. 1-&


-&.Talabalar bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishda mustaqil ta’limning ahamiyati



Download 1,12 Mb.
bet5/12
Sana08.02.2022
Hajmi1,12 Mb.
#436869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Informatika fanini o’qitishda zamonaviy intellektual qurilmalarni o’qitish metodikasini ishlab chiqish.

1.2-&.Talabalar bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishda mustaqil ta’limning ahamiyati.

Hozirgi kunda talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning ta’lim va bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada kuchaytirish, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali salohiyatli, qo‘yilgan muammolarni hal qila oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Amaldagi ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarida bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan umumiy malaka talablarida tayyorlanayotgan kadrlar o‘z sohasiga oid qarorlarni mustaqil qabul qila olishi hamda mustaqil holda o‘z bilim va malakasini oshirish kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi qayd etib o‘tilgan. Oliy ta’lim tizimida bu xususiyatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’lim alohida o‘rin egallaydi.


Ma’lumki, oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalariga kiritilgan fanlarga ma’lum miqdorda soat ajratilgan bo‘lib ularning bir qismi ma’ruza, qolgan qismlari amaliy, laboratoriya ishlari va mustaqil ta’limga tegishlidir. Oxirgi yillarda umumiy soatning 40-45 foizi talabalarning mustaqil bilim olishlari uchun ajratilmoqda. Buning asosiy sababi hozirgi kunda barcha oliy o‘quv yurtlarida talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart sharoitlar
yaratilganligidir. Jumladan, informatika va informatsion texnologiyalar fani bo‘yicha mustaqil ko‘nikma bilimlarni olish uchun ta’lim muassasalarida zamonaviy kompyuter sinflari, lokal va internet global tarmoqlari, hamda kafedra tomonidan ishlab chiqilgan turli darsliklar, qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, mustaqil mashg‘ulotlarni bajarish uchun ko‘rsatmalar, elektron darsliklar, kerakli kompyuter dasturiy ta’minotlari va talabalar o‘z bilimini tekshirib ko‘rish uchun test tizimlari mavjud. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi. Shuning uchun talabaning mustaqil ta’lim olishlarini rivojlantirish, tashkil qilish va buning uchun zaruriy shart sharoitlarni yaratish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish va qiziqtirish kerak bo‘ladi. O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida mustaqil ta’limni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarida mustaqil ish bajarish bir muncha qiyin kechadi. Chunki ular ma’lumotlarni qaysi manbadan olish, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish, keraklilarini ajratib olish va vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash kabi muammolarga duch keladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga hali ruhan tayyor bo‘lishmaydi. Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi va bosqichma bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan kursga murakkablashib kengayib borishini hisobga olgan holda ularning mustaqil o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib borish lozim. Shunda talaba faqat o‘qituvchi tomonidan berilgan mustaqil topshiriqni bajaribgina qolmay, qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda o‘zlashtirishga o‘rganib boradi. Barcha yo‘nalishdagi mutaxassisliklardagi kabi informatika va informatsion texnologiyalar fanida ham talabalar mustaqil ishlar bajaradi. Birinchi kurs talabalarida mustaqil ish mavzulari sodda va hisoblashlarda bir xilliklar bo‘lishi bilan bir qatorda mustaqil ish oddiy referat yoki oddiy yozma hisobotlar shaklida bo‘lishi ta’qoza etadi. Lekin, yuqori kurs (2-kurs) talabalari uchun mustaqil ish mavzularini masalan, fizika, matematika informtika va boshqa muta xassislik fanlari bilan bog‘lab borilsa etarlicha yaxshi natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. Masalan, o‘z mutaxassislik fanidan biror mavzuni tanlab kompyuterda Power Point dasturida taqdimot yaratish, animatsion dasturlar yaratish, Excel dasturida hisob kitob ishlarini bajarish bo‘yicha elektron jadval va grafiklar qurish, matematik tizimlarda amaliy masalalar yechish, ACCESS ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida biror ob’ekt uchun ma’lumotlar bazasini yaratish va boshqalar. Albatta bunday mavzudagi masalalarni auditoriya soatlari chegaralanganli sabab dars jarayonida kengroq va chuqur o‘rganishning imkoniyati yo‘q. Shu sabab bunday amaliy masalalar bilan kompyuterda shug‘ullanish faqat mustaqil ish vaqtida shug‘ullanishni taqazo etadi. Mustaqil ishlarni bajarishda talabalar kerakli manbalarga tayangan holda bajaradi. Shu sabab mustaqil ish mavzulari va uni bajarish uchun kerakli manbalar (adabiyotlar, internetsaytlarivaboshqalar), ko‘rsatmalar professor-o‘qituvchilar tomonidan oldindan berilgan bo‘lishi lozim. Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha konsultatsiyalar fan o‘qituvchisi tomonidan auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladi. Konsultatsiyalar kalendar-tematik rejaga kiritilgan holda o‘tkazilishi ta’minlanadi.
Talaba mustaqil ishini yakuniy nazoratlar sessiyasigacha bajarib, topshirgan bo‘lishi kerak va uni topshirishgacha quyidagilarni bajarishi lozim:
mustaqil ishini o‘qituvchisiga ko‘rsatib tekshirishdan o‘tkazish;
ma’ruza qilish matnini tayyorlash 3-4 minutlik ma’ruza uchun taqdimot yaratish (kamida8-10 slayddan iborat).
Talabalar bajargan mustaqil ishlarini baholash uchun baholash mezonlari kafedra o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi. Talaba mustaqil ishini baholash mezoni 100 ballik tizim asosida aniqlanadi.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish