“Kalvak mahzum “ , Toshpo’lat tajang “ asarlarida yozuvchining hajviy xarakter yaratish mahorati.
Abdulla Qodiriyning o`zbek hajviy publiitsstikasi xazinasi va rivojiga qo`shgan buyuk hissalaridan biri shu ndaki u mazkur ijtimoiy-ijodiy sohaning eng mukammal janri-ma`lum tip bilan bog`langan fel`etonlar turkumini va ularda to`la ma`nodagi hajviy tiplarni yaratdi. Bu yuqorida bir necha bor tilgaolib o`tganmiz«Kalvak maxzumning xotira daftaridan» va «Toshpo`lat tajang nima deydir?» asarlaridir. Har ikki asar ham o`zbek hajviy publitsistikasi va hajviy adabiyotdagi mislsiz yangilik bo`ldi.» «Kalvak maxzumning xotira daftaridan» fel`etonlar turkumi yigirmaga yaqin fel`etondan iborat bo`lib, «Kalvak mazxumning xotira daftaridan», «Kalvak maxzumdan», «Kalkak maxzumning idoramizga ochiq xati», «Odamzodning aqli yetmaydir», «Qishloqqa yuzingni o`gir, bachima`ni?», «Dardisar», «Bachtur zamona duchor shudem», «Hoy, xudoy urg`onlar!..» kabi va boshqa sarlavhalar bilan «Mushtum» jurnalining 1923-26 yillardagi yigirmadan ortiq-sonida bosilgan. Turkum undagi asosiy personaj-Kalvak maxzum (to`la nomi-Domla mabujur mulaqab ba Kalvak maxzum ibn Mulla Salimsoq oxun mudarrisi marhum Shishiy Naqshbandiy)ning tarjimai holi, uning sarguzashtlari hamda maxzumning o`shu davrning turli ijtimoiy masalalariga doir «Maslahat-xat»laridan topgan. Boshida ikki choraklik sala, qo`lida yuz bittalik tasbih, ko`chama-ko`cha, guzarma-guzar kezib, «oxirzamon ishlari»ni kuzatib, hayolan ayyuhannos solib yurgan shaxs-Kalvak maxzumdir. U har qalamda duch kelgan voqeaga aralashadi, o`zicha «sharh»laydi: «mishiq-tupig`i oqg`on bolalarning yarim beldan loy kechi bit urishtirish bilan mashg`ul»liklarini ko`rib «ziyoda zavqi keladi», hammahalla yigitni militsiya kiyimida ko`rib, uni «cho`qing`on»ga chiqaradi, maktabga ketayotgan o`n ikki yoshlar chamasidagi qizni «buzuq» deb o`ylaydi va hokazo… Vujudi nodonlik va jaholat Bilan qoplangan bu kaltabin va kaltafahm shaxs hayotdagi har bir yangilikni ko`rib, aqli etmaydi. Shu sababli dahshatga tushadi, «zamona oxir bo`ldi», deb ayyuhannos soladi. Yozuvchi bu obrazni rivojlantirib boradi, uning Yangi-yangi qirralarini ochadi, masalan, maxzum Yangi ochilgan bir kutubxonaga kirib qoladi, ammo bu erda ilmiy, tarixiy kitoblar saqlanishini eshitib, jazabasi tutib ketadi: «Shul vaqt bahad qahru g`azabim kelib ketdi, har bir tukim bir xanjari obdor bo`ldi, bir na`rai ra`divor tortib, musulmonarni yo`ldan ozdirmoqda bo`lg`on shul jadid kitoblarni ag`darish-to`ntarish qilub ko`chaga chiqorub tashlagum keldi»9. Ma`lumki, har qanday obraz o`z tarixiy va mantiqiy rivojlanish yo`liga ega bo`lgandagina o`quvchini ishontirish mumkin. Shu boisdan yozuvchi fel`etonlar turkumining o`rtalarida Kalvakning tarjimai holini bayon qilishga kirishadi. Unda maxzumni etishtirgan ijtimoiy muhit, tekinxo`r, ma`naviy tuban, johil yuir oilaning hayoti, buzuq tarbiyasi o`quvchining ko`z oldida namoyon bo`ladi. 5
Kalvak Maxzum o`zining tug`ilishini «volidaning rohimlarida qaror toib to`qqiz oy, to`qqiz kun va to`qqiz soat o`tib, ro`zi dushanbada yarim kecha vaqti oyning o`n to`rtinchi kuni, mohitobonning Ayni to`lishgan zamonida yorug` dunyoga barq urib qadam ranjida qildim», -deb maqtanib, tum-taraqaylik bilan tasvirlaydi. O`z muhitining mahsuli bo`lgan Kalvak yoshligidan jismoniy bo`lib, ma`naviy majruh bo`lib o`sadi. U shunday hikoya qiladi: «Bad`azan farqining tarbiyatiga ko`shish aylab etti kechamni eson-omon o`tkazib, sakkizinchi kuni beshikka solibdurlar. Ammo o`n birinchi kechada biroz chalig`lab o`tibdirkim, alhol bu ma`nining asorati kaminada boqiydir. Ya`ni takallum qilg`onimda «qix qix» qilub va yana «mosh» deyish o`rniga «bosh» deb mimni oyta olmaydurman. Bamisli hazrati Muso allayhissalomning «sin» o`rniga «shin» aytganlaridek… Abdulla Qodiriyning «Kalvak maxzumning xotira taftaridan» fel`etonlar turkumi o`sha davr hajvietidagina emas, balki umuman o`zbek hajvchiligida katta ijodiy yutuq edi. Adib o`zining bu asarida johil, mutaassib dindorlarning tipik obrazini yaratdi hamda bu obraz orqali mazkur tabaqaga xos bo`lgan barcha xususiyatlar, jaholat, ta`magirchilik va boshqa illatlarni masxara qildi. Shuni ta`kidlash ham joizki, Kalvak maxzum obrazini faqat salbiy obraz deb bo`lmaydi. Mukammal yaratilgan har qanday hajviy tiplar (Don-Kixot, Shveyk va b.) singari bu xarakterda ham ikki tomonlamalik, hayotiy qarama-qarshilik mavjuddir, Kalvak maxzum ham goh o`ta soddalik, goh mug`ombirlik bila hayot haqiqatlarini gapirib va ba`zi bir illatlarni ochib qo`yadi. Masaln, u o`z so`zlaridan birida «bu kofir, musulmonlarining boshiga nimalar solmadi», deb «oh» tortadi. Bu –oddiy bir qariyaning rus mustamlakachilariga bo`lgan munosobati edi. Fel`etonning «Qavodiul umaro» qismida esa Yangi, sovet tuzumi idoralarida avj olgan to`rachilik- byurokratlik illati xajv etiladi. Turkumga kiruvchi boshqa fel`etonlarda ham uchrab turuvchi bunday hollar Kalvak obrazining ishonchli va hayotiy bo`lishida xizmat qilgan. Hayotni chuqur bilgan mohir hajviy Abdulla Qodiriy ikkinchi bir tipik obrazToshpo`lat tajang obrazini ham yaratdi. Bu umumiy hajviy tip bilan bog`lanuvchi va «Toshpo`lat tajang nima deydir?» («Chapanilar maydonidan») deb nomlangan hamda o`ndan ortiq iborat bo`lgan fel`etonlar turkumi «Mushtum»ning 1924-26 yillardagi bir necha sonlarida shuhrat topgan hajviy asar edi. Adib mazkur asarida o`sha davrdagi yana bir ijtimoiy tabaqa –jaholat va qoloqlik muhiti yaratgan chapanilar, bezorilar toifasining hayotini qalamga oladi va bu guruhga xos bo`lgan ichki qarama-qarshiliklarni hayotiy tasvirlash orqali ular ustidan xalq nazari bilan kuladi. Xuddi Kalvak maxzum singari Toshpo`lat tajang obrazida ham serqirralik mavjuddir. Toshpo`lat tajang oddiy xalq vakili, uning bir bo`lagi sifatida fikr yuritar ekan, goh-goh xaqqoniy gaplarni ham gapiradi, hayotda uchraydigan amalparastlik, nohaklik va boshqa illatlarni ochib tashlaydi. Abdulla Qodiriy Toshpo`lat tajangni chanapi sifatida to`ppadan to`g`ri qoralamaydi, aksincha uni alohida bir mehr, iliq yumor bilan tasvirlaydi, hayotdagi nuqsonlarni fosh etishdan uning obrazidan astalik bilan foydalanadi. Shu boisdan ham mazkur obraz Abdulla Qodiriy yaratgan umuminsoniy, hayotiy obrazlardan biri bo`lib qoldi. Mazkur asarning o`quvchilar tomonidan o`z davrida ham, hozirda him sevib o`qilishining siri ham shunda. Yuqoridagi ikki o`lmas hajviy tip - Kalvak maxzum va Toshpo`lat tajang obrazlarini yaratishda Abdulla Qodiriy ularning tilini publitsistik asarlarida hajviy tilning boy imkoniyatlaridan, turli uslublardan ustalik bilan foydalanganligini ko`rgan Edik. Yuqoridagi fel`etonlar turkumlarida esa hajviy tilning parodiya /masxara/ usulidan san`atkorona foydalanadi. Bu uslubni qo`llagan ijodkor mazkur ijtimoiy illatga ega bo`lgan tabaqa yoki guruhni ularning «o`z tillari» bilan masxaralashi, boshqacha qilib aytganda «o`z childirmasini chalgan holda o`ynatishi» lozim. Bu esa yozuvchidan katta mahorat talab qiladi. Chunki u o`sha tabaqaning tilini yaxshi bilibgina qolmasdan, balki undan o`z tabaqasini fosh qiluvchi tomonlarini tanlab olishi va moxirlik bilan ishlata olishi kerak. Kalvak va Toshpo`lat tajang xuddi anna shunday tilda gaplashadi, ular o`z tillari bilan o`zlarini masxara qilishadi. Yozuvchining ustaligi shundaki, u mazkur tabaqalarga xos bo`lgan umumiy til xususiyatlarini bir obrazga shundayicha taqib qo`ymasdan, balki til sohasida ham umumiylik va birlikning o`zaro dialektik aloqada bo`lishini ta`minlaydi, ya`ni umumiy til xususiyatlaridan faqat individual obraz uchun zarur tomonlarini oladi. Mazkur individual obrazda esa butun tabaqaning barcha asosiy xususiyatlarini dushanba», «quvvai muhofaza» kabi eski, forscha-arabcha so`zlarni bo`lar-bo`lmasga ishlatadi, Yangi chiqqan so`zlarni esa «buloxtir» (buxgalter), «anjirnoy» (injener). «sakratar» (sekretar) tarzida buzib talaffuz qiladi. Shu bilan birlikda bu xususiyat uning tabaqasiga ham xosdir. Biz bunday til munosibligini, ya`ni shaxs bilan tabaqa tilining birlashib ketganligini Toshpo`lat tajang obrazida ham ko`ramiz. Chapani Toshpo`lat shunday gapiradi: «Bu nima o`zi? Xudoy haqi tushunsam… buvnisasimi? (“Militsiyami?”demoqchi.) Murtimni ko`tarib turay, o`tib ketsin!. Eski Juvasidan yag`rin tashlab o`tar edim; izboshkasiga teskari o`ltirib, telpakchasini chekkasiga qo`ymacha qilib bir hezalak o`tib qoldiku. O`z ko`nglida olifta shekillik… Voy dedim, voy sani o`sha olifta qilib tuqqanni dedim. Ishingdan qolma-e, o`sha olib bergan shaharingni popkachangga solib beray!» Ko`rinib turibdiki, bu xildagi gapirish ham Toshpo`latga, ham umuman olganda barcha chapaniga xosdir. Shuning uchun ham shu yolg`iz bir obraz orqali butun bir toifaning xarakteri ochib berilmoqda. Yozuvchi mazkur obrazlarni tasvirlashda birdan-bir vosita-personajlarni o`z tilida gapirtirish yo`lidan foydalanganligi uchun goh-goh turli «hayot ikr-chikrlari»ga xos so`zlar, ba`zan esa xaqoratomuz o`xshatishlar ham qo`llaniladi, bunga o`zbek demokrat hajvchilari asarladidan ham ko`plab misollar topish mumkin. Adib bu borada o`zbek demokratik hajvi an`analaridan unumli foydalanganligini ko`rish mumkin. Xulosa qilib aytganda Abdulla Qodiriyning yigirmanchi yillarning boshida yaratgan hajviy asarlari o`zbek hajvietining takomiliga katta hissa qo`shdi, uni yangi shakliy janrlar, ijtimoiy kulgi turlaridan foydalanish va hajviy obrazlar, tiplar yaratish bilan boyitdi. Abdulla Qodiriy o`zbek hajvso`zida chinakam yangi omilkor sifatida ish ko`rdi, turli ijodiy kashfiyotlari bilan uni boyitdi. G`oyaviy zo`rovonlik va keyinchalik amalga oshirilgan siyosiy jallodlik yuz bermaganida adib qalamidan yana ko`plab ajoyib hajviy asarlar, ichak uzdi kulgilar, obrazlar, tiplar kutish mumkin edi. Ammo adib baribir o`zbek matbuoti, hajvso`zi tarixida tengsiz siymo, «fel`etonlar qiroli» bo`lib adabiy qoldi. O`zbek hajvietidagi adib an`analari hamon barhayot yashab, hajvchilari uchun doimiy ijodiy maktab, bemisl, namuna bo`lib xizmat qilib kelmoqda.
20-yillar o`zbek fel`etonchiligida atoqli adib, shoir Hamza Hakimzoda Niyoziyning ham alohida o`rni bor. Taraqqiyparvar jadid adabietida o`zining o`sha davrning muhim ijtimoiy muammolariga bag`ishlangan fel`etonlar bilan ancha faol ishtirok etgan va o`z asarlari bilan milliy ijtimoiy fikr taraqqiyoiga salmoqli hissa. H.Niyoziy «Mushtum» jurnalida «Ko`cha ashulasi», «Yangi Farg`ona» gazetasining «Chig`iriq» bo`limida «Saylov oldida», «Bir eshon o`pkasi», singari she`rlari bosilib chiqdi.Ammo uning hajviy she`rlarida umuminsoniylik ruhi ham yo`q emas edi. Shoir o`zining oldingi davr ijodidagi bosh yo`nalishi bo`lgan taraqqiyparvarlik, millat holiga achinish g`oyalarini keyingi asarlarida ham davom ettirdi. Jaholat, mutaassiblik kabi ijtimoiy illatlarni qoraladi. E omon bo`l, qayda ul o`nbesh qadoqlik papkalar, Sizki bundoq shum, munofiq, o`zgadan Kim o`kpalar?! deb zaharhanda bilan xitob qiladi shoir bunday shaxslarga10.Jamiyat hayotdagi ijtimoiy illatlarni yuqotishda, ularga nisbatan jamoatchilik fikrini qo`zg`atishda hajviy publitsistikaning katta rol` o`ynashini yaxshi bilgan adib nasriy fel`eton janrida ham samarali ijod qildi. Adibning «Mushtum» jurnalining dastlabki sonlarida bosilgan «Mahalliy sarmoyani kuchaytirish choralari» fel`etoni o`sha davr hajviy publitsistikasi asarlari orasida o`ziga xos salmoqqa egadir. «Tovonteshar» imzosi bilan yozilgan mazkur fel`etonda yozuvchi Qo`qon ijroqo`mi ishidagi qator nuqsonlarni, o`z manfaatini xalq manfaatidan yuqori qo`yuvchi ba`zi bir xodimlarni achchiq til bilan tanqid qiladi. Fel`eton o`sha davrda qo`llaniladigan ayrim rasmiy-hujjatlarga o`hshatmaparodiya tarzida yozilgan bo`lib, unga kinoyali mazmun beriladi: «Qaysiki mahalliy hukumat kishilari, mahalliy sarmoyani ko`paytirish chorasini istasalar Qo`qon ijroqo`mining shul xususda qilg`on qarorlaridan ibrat olsin, masalan: 6
Boqimanda solig`larni yig`ishtirish xaftasi e`lon qilib, butun mas`ul ishchilarni boqimanda soliqlarini undirish to`g`risida tashviqot kampaniyasi o`tkazish uchun bo`lislarga chiqarib, ul chiqqan vakillar qishloqlarni sayohat qilishga chiqib, tashviqot o`rniga ov qilib, qaytishda ijroqo`mlarning qo`lidan olib kelgan tilxat bilan qanoatlansin»11. Fel`eton davomida rasmiy qarorga parodiya shakli davom ettirilib, «olti soatlik ish vaqtlarining ¾ qismini oshxonada o`tkazadigan», «har bir kirgan kishidan arizadan ilgari papirosga gadoylik qiladurg`on ota o`g`li»lar ustidan kulinadi. Mazkur fel`eton yangi tuzum amaldorlari hatti-harakatlaridagi nuqsonlar va illatlarni qattiq tanqid qilishi bilan hamohangdir. 20-yillarning birinchi yarmida «Mushtum» va boshqa nashrlar sahifalarida o`z fel`etonlari bilan doimiy ishtirok etgan fel`etonchilardan biri G`ozi Yunus edi. U o`z materiallarini Ayyor, Dahriy, Jimit, Mulla Mushfiqiy, Mulla Cho`qmor, Mix, Murdasho`y, Mal`un, Mardikor, Kishi, Ishchi, Murtad, Otto`rva soqol, Oqpadar, Sumalak avliyo, To`g`ri so`z, Eski musulmon, Eshimqul, Shapaloq, Qalampir, Qo`rqoq maxzum, G`urt, Cho`qmor, G`ip, G`is va boshqa taxalluslar bilan imzolar edi. G`ozi Yunusning fel`etonlari mavzu jihatidan xilma-xil bo`lib, davr ijtimoiy masalalariga qaratilgan edi. G`ozi Yunusning «Qo`y terisini yopingan bo`rilar» fel`etoni ham aniq faktlarga asoslangan bo`lib, unda oldin Toshkentshahrida politsiyachi bo`lib xizmat qilgan, so`ngra Chimkent viloyatining ijroqo`m raisi o`rinbosari mansabiga o`tirib olgan Abduqodir Abdurazzoqov degan kishi tanqid ostiga olinadi. Muallif bu fel`etonida dalillarni bayon qilishda o`ziga xos uslub – jarchilik shaklidan ustalik bilan foydalanadi: «- Hoy, un yalagan qalloplar, qon yalagan qassoblar, toshdan urgan baqqollar, bo`ydan o`rgan bazzozlar, kayfi ketgan bangilar, zikr aytgan hangilar, eshitmadim demanglar, manna bu ko`z oldingizda sazoyi qilinuvchi kishi-o`sha «ota»miz Nikolayning eng murdor, eng jallod gorodovoylaridan Abduqodir Abrazzoqovdir». Fel`eton davomida bu shaxsning barcha qilmishlari o`sha- «tantanali sazoyi qilish» uslubida birma-bir sanab chiqiladi va so`ngida: «Eski hukumat jallodlariga bizning oramizda o`rin yo`q! Bitsin eski idora jallodlari! Bitsin qo`y terisini yopingan monarxiya dumlari!» - degan xulosa chiqariladi.12 Ko`rinib turibdiki, fel`etonchi o`z «qahramon»ini fosh etishda kulgisiz g`azab uo`g`otish usulini tanlagan. Shuni aytish kerakki, yuqoridagi singari kulgisiz satira faqat alohida hollarda o`z natijasini berishi mumkin. Undan zarur-nozarur foydalanish esa muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. G`ozi Yunusning bir qator maqola-fel`etonlarida anna shu holni ko`rish mumkin. Jumladan, u «Zamonning zayli» fel`etonida dindorlar tanqid qilar ekan, ularni «oq sallali devlar», «axlatlar» deb aytadi. Muallifning «O`zbekiston», «1925 yil» kabi fel`eton-maqolalarida to`g`ridan-to`g`ri bayon qilish, xitob etish hollari ustun turadi. Bu – fel`etonchining hajviy jurnalistika badiiy-estetik printsiplarini bir yoqlama tushunishi, ya`ni ijtimoiy kulgining ahamiyatini tan olmasligi natijasidir, Abdulla Qodiriy G`ozi Yunus fel`etonlaridagi xuddi anna shu kamchilikni qattiq tanqid ostiga olganligini biz yuqoriroqda aytib o`tgan edik. Umuman olganda G`ozi Yunusning fel`etonlari sinfiy manfaatlarga, bol`shevistik partiya siyosatiga xizmat qilishga bag`ishlanganligidan umri qisqa asarlar bo`lib, o`z xizmatini allaqachon o`tab bo`ldi. Faqat umuminsoniyat manfaatlari yo`lida va katta ijodiy mehnat-mahorati bilan yozilgan asarlargina kelgusi davrlar uchun xizmat qilishi mumkin. Ziyo Said «Salom va tanqidli payon» fel`etonida o`sha davr o`zbek adabiyotining namoyandalari haqida fikr yuritsa, «To`ng`izzoda allanima balolar vaziri» 7fel`etonida esa Italiya fashistlarining boshlig`i Musollinini fosh etadi.
Yigirmanchi yillar o`zbek hajvietining namoyandasi bo`lgan Ziyo Said hajvso`zning yirik janri-fel`etonlar turkumiga ham qo`l urdi. U o`z hamkasbi, «Mushtum»ning o`sha yillardagi ma`sul kotibi Nosir Said bilan birgalikda «Oxirat maktublari» deb ataluvchi turkum fel`etonlar yaratdi. : Yigirmanchi yillarning boshlaridan matbuotga ilk qadam qo`ya boshlagan Abdulla Qahhor o`z ijodini hajviy publitsistikadan boshladi desak xato qilmagan bo`lamiz. U «Mushtum» jurnalining dastlabki sonlaridan boshlab faol ishtirok eta boshladi. Yozuvchi dastlab hajviy she`r janrida ham ijod qildi. U «Mushtum»da bosilgan qator hajviy she`rlarida jaholat va nodonlikdan tanqid qildi. Masalan, u «Eshagim» she`rida xalq og`zaki ijodi yo`lidan borib mutaassib dindorlarni qoralasa, «Oy kuyganda» she`rida qoloqlik, xurofot ustidan kuldi. Shoir qoloq tushunchali kishilarning oy tutilganda vahimaga tushib, qilgan qiliqlarni bunday hajv etadi:
Har ko`chada dodu fig`on,
Tomga chiqib aytib ozon,
Tovoqlarga keldi qiron, Tomosholar bo`ldi vayo.13 Turmushga sinchkovlik bilan qarovchi yosh adib hayotda yangilik da`vo qilsa-da aslida eskidan qolgan odatlarni ham ko`ra bildi. Masalan, u “Pes qildim” she`rida o`sha davrda mushtumxonlarga tanish bo`lib ketgan ibora- «Toshpo`lat tajang nima deydir?» asarining qahramoni doim takrorlaydigan «Pes qildim» degan iborasini radif qilib olib, qoloqlik va jaholat ustidan kuladi:
Taralg`on soch, buqoq shimlik
Avom mullog`a pes qildim.
Qo`lida rus gazeti bor.
U bilmas balki o`ng yog`in
Shuni ham ish qilib yurg`on
Gazetxonlarga pes qildim.
O`sha davr g`oyalarida mahkam turuvchi yosh shoir ana shu aqidalar asosida qoralana boshlangan shoirlar-Fitrat va Cho`lponlarga ham «til tekizib» o`tgan:
Shu ham she`ru shu ham yalla
Haqorat bo`ldi shoirga…
Dedingmu Fitratu Cho`lpon, Haqoratlarga pes qildim!14
A.Qahhorning o`sha davrda yaratgan hajviy she`rlari bo`lajak adibning ilk ijodiy izlanishlari mahsuli sifatida ma`lum badiiy qimmatga egadir. Abdulla Qahhor yigirmanchi yillarda fel`etonning kichik shakllari ustasi bo`lib ham tanildi. Uning bu davrdagi fel`etonlarning aksariyati dinga qarshi bir dindorning ochko`zligini quyidagicha hajviy bo`rttirish bilan tasvirlaydi. Shuni aytish kerakki, yigirmanchi yillarning boshqa hajviy jurnalistlari qatori G`ofur G`ulom ham o`z asarlarida shu davr muxitiga mos xizmat qildi. «Mushtum»da bosilgan «Ish qopi bilan, gap – qofiyasi bilan» (1928, 11), «Telefonda anketa to`lg`azish»8 (1928, 21) kabi fel`etonlarni o`sha davr irodalaridagi sansolorlik, byurokratik hollarni tanqid qiladi. «Shoirlik nosqovog`idan bir otim» deb nomlanuvchi fel`etoni nuqsonlar qalamga olingan. Fel`etonchi bu asarida «she`rni men zanbarini onam to`qisin» qabilida ish ko`ruvchi, she`r nimaligini bilmasdan shoirlik da`vosini qiluvchi didsiz, kaltabin bir shaxsning umumlashgan obrazini yaratadi. Fel`eton qahramoni guyo o`z uyida xotini bilan ham:
O`tin yo`q, yog` tugab chelakning
Ichida kalamush o`libdir.
Oshxona buzilib elakning
Gardishi dabdala bo`libdir,
Tarzida «she`r» bilan gaplashadi. Shu o`rinda muallif o`sha davrda «oq she`r » nomi bilan mashhur bo`lgan ayrim tumtaraqay uslubdagi she`rlarni ham masxara-parodiya qiladi:
Jonginam, shunday yaxshi, unumli zamonda
Bir boqib qo`ying, qolmang armonda.
Ko`r bo`lsin, yo`qolsin,
Chemberlen!
Xulosa
Badiiy adabiyotning asosiy ko`rinishlaridan biri bo`lgan hajviet o`ziga xos eng o`tkir, hozirjavob va ta`sirchan turi bo`lgan satirik asarlar insoniyatning ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy hayotida hamisha muhim o`rin tutib kelgan. Jahon hajviy adabietining tarkibiy bir bo`lagi bo`lgan o`zbek hajviyoti ham bundan mastano emas. Chuqur ma`naviy - ijodiy ildizlar - o`zbek xalq og`zaki va yozma hajviy adabiyoti asosida hamda taraqqiy topgan qo`shni, qardosh xalqlar adabiyoti, matbuoti ta`sirida vujudga kelgan, Turkistonda matbuot nashrlari paydo bo`lgan payt - XIX asrning oxirlaridan boshlab faoliyat ko`rsata boshlagan o`zbek hajviy uzoq va boy tarixga egadir. Dastlabki o`zbek tilida chiqqan gazeta - «Turkiston viloyatining gazeti» sahifalaridan boshlangan hamda Turkiston milliy uyg`onish davri matbuoti nashrlarida keng zuhur topgan o`zbek hajvso`zligi ilg`or, taraqqiypavar g`oyalarga xizmat qildi, xalq ommasini ma`rifatga, milliy ozodlik, hurriyatga chorladi. O`z davrining ilg`or ma`rifatparvarlari bo`lgan Muqimiy, Furqat, Zavqiy, So`fizoda hamda uning izdoshlari, ilg`or, taraqqiyparvar jadidlik harakatining ko`zga ko`ringan namoyandalari M.Behbudiy, M.Abdurashidxonov, A.Avloniy, H.Niyoziy, S.Ayniy, Cho`lpon, Fitrat va boshqa o`z davrlaridagi jaholat va qoloqlik, mutaassiblik va boshqa ijtimoiy illatlarga qarshi kurashda hajvso`zdan keng foydalandilar. Yigirmanchi-o`ttizinchi yillarda, garchi kommunistik mafkura yakka hokimligi hajviy adabietni o`zining tor, sinfiyg`oyaviy maqsadlariga majburan xizmat qildirsa-da, o`zbek hajvso`zligi to`xtab qolmadi, taraqqiy edi.O`zbek hajvietining atoqli namoyandalari A.Qodiriy, G`.G`ulom, A.Qahhor va boshqalar o`z hajviy asarlarida jamiyatdagi ijtimoiy illatlarga qarshi kurashdilar, ommaga umuminsoniy qadriyatlarni tashviq qildilar. O`zbekiston o`z milliy mustaqilligiga erishgach o`zbek matbuoti bilan bir qatorda o`zbek hajviy publitsistikasi uchun ham katta ijodiy ufqlar ochildi. Kommunistik yakka mafkuraviylikdan xalos bo`lgan o`zbek hajvso`zligi mustaqillik, taraqqiyot, ijtmoiy-iqtisodiy va ma`naviy islohotlarni amalga oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish yo`lida faol ishtirok etmoqda.
O`zbek hajvso`z ustalari o`zbek hajviy ijodiy an`analarni davom ettirib ijodqilmoqdalar va davrimizga mos asarlari bilan mustaqil yurtimiz ravnaqi, shu davrimizga munosib komil insonlarni tarbiyalash, taraqqiyotimizga to`siq bo`layotgan illatlarni fosh etish borasida samarali mehnat qilmoqdalar. Xalq kulgisi, xalq hajvso`zi hech qachon o`chmaydi, asrlarga o`tib, ommani eng ilg`or, ezgu tilaklarga etaklayveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |